Referati. Reja: yangi o‘zbekiston yangicha boshqaruv


Axborot sohasi liberallashuvi – jamiyat taraqqiyoti garovi



Download 193,3 Kb.
bet2/8
Sana18.01.2022
Hajmi193,3 Kb.
#391443
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
DAVLAT INSON UCHUN - TAMOYILI DEMOKRATIK ISLOHOTLAR MEZONI

Axborot sohasi liberallashuvi – jamiyat taraqqiyoti garovi

Partiyaning eng muhim vazifasi OAVni tom ma’nodagi “to‘rtinchi hokimiyat”ga, aholi ehtiyojlarini hokimiyat organlariga yetkazishning ta’sirchan vositasi, xalq yordamchisiga, demokratiya ko‘zgusiga aylantirishdan iboratdir. Davlat organlari faoliyatiga tanqidiy va xolis baho berish, turli sohalardagi kamchiliklarni, dolzarb muammolarni aniqlash va yoritish OAV faoliyatini baholashda bosh mezon bo‘lib qolishi lozim.

Bu borada biz mamlakatimizning global axborot makoniga uyg‘un kirib borishi va integratsiyalashuvi, xalqaro axborot almashinuvi sohasida mavqeini mustahkamlash, axborot makonidagi bozor munosabatlari va adolatli raqobatni rivojlantirish, raqobatbardosh nodavlat media-guruhlarning vujudga kelishi va milliy jurnalistika institutini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarni hayotga tatbiq etamiz.

Kuchli va adolatli fuqarolik jamiyatiga ega yangi O‘zbekiston

Millatning gullab-yashnashiga faqat kuchli va adolatli fuqarolik jamiyati barpo etilgan sharoitdagina erishish mumkin. Bunda barcha qarorlarni qabul qilishda fuqarolar va ularning birlashmalari fikrlari inobatga olinadi.

Ayni paytda partiya ijtimoiy sheriklik va jamoat nazorati institutlarining izchil kuchaytirilishi, boshqaruv funksiyalarining aksariyatini xalqning o‘ziga, jamoat birlashmalariga, o‘zini o‘zi boshqarish organlariga, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga berilishi tarafdoridir. Partiya sohaga oid milliy qonunchilik, huquqni qo‘llash amaliyotining chuqur tahlili va ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish asosida quyidagilarni taklif etadi:

– nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi kodeksni qabul qilish hamda xalqaro amaliyotda keng tarqalgan jamoatchilik nazoratining samarali va ta’sirchan shakllarini joriy etish, ularni amalga oshirish mexanizmlarini qonunda batafsil belgilab qo‘yish maqsadida “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunni qayta ko‘rib chiqish;

– mamlakatda fuqarolik jamiyati rivojlanishini, jamiyat institutlarining davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik darajasini, shuningdek, ularning mamlakatni sotsial-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy jihatdan rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasini baholash indikatorlarini ishlab chiqish hamda kelgusi besh yillikda mamlakatda fuqarolik jamiyatini shakllantirish konsepsiyasini qabul qilish.

Davlat jamiyatda adolat tantanasi tamoyili amalga oshirilishini ta’minlovchi fuqarolik institutlarining keng tarmog‘i shakllantirilishi tarafdoridir. Biz davlat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘ta muhim ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, yangi innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqish va joriy etish choralarini qo‘llab-quvvatlaymiz. Bu yo‘nalishdagi ustuvor vazifamiz – fuqarolik jamiyati institutlarining hayotiy muhim muammolarni hal qilish, mulkdorlar sinfi manfaatlarini himoyalash sohasidagi faoliyatini samarali tashkil etish.

O‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyatini har tomonlama yaxshilash – to‘g‘ridan-to‘g‘ri demokratiyani amalga oshirishning asosiy yo‘lidir. Biz jamoat boshqaruvida mahalla faoliyati ahamiyati va samaradorligini oshirish, uni xalqqa amaliy yordam ko‘rsatuvchi mustaqil, kuchli va ta’sirchan fuqarolik institutiga aylantirish tarafdorimiz.


Download 193,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish