37.Qaysi javobda faqat shakldosh so‘zlar qayd etilgan?
A) savdo, rux, pilla
B) oqibat, rasta, savat
C) soch, baho, sayoz
D) sado, palata, rasta
38.Qaysi iboralar og‘ziga tolqon solmoq iborasi bilan mazmunan yaqin?
1) mum tishlamoq;
2) lom-mim demaslik;
3) og‘ziga qoqmoq;
4) og‘ziga qatiq ivitmoq;
5) og‘izga olmaslik;
6) damini chiqarmaslik
A)1, 2, 6
B)1, 2, 4, 6
D)1, 2, 3, 6
C)1, 2, 5, 6
39.Ortmoq so‘zi qaysi gapda ko‘chma ma’noda qo‘llangan?
A) Mehnatdan do‘st ortar, g‘iybatdan dushman.
B) Toza suvga bo‘lgan ehtiyoj kundan-kunga ortib bormoqda
C) Qalay, novvoylikdan bir nima ortdimi
D) Xarajatdan ancha pul ortib qoldi
40.Oqlamoq so‘zining asl (bosh) ma’nosi qaysi javobda ko‘rsatilgan?
A) sholi oqlamoq, mastavani oqlamoq
B) daraxtlarni oqlamoq, devorni oqlamoq
D) do‘stni oqlamoq, ona sutini oqlamoq
C) ishonchni oqlamoq, choyni oqlamoq
Do'stlaringiz bilan baham: |