33. Soyaga qarab to‘n bichma maqolidagi to‘n bichmoq iborasining ma’nosi qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan?
A) rag‘batlantirmaslik
B) andaza olmoq
C) baho bermoq
D )xato ish qilmoq
34.Bo‘lmoq so‘zi aysi gapda lug‘aviy ma’noga ega emas?
A) Bugun bir qiziq voqea bo‘ldi.
B) Erkak odam bir so‘zli bo‘ladi.
C) Samarqandda bir necha marta bo‘lganman.
D) Hozir unga qo‘ng‘iroq qilsam bo‘larmikin?
35.Sarvixon daromadning buromadini eshitib gangib qoldi gapidagi buromad so‘zining lug‘aviy m’nosi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) hajm, miqdor
B) chiqim, sarf
C)natija, nihoya
D) bu so‘z o‘z lug‘aviy ma’nosini yo‘qotgan
36.Baland oxurdan yem yemoq iborasining ma’nosi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A)boquvi zo‘r bo‘lmoq
B)o‘ta takabbur bo‘lmoq
C)hayot darajasi, maishati yuqori bo‘lmoq
D)katta maqsad sari intilmoq
Do'stlaringiz bilan baham: |