10.3. Shahrisabz, Termiz, Fargona va boshqa shaharlarning asosiy tarixiy va arxitektura yodgorliklari
Shahrisabz
Boglar va uzumzorlarga burkangan Shahrisabz shahri xunarmandchilik markazi bolgan. Shahrisabzdagi dastlabki turar joylarga V-VI asrlarda asos solingan bolsa, IX-X asrlarga kelib u yirik savdo va hunarmandchilik markaziga aylangan. Amir Temur tomonidan devor bilan oralganidan song u madaniyat va ilm-fan shahriga aylangan.
Qarshi shahri Samarqand va Buxorodan Afgoniston va Hindistonga otuvchi karvon yollari asosida yuzaga kelgan. Qarshi bir necha arxitektura yodgorliklariga ega. Bular: Mirzo Ulugbek tomonidan qurilgan Kokgumbaz masjidi (1463 y.), Jome masjidi, Minorali Qorgoncha (XIX-XX asrlar), Xoja Abdulaziz madrasasi (XX asr), Qilichboy madrasasi (1714 y.), Zaxok- Moron shaharchasi harobalari (eramizdan avvalgi I asr-eramizning V asri) va Qashqadaryo daryosi ustidan otgan qadimiy koprik kabilardir. Shaharda Olkashunoslik muzeyi bor.
Qashqadaryoning muhim arxeologik yodgorliklari-Temuriy sulolasiga tegishli Shamsiddin Mir Kulol maqbarasi, Kokgumbaz masjidi, Gumbazi Zeydan maqbarasidir.
Hisor toglarning janubi-garbida 1975 yilda Qizilsoy qoriqxonasi tashkil etilgan. Bu yerda silovsin, ayiq, qor barsi kabi noyob hayvonlarni uchratish mumkin. Shuningdek, Markaziy Osiyodagi eng yirik gorlardan biri Amir Temur gori ham shu atroflarda joylashgan.
Qashqadaryoda Xoja Ubaydulla, Jarroh Abduraxmon Ota, Gulom Naqshbandiylar ziyoratgoxlari, Sulton Mirhaydar maqbarasi kabi ziyoratgoxlari ham bor.
Shahrisabzning asosiy tarixiy va arxitektura yodgorliklari:
Oqsaroy (1380 y.);
Dorus - Saodat majmuasi (XIV asr);
Xazrati Imom masjidi (XIV asr);
Jahongir maqbarasi (XIV asr);
Dor-ut-Tilovat arxitektura majmuasi;
Kokgumbaz masjidi (1435 y.);
Gumbazi Saidon (XV asr);
Shamsiddin Kulol maqbarasi (XV asr).
Surxondaryo
Surxondaryo Ozbekistonning janubida joylashgan. Uning janubida Amudaryo boylab Afgoniston bilan bolgan chegara yastanib yotibdi, shimoldan uni Hisor toglari orab olgan.
Hududda saqlanib qolgan asosiy yodgorliklar qatoriga Qirq qiz saroyi (IX asr), Hakim at Termiziy arxitektura yodgorligi (XI asr) va Sulton-Saodat majmuasini kiritish mumkin.
Termiz
Surxondaryo viloyatining markazi bolgan Termiz shahri eramizdan oldingi II-I asrlarda Hindistonni Markaziy Osiyo orqali Yevropa bilan boglovchi karvon yollarining chorrahasida paydo boldi, keyinroq u Xitoyga eltuvchi Buyuk Ipak Yolida ham muhim ahamiyat kasb etdi. Kushonlar davrida 500 gektar maydonni egalladi. Shuningdek, Termiz yonida eramizdan oldingi III-II asrlarda Yunon-Baqtriya davlatiga tegishli turar joylar topilgan. Qoratepada Budda madaniyatiga tegishli turli yodgorliklar, Fayoztepada Budda ibodatxonasi harobalarida qiziqarli lavhalar va haykallar topilgan.
Termizning asosiy tarixiy va arxitektura yodgorliklari:
Qirq qiz saroyi (IX asr);
Termiz hukmdorlari saroyi (XX asr);
Hakim at Termiziy arxitektura majmuasi (X asr);
Sulton - Saodat arxitektura majmuasi (X asr);
Qoratepa ibodatxonasi (II asr);
Fayoztepa ibodatxonasi (I asr).
Do'stlaringiz bilan baham: |