Buxoro davlat universiteti
9-1 TURS 21 guruhi talabasi
Amriddinov Shahzodbekning Turizm va mehmondorchilik asoslari fanidan yozgan
REFERATI
Reja:
1.Ozbekiston turizmini rivojlatirishda tarixiy shaharlarning orni
2.Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlari «Sharqning qadimiy obidalari»
3.Shahrisabz, Termiz, Fargona va boshqa shaharlarning asosiy tarixiy va arxitektura yodgorliklari
Ozbekiston turizmini rivojlatirishda tarixiy shaharlarning orni
Ozbekistonda jahon madaniyati xazinasiga kiruvchi koplab arxitektura yodgorliklari mavjud. Ichan qala, Buxoro va Shahrisabz shaharlarining tarixiy markazlari, qadimiy Samarqandning tarixiy yodgorliklari YUNESKO ning «Jahon merosi» deb nomlangan royxatiga, Boysun tumani aholisining folklori «Jahon nomoddiy merosi xazinasi» royxatiga kiritilgan.
Qadimiy zamonlardan boshlaboq, Ozbekiston jahonning koplab mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy va madaniy hamkorlikka kirishib kelgan. Savdo karvonlari orqali Sharq va Garbni boglagan Buyuk Ipak yoli ham aynan Ozbekistondan otgan, Ozbekiston uning eng muhim markazlaridan biri hisoblangan. Buyuk Ipak yoli orqali Sharq va Garb mamlakatlarida ishlab chiqarilgan xilma-xil mollardan tashqari turli madaniyatlar, ananalar, hunarlar va dinlar ham tarqalgan. Manaviy qadriyatlar bilan almashinuvlar amalga oshirilgan. Mamlakatlararo aloqalarning rivojlanishi jahon madaniyatining rivojlanishiga oz hissasini qoshgan: Buyuk Ipak Yoli uzoq mamlakatlardagi yangi ixtirolar, ilm-fan yutuqlari va madaniy-marifiy qadriyatlarni qolga kiritish imkoniyatini berganki, bu xalqaro aloqalarda faol ishtirok etayotgan barcha davlatlarning ijtimoiy - iqtisodiy yuksalishiga sabab bolgan.
Turizm bu insonning boshqa joylarga kongil yozish, yangi narsalar va insonlar bilan tanishish, ozining madaniyati va manaviyatini oshirish, uzoqlardagi qadamjolarni ziyorat qilish va qadrdonlari bilan korishish maqsadlarida vaqtinchalik borib kelishidir. Demak turist bolish uchun xorijiy mamlakatlarga chiqish zarur emas, masalan, Surxondaryoda yashovchi fuqoromiz Toshkent viloyatiga Zangi Otani ziyorat qilish uchun keladigan bolsa, shuningdek, Xorazmlik fuqoromiz oz birodarlari bilan Fargona kurortlarida dam oladigan bolsa ham ular oz sayohatlari davomida turist deb hisoblanaveradi. Bunda bir shartga rioya qilinishi lozim: turist tashrif buyurgan joyida mukofotlanib ish haqi tolanadigan mehnat bilan shugullanmasligi kerak.
Hozirgi kunda turizmning koplab turlari mavjud. Sayohat masofasining uzoqligiga qarab turizmning mahalliy (masalan, fuqorolarimizning Ozbekiston boylab qiluvchi sayohatlari) va xalqaro (Ozbekiston fuqorolarining chet ellarga chiqib kelishlari va xorijiy turistlarning Ozbekistonga kelib ketishlari) shakllari mavjud.
Sayohat maqsadlariga qarab turizmning kongilochar (masalan, Toshkentdagi Akvaparkka kelib ketish), soglomlashtirish (sanatoriylarda sogliqni tiklash yoki mustahkamlash), madaniy-oqartuv (ekskursiyalarga chiqish, muzey va konsertlarga kirish) va sport (stadionga futbol oyinini tomosha qilish uchun kelish, togda alpinizm bilan shugullanish) kabi turlari mavjud.
Ozbekistonda turizmni rivojlatirish va uni yangi bosqichlarga kotarish borasida, avvalo kohna madaniy va arxitektura yodgorliklariga boy bolgan Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Margilon kabi shaharlar muhim ahamiyatga ega. Bu shaharlarda jahon aholini hayratga soluvchi va lol qoldiruvchi qadimgi tarixiy yodgorliklar beqiyos kop. Yer yuzining turli mamlakatlarida istiqomat qiluvchi har bir inson bu shaharlarni oz kozlari bilan korish orzusida yashaydilar. Kop mamlakatlarda Ozbekiston ozining ana shu shaharlari bilan mashhurdir. Ozbekistonning ana shu tarixiy shaharlarini bemalol «Sharqning javohirlari» deb atash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |