Referati. Reja: yangi o‘zbekiston yangicha boshqaruv


III. ERKIN VA RAQOBATBARDOSH IQTISODIYOT



Download 193,3 Kb.
bet4/8
Sana18.01.2022
Hajmi193,3 Kb.
#391443
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
DAVLAT INSON UCHUN - TAMOYILI DEMOKRATIK ISLOHOTLAR MEZONI

III. ERKIN VA RAQOBATBARDOSH IQTISODIYOT

Yangi O‘zbekiston: raqobatbardosh iqtisodiyotga ega kuchli davlat va farovon jamiyat

Biz davlat iqtisodiy siyosati samaradorligining bosh mezoni – mamlakat raqobatbardoshligi, fuqarolar hayoti sifati, oilalar farovonligining izchil va jadal yuksalishi, deb bilamiz.

Partiya makroiqtisodiy barqarorlikni, barqaror yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlari, davlat budjeti mutanosibligini ta’minlash, mahalliy budjetlarning daromadlar qismini mustahkamlash, butun soliq tizimini soddalashtirish, moliya bozori barqarorligini ta’minlashga qaratilgan mo‘‘tadil va qat’iy pul-kredit siyosatini amalga oshirishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy siyosatni qo‘llab-quvvatlaydi. Buning birdan bir samarali yo‘li – bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, deb bilamiz.

Iqtisodiyot va xo‘jalik sub’ektlari uchun soliq yukini yanada kamaytirish, soliq stavkalarini uzoq muddat o‘zgarmasligini kafolatlash hamda soliq to‘lovchilarni bu boradagi o‘zgarishlar yuzasidan kamida 2-3 yil oldin xabardor qilish, tadbirkorlardan soliq majburiyatini to‘liq bajarishni talab qilish bilan birga ularning manfaatlarini to‘la himoyalash tarafdorimiz. Partiya yangi tahrirdagi “Soliq kodeksi”ga tegishli takliflar kiritish va “Soliq – 2025” strategiyasini ishlab chiqish lozim, deb biladi.



Qulay ishbilarmonlik va investitsiyaviy muhit – barqaror rivojlanish garovi! Tadbirkorlikka to‘sqinlik – davlat siyosatiga to‘sqinlik!

O‘zbekistonning biznes yuritish va investitsiya kiritish uchun eng jozibador mamlakatlar qatoridan o‘rin olishini ta’minlash, sanoatning yuqori texnologiyali tarmoqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb qilinishini rag‘batlantirish, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni tashkillashtirishga yo‘naltirilgan faol investitsiyaviy siyosat yuritilishi tarafdori.

Eng muhim vazifa – O‘zbekistonning “Biznesni yuritish”, global raqobatbardoshlik (GCI), innovatsiyalar (GII), sanoatning raqobatbardoshligi indekslari bo‘yicha dunyoning yetakchi 50 ta mamlakati qatoridan o‘rin egallashiga ko‘maklashish.

Davlat quyidagilarning amalga oshishini qo‘llab-quvvatlaydi:

– biznes yuritishning olis istiqbolga mo‘ljallangan imkoniyatini ta’minlash, bugungi kunda tadbirkorlik sohasini tartibga soluvchi yuzlab qonun hujjatlari mavjudligini inobatga olib hamda davr talablaridan kelib chiqib tadbirkorlik sohasidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish va liberallashtirish maqsadida yagona Tadbirkorlik kodeksini ishlab chiqish;

– investitsiya faoliyatini amalga oshirishning erkinligi, investorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini kafolatli himoya qilish, investitsiyalar bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish maqsadida yagona Investitsiya kodeksini ishlab chiqish;

– Biznes-ombudsman bilan hamjihatlikda ishlaydigan Investitsion ombudsman institutini tashkil etish, xorijiy sarmoyadorlar uchun tayyor investitsion paketlarning elektron bazasini shakllantirish va taqdim etish tizimini ishlab chiqish;

– yangi erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish va mavjud hududlar faoliyatining samaradorligini ta’minlash, eksportni rag‘batlantirish hamda ko‘maklashish orqali uning nomenklaturasi va geografik makonini kengaytirish;

– sarmoya jalb qilishda “parlament, partiya va biznes diplomatiya”si institutlaridan keng foydalanish, qo‘shni mamlakatlar bilan savdo aylanmasini rag‘batlantiruvchi mexanizmni rivojlantirish;

– O‘zbekistonning Jahon savdo tashkiloti va boshqa iqtisodiy tashkilotlarga a’zo bo‘lishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;

– yetakchi xalqaro va xorijiy moliya institutlari bilan aloqalarni kengaytirish, jalb qilingan xorijiy investitsiyalar va kreditlardan samarali foydalanish.

Iqtisodiyot rivojlanishining innovatsion yo‘liga o‘tishini rag‘batlantiruvchi raqobatbardosh bozorni shakllantirish, raqobatni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda teng imkoniyatlarni yaratish va ichki bozorning monopollashuviga yo‘l qo‘ymaslik, davlat-xususiy sherikchiligini takomillashtirish – partiya iqtisodiy siyosatining eng muhim yo‘nalishi. Davlat xizmatlari sifatini oshirish, zamonaviy xalqaro standartlar va korporativ boshqaruv usullarini joriy etish, davlat xaridlarining samaradorligi va shaffofligini ta’minlash, davlat mulki xususiylashtirilishini kengaytirish va soddalashtirish tarafdori.



O‘rta va kichik biznes, erkin tadbirkorlik

Biz kichik biznesning ish bilan band xodimlar soni, umumiy pul aylanmasi, sanoatni rivojlantirish, iqtisodiyotga investitsiyalar kiritilishi kabi ko‘rsatkichlar  hamda uning sanoat ishlab chiqarilishidagi ulushini ko‘paytirish, uning mamlakat YaIMdagi hissasini 80 foizga yetkazish, xususiy tadbirkorlik, kichik biznes va fermerlik harakatini, ayniqsa, ularning shakllanish bosqichida qo‘llab-quvvatlash tarafdori.

– “Har bir oila – tadbirkor” degan olijanob g‘oyani izchillik bilan hayotga tatbiq etish, jamiyatda faol tadbirkorlik madaniyatini shakllantirish, maktabdan boshlab oliy ta’lim muasassalarida ham tadbirkorlik darslarini o‘tish, to‘garaklar tashkil etish, jumladan, Tadbirkorlar akademiyasini, sohaga qiziqayotgan yoshlar uchun esa konsalting markazlarini tashkillashtirish;

– hududlarda tadbirkorlikning rivojlanishiga xizmat qiluvchi infratuzilmalarni har tomonlama rivojlantirish, istiqboldagi rivojlanish strategiyalarini belgilash, shu maqsadda optimal boshqaruv qarorlarini qabul qilish;

– tijorat banklari, lizing kompaniyalari va boshqa moliyaviy tashkilotlar tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining moliyalashtirilishini kengaytirish, garov ta’minotini rasmiylashtirish bilan bog‘liq bank kreditlari berish tartib-taomillarini soddalashtirish siyosatini davom ettirish;

– eksport-import tartib-taomillarini yanada soddalashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bo‘yicha davlat xaridlarini kengaytirish;

– kichik biznesning xalqaro hamjamiyatga integratsiyalashuvi, eksport salohiyatini oshirish va diversifikatsiyalash, marketing tizimini isloh qilish, innovatsion va strategik boshqaruvni takomillashtirish, mahsulotlarni tashqi bozorlarga olib chiqish, xorijda milliy brendlarni faol ilgari surish kabi g‘oyalarning hayotga tatbiq etilishini taklif etmoqda.

Yirik sanoat korxonalari va kichik biznes o‘rtasidagi sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga, sanoat guruhlari, klasterlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimli choralarni amalga oshiradi. Iqtisodiy klasterlar, biznes guruhlar, davlat mulkini boshqarish borasidagi qonunchilikni rivojlantirish bo‘yicha takliflarni ilgari suradi.

Innovatsiyalarning bosh manbai, sanoat va fan, ishlab chiqarish va bozor o‘rtasidagi bog‘lovchi bo‘g‘in – bu kichik biznes. Partiya kichik innovatsion kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish choralarini taklif etadi. Eng muhim vazifamiz – venchur korxonalar va jamg‘armalar, “biznes-farishtalar” – moliyaviy va boshqa resurslarni innovatsion loyihalarga sarflovchi xususiy investorlar faoliyati va “startap”lar uchun qulay shart-sharoitni yaratishdan iborat. Korxonalarning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlarni soliq imtiyozlari orqali rag‘batlantirishni taklif etadi.

Sanoatlashtirish va yangi texnologiyalar – iqtisodiyot raqobatbardoshligi asosi!

Maqsadimiz – 2030 yilgacha sanoatning (kimyo, geologiya, yoqilg‘i energetika kompleksi va boshqalar) mamlakat YaIMdagi ulushini 40 foizga yetkazish hamda bugun dunyoning ko‘p mamlakatlari “to‘rtinchi sanoat inqilobi” arafasida turgan paytda O‘zbekistonning raqobatbardoshligini, mamlakatning innovatsion rivojlanish, “bilimlar iqtisodiyoti” va “raqamli iqtisodiyot”ni rivojlantirish yo‘lidan jadal harakatlanishini ta’minlash. Iqtisodiyotda asosiy o‘rinni xomashyoga chuqur ishlov berish asosida tayyor, eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi, yakunlangan texnologik siklli ishlab chiqarish egallashi lozim.

Davlat, xususan:

– ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, import o‘rnini bosish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, 2025 yilgacha sanoat korxonalaridagi 51 mingdan ziyod uskunalarni zamonaviylariga almashtirish hamda shu asosda, jumladan, qo‘shilgan qiymat yaratishning yagona zanjirini hosil qilish, respublikada ishlab chiqarilayotgan ip-kalavaning butun hajmini qayta ishlash hisobidan to‘qimachilik mahsulotlari esporti hajmini 7 milliard AQSh dollariga yetkazish;

– sanoatni innovatsion asosda tashkillashtirish, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi, ilmiy-texnologik hamda innovatsion tadbirkorlikni barqaror rivojlantirish, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlar, nou-xaularni o‘zlashtirish, korxonalarda innovatsiyalarning joriy qilinishi, texnologiyalar transferini ta’minlash uchun texnopolislar, texnoparklar kabi erkin iqtisodiy hududlar va ilmiy-ishlab chiqarish klasterlarining barpo qilinishiga  yo‘naltirilgan qonunchilikni yaratish va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish kabi takliflarni ilgari suradi.

Biz, shuningdek, strategik investorlar va dunyoning yetakchi kompaniyalari ishtirokida uzoq muddatli rivojlanish dasturlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlaymiz. Ushbu dasturlar doirasida, jumladan:

– avtomobilsozlikni rivojlantirish, aholining keng qatlamlari foydalanishiga mo‘ljallangan yengil avtomobillarning yanada zamonaviy modellari ishlab chiqarilishini tashkil etish, yengil avtomobillar ishlab chiqarilishining mahalliylashtirish darajasini o‘rta hisobda 75 foizga yetkazish;

– atom fani, texnologiyalari va energiyasidan xavfsiz foydalanish infratuzilmasini, yadroviy va energetik mashinasozlikni, yadroviy yoqilg‘i ishlab chiqarilishi va atom energetikasini rivojlantirish asosida, xususan, umumiy quvvati 2,4 GVt ga teng AES inshootini bunyod etish va undan xavfsiz foydalanishni ta’minlash;

– iqtisodiyotning kosmik tarmog‘ini rivojlantirish, fazoviy va yer sun’iy yo‘ldoshlari bilan bog‘liq texnologiyalarni hamda innovatsion g‘oya va ishlanmalarni joriy etish, yer sun’iy yo‘ldoshlari aloqasining milliy tarmog‘ini, davlat-xususiy sherikchiligi asosida rivojlantirish;

– “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish strategiyasini hayotga tatbiq etish orqali iqtisodiyotning energiya va resurs sig‘imdorligini qisqartirish, ishlab chiqarishga tejamkor texnologiyalarni keng joriy qilish, qayta tiklanuvchi texnologiyalardan foydalanishni kengaytirish, atom energetikasini rivojlantirish. Shu asosda qayta tiklanadigan va muqobil energiya manbalaridan foydalangan holda 2025 yilga qadar elektr ishlab chiqarishni 20 foizga ko‘paytirish, mamlakatni ishonchli, xavfsiz, tejamkor va samarali elektr energiya manbai bilan ta’minlash. Ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga 2030 yilga qadar elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmini sezilarli darajada oshirish g‘oyalari tarafdori.

Farmatsevtika sanoatini rivojlantirishni iqtisodiyot va ijtimoiy sohani barqaror rivojlantirishning muhim omili, deb bilamiz. Tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, farmatsevtik erkin iqtisodiy hududlar faoliyatini tashkil etish, sanoat plantatsiyalarini yaratish va dorivor o‘simliklarni yetishtirish kabi maqsadli dasturlarni amalga oshirish asosida dori vositalari va biologik faol moddalarning ishlab chiqarilishini qo‘llab-quvvatlaydi.

Samarali servis iqtisodiyotiga ega yangi O‘zbekiston

Partiya mamlakat YaIMda xizmat ko‘rsatish sohasi ulushini jadal rivojlantirish evaziga aholi bandligi va oilalar farovonligini ta’minlash tarafdori. Respublikada xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishning 2020 – 2025 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini ishlab chiqish vaqti keldi, deb hisoblaymiz va uni hayotga tatbiq etish masalasini kun tartibiga qo‘ymoqdamiz. Bu boradagi eng muhim strategik yo‘nalish – turizmni rivojlantirish hisoblanadi. Ustuvor vazifalarimizdan biri – O‘zbekistonni jahon turizmining jozibali markaziga aylantirish, yurtimizni sayyohlar eng ko‘p tashrif buyuradigan dunyoning 30 ta davlati qatoriga izchillik bilan kiritish. Shu maqsadda turistik klasterlarni yaratish, sohaga strategik sheriklarni jalb qilish, turizm sanoatini jadal rivojlantirish, hududlarning turistik salohiyatidan to‘liq va samarali foydalanish, milliy turistik mahsulotlarni ishlab chiqarish va uni jahon bozorlariga olib chiqish (avia va temiryo‘l biletlarining onlayn tarzda sotilishini yo‘lga qo‘yish, mehmonxonalarni “bronlash”, Wi-Fi bilan qamralgan hududlar sonini oshirish, biotualetlar tarmog‘ini tashkil etish, ijaraga avtomobil xizmatini yo‘lga qo‘yish (Rent a Car) kabilarni taklif etadi.

Bu yo‘nalishdagi asosiy vazifalarimiz quyidagilardan iborat: turizm ravnaqi uchun maxsus iqtisodiy hududlarni yaratish, sohaning yangi istiqbolli turlarini jadal rivojlantirish, turistik klaster, turistik zonalar, turistik industriyadagi xizmatlarni tashkil etishga ixtisoslashgan tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash, turistik infratuzilmani yaxshilash, turistik xizmatlar ko‘rsatilishi sohasiga ilg‘or jahon standartlarini joriy etish, Low cost aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish orqali sayyohlar uchun qulayliklar yaratishda xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, soha uchun kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish; turistik infratuzilma faoliyati uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish.

Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish – barqaror rivojlanish garovi

Maqsad – oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilishini 4 barobar oshirish, meva-sabzavot mahsulotlari eksporti yillik hajmini kamida 5 milliard AQSh dollariga yetkazish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishning o‘rtacha samaradorligini hamda ularni ishlab chiqaruvchilar daromadini 2-3 barobar oshirish.

Biz tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshiramiz:

– fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoyalash, qishloq aholisi o‘rtasida “Tomorqa – qo‘shimcha daromad manbai!” shiorini keng targ‘ib qilish, yer egalarining bilim va tajribasini oshirish;

– qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etish, intensiv bog‘lar va tokzorlar yaratish, organik qishloq xo‘jaligi, meva-sabzovot, oziq-ovqat, asalarichilik, baliqchilik, parrandachilik va chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishni ko‘paytirish. Biz qishloqlarda kichik ishlab chiqarish korxonalari tarmog‘i, qishloq xo‘jaligi klasterlari (agroklasterlar), ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, ularga chuqur ishlov berish, transportda tashish va sotish (eksport qilish) bo‘yicha kichik ishlab chiqarish korxonalari (“qishloq xo‘jaligi xablari”) tarmog‘ini rivojlantirishga oid qonunchilikni takomillashtirish, “Klasterlar faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish va boshqa amaliy choralarni taklif qiladi;

– qishloqda ishlab chiqarish infratuzilmasini yaratish, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqarish, zamonaviy agrotexnologiyalar, seleksiya va urug‘chilik usullarini joriy qilish, yer, suv va boshqa tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanishda rivojlangan mamlakatlar darajasiga yetish. Qishloqqa sanoatni jalb qilish tamoyilini amalga oshirish, har bir qishloqda hudud imkoniyatlaridan kelib chiqib ishlab chiqarish korxonalari qurish g‘oyalarini ilgari suradi;

– qishloq xo‘jaligida yanada ko‘proq mahsuldorlikka erishish maqsadida hududlarda yerning ball boniteti hisobga olingan holda ekin turlarini joylashtirish, hududlarning ixtisoslashtirilishini hayotga keng joriy etish;

– yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xo‘jaligiga zamonaviy suv va resurs tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish, Suv kodeksini ishlab chiqish, qishloq xo‘jaligi ekinlarining yangi seleksiya navlarini ishlab chiqarishga joriy etish;

– qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi fermerlar, dehqon va tomorqa yer egalari manfaatlariga xizmat qiluvchi kooperativlar tashkil etish va ular faoliyatini takomillashtirish.


Download 193,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish