5.Yog’ hujayralari yumaloq shaklda bo’lib ustidan, parda o’rab turadi. Sudan buyog’i bilan bo’yalgan yog’ to’qimada hujayralardagi yog’ tomchilari marjonga o’xshab to’q sariq rangda bo’yaladi.Hujayra tarkibida yog’ tomchilaridan tashqari esteraza, fosfotaza va boshqa fermentlar ham uchraydi.
6.Retikula hujayrasi. Umurtqali hayvonlar organizmida ko’p tarqalgan to’qimalarga kiradi. U aksariyat qon hosil qiluvchi organlarda, chunonchi suyak ko’migi, limfa tugunlari va taloqda hamda jigarda ko’p uchraydi. Retikula hujayralari kam tabakalangan va mo’l tabakalangan hujayralarga bo’linadi. Kam tabaqalangan hujayralarda kiritmalar bo’lmaydi, hamma organoidlari bo’ladi, yadrosi ovalsimon, oqish bo’yaladi. Bu hujayralar boshqa hujayralarga aylanish xususiyatiga ega. Ular fiziologik holatiga qarab gemositoblast, makrofaglar, fibroblast hujayralariga aylanishi mumkin. Bu hujayralarning yana eng muhim xususiyatlaridan biri ta`sirlanganda yumaloqlanib boshqa yon hujayralardan ajralib olishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |