10.2. Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlari Sharqning qadimiy obidalari
Samarqand
Samarqand ozining noz-nematlari, tabiati, boy manaviy merosi, betakror tarixi, olamshumul memoriy obidalari bilan butun dunyo jamoatchiligining diqqat-etiborini oziga qaratib kelayotgan «sayqali royi zamindir». Sogdiyona va Turon davlatlarining ulugvor ananalari, dunyoviy sivilizatsiyaning eng muhim bosqichlari «Yer yuzining yorqin nuqtasi» bolgan bu shaharning tarixi va madaniyati bilan uzviy bogliqdir.
Dunyoning etiborli sarmoyadorlari, rivojlangan mamlakatlarning mashhur tijoratchi va bankirlari, xalqaro tashkilot rahbarlari, iqtisodchi va siyosatchilari, sanashunoslarining nigohi bugun Samarqandga qaratilganligi bejiz emas. Bu esa Samarqand Ozbekistonning yirik , fan va madaniyat markazi sifatidagi mavqei tobora oshib borayotganidan, mamlakatning gullab-yashnashi va ravnaqi uchun muhim hissa qoshayotganidan dalolat beradi.
Jahon bankining prezidenti Jeyms D.Uolfenson Samarqandga tashrif buyurganida «Keyingi 40 yil davomida men kariyb butun dunyoni kezib chiqdim, biroq, Samarqanddek shaharni hech joyda kormadim», deb oz qalb sozlarini aytgan edi. Amerikadan kelgan sayyohlarning fikricha, «dunyoda bittagina Parij va bittagina Samarqand mavjud». Ommaviy fransuz jurnallaridan birining etirof etishicha: «Samarqand tasavvurni junboshga keltiradigan shahar bolib borayapti. Kozingizni yumib muloyim ohangda «Samarqand» sozini talaffuz qilsangiz, xuddi ertaklardagidek tasavvuringizda gozal va sehrli manzaralar oqimi paydo boladi». Bu orinda uzoq tarix sahifalarida qoldirilgan ushbu satrlarni ham eslash joizdir: «Bu shahar va uning atrofidagi zamin shunchalik boy va farovonki, bundan hayratga tushmasdan bolmaydi. Ehtimol shuning uchundir u Samarqand deya atalgan».
Samarqandliklar ozlarining zaminlari kabi saxiy, bobolari kabi sobitqadam, hissiyotli, tarixlari misol betakror va noyob, tinchliksevar va saxovatlidir. Ularning bu noyob fazilatlaring tengi yoq, Ozbekistonga tashrif buyurayotgan barcha davlat rahbarlari, arboblari, fan va madaniyat vakillari tomonidan tan olinib, «Turizm Makkasi» deya ezozlanmokda. Samarqandga kelish baxtiga sazovor bolgan, orzulari ruyobga chiqqan xorijiy sayyohlar uni «butun dunyoga yuz ochgan shahar», «Ming bir kechadagi afsona va ertaklar shahri» deya atamokda. «Musulmon dunyosining qimmatbaho durdonasi»ga dunyonning turli burchaklaridagi dindorlarning ham qiziqishlari cheksiz. Ular uchun Samarqand «Alloh, panohidagi shahar»dir. Orta asr manbalarida ham shaharni shunday deb ataganlar.
Samarqand 2750 yillik tarixga ega. Temuriylar sulolasi davrida solingan arxitektura yodgorliklari ahamiyati jihatidan qadimgi Misr, Xitoy, Hindiston, Yunoniston va Rimdagi arxitektura durdonalaridan sira ham qolishmaydi.
Qadimiy Samarqandning markazi bolgan Registon XV-XVIII asrlardagi Markaziy Osiyo bunyodkorligining yuksak misollaridan biridir. Maydon uch tomondan Ulugbek, Sherdor va Tillakori madrasalari bilan oralgan. Registon shaharning asosiy yollari chorrahasida joylashgani uchun aynan shu yerda hukmdorlarning Farmonlari xalqqa elon qilingan, savdo avjida bolgan. Samarqand shahrining janubida joylashgan Gori Amir maqbarasida (XIV-XV asrlar) Amir Temur, Mirzo Ulugbek kabi Temuriylar sulolasi vakillari dafn etilgan. Temuriylar davrida Samarqand yanada gullab yashnagan edi.
Shahar yaqinidagi qadimiy Afrosiyobdan topilgan sopol idishlar, haykalchalar bilan Afrosiyob muzeyida tanishish mumkin.
Samarqandda har bir kocha, suv xavzasi oz tarixiga ega. Ziyoratgox sanaluvchi Shohi Zinda (Tirik Shox) majmuasi Muhammad Rasulullohning amakisining ogli-Qusam ibn Abbos nomi bilan bogliq.
Mirzo Ulugbek tomonidan qurilgan Rasadxona 1449 yilda buzib tashlangan bolsada, uning yaxshi saqlanib qolgan yerosti qismi bilan tanishish mumkin. Shuningdek, Samarqandda koplab dam olish manzillari mavjud. Viloyatda neandertal odamlarning turar joylari topilgan.
Mustaqillikka erishilgandan song, Ozbekiston «ochik eshiklar siyosati»ni joriy qildi va jahon hamjamiyati bilan integratsiyalashuv jarayoniga faol kirib bordi. Buning yorqin misoli sifatida, Samarqand Respublikaning yirik sayyohlik markaziga aylandi. Turizmning rivojlanishi Ozbekiston va Samarqandning qulay geopolitik holati, uning Markaziy Osiyo mintaqasidan otgan «Buyuk Ipak yoli» ustida joylashgani, qulay geografik va iqlimiy sharoiti, bu sohaning ravnaqiga xizmat korsata oladigan mutaxassislar va zarur qonuniy bazalarning mavjudligidadir. Xalqlar ortasida dostlik, bir-birlarini anglash, tinchlik, hamkorlik va mamlakatda barqarorlikni rivojlantirishda turizmning ahamiyati beqiyosdir. Bularning hammasi sayohlikning xilma-xil shakllarini qayta tiklash va rivojlantirish, xalqaro andozalar asosida xizmat korsatishni yolga qoyish, mahalliy xususiyatlar turizmning milliy modelini yaratish uchun qulay imkoniyatlar yaratmokda.
Hozirgi paytda butun dunyoda «Samarqand deklaratsiyasi» deb tan olingan deklaratsiyani qabul qilgan Butunjahon turistlik tashkilotining Samarqanda bolib otgan kengashida (1994 yil 5 oktyabr) shahar bir ovozdan «Ipak yolining yuragi», deb tan olindi.
Garb mamlakatlari ekspertlarining fikricha, Ozbekistonga keluvchi sayyohlar soni yaqin orada 15 foizga kopayishi kutilmoqda. Bu Butunjahon turistlik tashkiloti tomonidan bashorat qilingan Garbiy va Janubi-Sharqiy Osiyoga keladigan jami sayyohlar sonidan 2 barobar kopdir.
Agar 2000 yilda Samarqand shaharidagi mavjud sayyohlik firmalari jami 51,1 ming sayohlarga xizmat korsatgan bolsa, shundan xorijiy turistlarga 15,3 ming kishi, 2007 yilda esa 113,1 mingdan ortiq turistlarni qabul qildi, shundan 70.9 ming kishi, yani 62 foizini xorijiy sayyohlar tashkil qildi. 2009 yilda Samarqand viloyatida turizm faoliyati bilan shugullanish huquqiga ega bolgan jami 102 ta sayyohlik firmalari va mehmonxonalar royhatdan otgan bolib, bir yola 3 mingga yaqin mehmonxonalar qabul qilish quvvatiga ega bolgan 54 ta zamonaviy va milliy uslubda qurilgan mehmonxonalar faoliyat korsatmoqda.
Ular hozirgi kunda ikkitta tort yulduzli, 278 orinli «Afrosiyob Palas» va 166 orinli «Prezident-Otel» mehmonxonalari bolib, qoshimcha ravishda milliy uslubda qurilgan xususiy mehmonxonalar tizimi turistlarga tegishli xizmat turlarini korsatib kelmoqda.
Samarqand shahrida tashqi turizmning rivojlanish holati, yani bugungi kunda xorijiy turistlar tashrifining tahlili, eng kop turistlar oqimi Yevropa mamlakatlaridan kelishini korsatmoqda 55 %, bunda Butunjahon turistlik tashkilotlarining tasnifi boyicha sobiq ittifoq mamlakatlari ham Yevropa mintaqasiga kiradi. Keyingi orinda Sharqiy Osiyo va Tinch okeaniya mintaqa mamlakatlari turistlari 22% ni tashkil qilmoqda. Uchinchi ornida esa Orta Sharq mamlakatlaridan 11% va qolgan qismini Janubiy Osiyo mamlakatlaridan 8 %, Amerika mamlakatidan 4 % turistlar kelganligi korsatilmoqda.
Ayni paytda Samarqand viloyatida 2010 yilgacha turizmni rivojlantirishning mintaqaviy dasturi qabul qilingan bolib, unda asosiy taraqqiyot bosqichlari va yonalishlari belgilangan. Ushbu dasturda mintaqada ichki va xalqaro turizmning barcha tizimlarini tubdan qayta qurish va tashkil qilish tadbirlari belgilangan.
Samarqandning asosiy tarixiy va arxitektura yodgorliklari:
Afrosiyob (eramizdan oldingi VIII asr);
Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi (1428 y.);
Shoxi Zinda arxitektura majmuasi;
Hazrati Hizr masjidi (XIX asr ortalari);
Bibixonim masjidi (1399 y.);
Ulugbek madrasasi (1417y.);
Sherdor madrasasi (1619 y.);
Tillakori madarasasi (1647 y.);
Chorsu bozori (XVIII asr oxiri);
Ruxobod maqbarasi (1380 y.);
Oksaroy maqbarasi (1470 y.);
Gori Amir maqbarasi (1404 y.);
Namozgox masjidi (XVIII asr);
Ishratxona maqbarasi (1464 y.);
Xoja Axror majmuasi (XV-XX asrlar);
Mavzoley Chupon-Ota maqbarasi (1430 y.);
Xoja Abdu Darun qabristoni (XV asr);
Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasi (IX asr).
Buxoro
«Buxoro» sozi sanskrit tilida «Ibodatxona», Sugd tilida «Tangri jamoli» manolarni anglatadi. Buxoro Buyuk Ipak Yolining yirik tijorat markazi bolib hisoblangan. Buxoro Orta asrlarga mansub 140 dan ortiq arxitektura yodgorliklariga ega bolgan «Muzey-shahardir». Poyi Kalon, Qoshmadrasa, Minorai Kalon, Ismoil Somoniy maqbarasi kabi koplab yodgorliklar bundan ming yillar oldin qurilgan bolib, hozirgi kunda ham mehmonlarni ozlariga jalb etmoqda. Buxoroning mashhurligini al-Buxoriy, Narshaxiy, Rudakiy, Daqiqiy, Abu Ali ibn Sino va Bahouddin Naqshband kabi siymolar yanada orttirib yuborishgan. Islom dunyosida Buxoroning ismiga Sharif, yani Muqaddas qoshimchasi qoshib ishlatilgan.
X asrda Buxoro eng yirik ilmiy va madaniy markaz bolgan. Magoqi Attori, Namozgoh masjidi, Chashmai Ayub kabilar ushbu davrdan yodgor bolib qolgan.
Sitorai Mohi-xossa oxirgi Buxoro Amirining yozgi saroyi, u xashamatli arxitekturaning eng yorqin namunalaridan biridir.
Labi Xovuz (XVI-XVII asrlar), Xuja Nasriddin haykali, Nodir Devonbegi madrasasi, Devonbegi xonaqosi, vaqtida Markaziy Osiyodagi yetakchi bolgan Kokaldosh madrasasi (Abdullaxon tomonidan bunyod etilgan) shaharning oziga xos diqqatga sazovor joylari hisoblanadilar.
Ismoil Somoniy maqbarasi shahardagi yaxshi saqlanib qolgan eng qadimiy bino bolib, nafis arxitekturaga ega. Poyi Kalon ansambli (XII-IV asrlar) shaharning markazidan orin olgan. Shu yerdan piyoda Ark binosiga, Chorminorga otish mumkin.
Shahar atrofidagi Varaxsha harobalaridan janglar va ov marosimlarini aks ettiruvchi koplab rangli lavxalar, qimmatli buyumlar topilgan va muzeylarga topshirilgan.
Buxoro qorakoli xalqaro bozorda etirof etilgan. Shuningdek, Buxoro zardozlikning vatani hisoblanadi.
Buxoroning asosiy tarixiy va arxitektura yodgorliklari:
Ark (XI asr);
Bolo-Hovuz majmuasi (XVIII asr);
Ismoil Somoniy maqbarasi (IX asr);
Chashmai-Ayub (1380 y.);
Abdullaxon madrasasi (1596 y.);
Modari-Xon madrasasi (1556 y.);
Masjidi Baland (XVI asr boshlari);
Gavkushon majmuasi (masjid, minora, Madrasa), (XVI asr);
Zayniddin Xoji xonaqosi (1555 y.);
Poyi-Kalon majmuasi (XII asr);
Labi-Xovuz majmuasi (XVI asr);
Kokaldosh madrasasi (1568 y.);
Nodir Devonbegi xonaqosi (1620 y.);
Ulugbek madrasasi (1417 y.);
Abdulazizxon madrasasi (1652 y.);
Boloxovuz masjidi (1712 y.);
Sayfiddin Boharziy maqbarasi (XIII asrning ikkinchi yarmi);
Bayonkulixon maqbarasi (XIV asrning ikkinchi yarmi);
Namozgox masjidi (XII asr);
Fayzobod xonaqosi (1598 y.);
Chorminor madrasasi (1807 y.);
Buxoro Amirining Sitorai Mohi—xosa yozgi saroyi (XIX asr oxiri);
Chor-Bakr majmuasi Joybor xojalari mozori (1560 y.).
Xiva
Xiva koplab arxitektura yodgorliklari joylashgan Ichan- qalada qadimiy sharq ruhini saqlab qolgan. Xivaning arxitektura yodgorliklari asosan madrasa, masjid va minoralar, Pahlavon Mahmud maqbarasi (1835 yil), Muhammad Aminxon madrasasi (18501855 yillar), Kona Ark, Tosh Hovli, Olloqulixon karvonsaroyi (1855 yil) kabilardan iborat. Rangli bezaklar berilgan Kalta Minor (1835 yil) va 218 ta naqshli ustunga ega bolgan Juma masjidlarni alohida takidlab otish mumkin. 2,5 kilometr uzunlikdagi devorga ega bolgan Ichan-qala, Otadarvoza, Shimoliy, Sharqiy, Janubiy, Buxoro va Toshdarvozalariga ega. Unda 40 dan kuproq quduqlar mavjud.
Xivaning asosiy tarixiy va arxitektura yodgorliklari:
Ichan-qala, Saidboy masjidi va madrasasi (XVIII asr boshi);
Polvon Darvoza atroflari;
Olloqulixon madrasasi (1834 y.);
Qutlugmurod-inoq; madrasasi (1804 y.);
Olloqulixon Timi va Karvonsaroyi (XIX asr);
Abdullaxon madrasasi (1865 y.);
Anushxon masjidi va harami (1657 y.);
Toshxovli (Olloqulixonning saroyi) (1830 y.);
Oqmasjid (1832 y.);
Juma masjidi va minorasi (1788 y.);
Said Olovuddin maqbarasi (XIV asr);
Muxdmmad Aminxon madrasasi (1851 y.);
Muhammad Aminxon madrasasi (1871 y.);
Kaltaminor (1855 y.);
Kona Ark (1868 y.);
Toramurod minorasi (1888 y.);
Sherniyozxon madrasasi (1718 y.);
Borlandi masjidi (XIX asr);
Arabxona madrasasi (1838 y.).
Do'stlaringiz bilan baham: |