46.Shuur so‘zining ma’nosi to‘g‘ri izohlangan javobni toping.
A) faxr
B) shuhrat
C) idrok
D) g‘urur
47.Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarda tinish belgilari to‘g‘ri qo‘llangan shartli belgili javobni toping.
A) M: ”K”. M:”K”? M:”K”!
B) ”K -M, -K”
C) ”K”, -M. ”K?”-M. ”K!”-M.
D) barcha javoblardagi modellar to‘g‘ri
48.Qo‘yi mingga yetdi iborasining ma’nodoshini toping.
A) boyib ketmoq
B) behad sevinmoq
C) maqsadiga erishmoq
D) o‘zligini unutmoq
49.Quyidagi qaysi birliklarning shakliy ifodasi bilan mazmuni o‘rtasida bog‘liqlik yo‘q?
A) ibora
B) tasviriy ifoda
C) so‘z birikmasi
D) ibora va tasviriy ifoda
50.Lug‘at turlarining qaysi birida davlat so‘zi ”Davlat- jamiyatni qonun kuchi bilan boshqaruvchi tashkilot”tarzida ifodalanishi mumkin?
A) imlo lug‘atida
B) izohli lug‘atda
C) tarjima lug‘atida
D) sinonim (ma’nodosh) so‘zlar lug‘atida
Do'stlaringiz bilan baham: |