Samarali, o‘zaro manfaatli, konstruktiv va pragmatik tashqi siyosat
Mamlakatning quyidagi fundamental tamoyillarga asoslangan tashqi siyosatini qo‘llab-quvvatlaydi: umumqabul qilingan xalqaro me’yorlar va tamoyillarga sodiqlik, harbiy-siyosiy bloklarga qo‘shilmaslik, davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, yuzaga kelayotgan nizolar va kelishmovchiliklarni faqat tinch, siyosiy yo‘l bilan hal qilish.
Xalq diplomatiyasi va xususiy sektor imkoniyatlaridan foydalanib, biz davlatning tashqi siyosat sohasidagi eng muhim vazifasi – Markaziy Osiyoni barqaror rivojlanayotgan va yaqin qo‘shnichilik munosabatlari qaror topgan hududga aylantirishga ko‘maklashamiz.
Biz, eng avvalo, xalqimiz manfaatlarini himoya qilish, yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlar, butun dunyo hamjamiyati bilan samarali hamkorlikni davom ettirishga yo‘naltirilgan tashqi siyosiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlaymiz. Biz tinchlikparvar, ochiq, oqilona siyosat yuritilishiga sodiq bo‘lib qoladi.
BMT, ShHT, MDH, IHT va boshqa xalqaro tuzilmalar, turli iqtisodiy tashkilotlar bilan faol hamkorlik O‘zbekistonning milliy manfaatlariga hamohangdir. Biz xalqaro iqtisodiy va moliya-bank tuzilmalari, xususan, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom rivojlanish banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Jahon savdo tashkiloti, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi va boshqa xalqaro moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlar bilan amaliy hamkorlikka alohida e’tibor qaratadi.
Tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning tegishli me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish, yetakchi xorijiy siyosiy partiyalar bilan hamkorlikni rivojlantirish ham ustuvor maqsadlarimiz sirasidan o‘rin olgan.
Davlat bundan keyin ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni va ilg‘or texnologiyalarni milliy iqtisodiyotning ustuvor sohalariga jalb qilish, mintaqaviy va xalqaro siyosatning eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekistonning xalqaro tashabbuslarini ilgari surishda partiyalararo hamkorlik mexanizmlaridan foydalanadi. Jumladan, Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikning o‘rnatilishi, Orol halokati hamda hozirgi davrning turli ekologik muammolarini hal qilish, jahonning yirik bozorlariga chiqish imkoniyatini beradigan transport-kommunikatsiya yo‘laklarining ko‘p variantli tizimlarini shakllantirish uchun istiqbolli loyihalarni amalga oshirish va boshqa masalalarga alohida e’tibor qaratadi.
Elektorat manfaatidan kelib chiqib, partiya O‘zbekistondagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning xorijda savdo vakolatxonalari ochilishiga, ularning turli xalqaro tadbirlar va ko‘rgazmalarda ishtirok etishiga, chet ellarda mamlakatimiz fuqarolari va yuridik shaxslarining huquq va manfaatlari har tomonlama himoya qilinishiga faol ko‘maklashadi.
Yuqorida bayon etilgan asosiy maqsad va vazifalarni ilgari surib, partiya jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini erkinlashtirish maqsadida ish olib boruvchi siyosiy kuch sifatida o‘z mavqeini mustahkamlashga intiladi.
- Betakror yurtimizga, olijanob xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilish – har birimiz uchun yuksak sharaf va muqaddas burch!
- Farovonligimiz bunyodkorlari – tadbirkorlar va ishbilarmonlar manfaatini to‘la ifoda etadi.
- Maqsad – Yangi O‘zbekistonni olijanob xalqimiz bilan birga barpo etish va uning buyuk kelajagini ta’minlash!
Do'stlaringiz bilan baham: |