7.Pigment hujayralari ovalsimon yoki cho’zinchoq shaklda bo’lib atrofida uzunligi har xil mayda o’simtalar bo’ladi. Odamlarga pigmentlar to’g’ri ichakning tashqi chiqaruv teshigi atrofida, yorg’oqda, ko’krak surg’ichlarining atrofida, ko’zning tomirlari va rangdor pardalarda uchraydi. Bu hujayralarga melanoblastlar deyiladi. Pigment hujayrasi sitoplazmasida melanin pigmentning mayda donachalari bor. Bu donachalar ultrabinafsha nurlar ta`sirida kamayib ko’payib turadi. U terozinaza fermenti ta`sirida tirozin aminikislotasidan hosil bo’ladi, uning asosiy vazifasi organizmni quyoshning ultrabinafsha nurlaridan saqlashdir.
8.Adventisial (kombial) hujayralar asosan kapilyar qon tomirlar atrofida ko’p rivojlangan bo’ladi. Duksimon shaklda o’rtasida 1 ta yadrosi bor, organoidlari kam rivojlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |