Тo’qimalar regeneratsiyasi
Regeneratsiya organizmning tashqi muhit omillari ta’siriga moslashuvi natijasida takomillashib boradigan yoki har xil sabablarga ko’ra nobud bo’ladigan hujayralar, to’qimalar va organlar o’rni qoplanib turadigan va tiklanadigan jarayondir. Regeneratsiya uch xil: fiziologik regeneratsiya, reperativ regeneratsiya, patologik regeneratsiya bo’ladi.
Fiziologik regeneratsiya - kundalik normal hayot davomida yashab, eskirib, nobud bo’ladigan to’qima hujayralari o’rniga yangi hujayralar bunyodga keli-shidir. Fiziologik regeneratsiyaga teri epidermis qavatining hujayralari yaqqol misol bo’ladi. Bunda epidermisning yuqori qavatini tashkil etuvchi muguzlangan hujayralar muttasil to’kilib turadi, o’rnini esa bazal hujayralar ko’payishi natijasida hosil bo’ladigan yangi hujayralar to’ldirib turadi. Хuddi shuningdek, fiziologik regeneratsiya jarayonini qon shaklli elementlari misolida ham ko’rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |