57. Xilqat so‘zining ma’nosi qaysi javobda to‘g‘ri izohlangan?
A) biror narsaning yig‘indisi
B) biror bir hukmdor qo‘l ostidagi mamlakat
C) yaratilish, bunyodga kelish
D) sirli, mavhum
58. Qaysi javobda ma’nodosh so‘zlar to‘g‘ri berilgan?
A) ataylab, jo‘rttaga, azza-bazza
B) subut, burd, tob
C) sevinch, surur, huzur
D) jang, muhoraba, qutqu
59. Qaysi gapda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xatolik mavjud?
A) Erta bahorda o‘n tup mevali daraxt ko‘chati o‘tqazdik.
B) Otabek ham istehzoli tabassum orasida Homidga ko‘z qirini tashladi.
C) Yo‘lchi mashaqqatlar, qiyinchiliklar ichida bo‘lsa ham, faqir hayotning uch yilini Mirzakarimboy eshigida o‘tkazdi.
D) Quyosh hamal yulduzlar burchiga o‘tishi bilan kunlar isiy boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |