1 Сабо Имре. Социалистическое право. – М., 1864. – 128-bet. 2 Qаrаng: Tаdjiхаnоv U., Sаidоv А. Huquqiy mаdаniyat nаzаriyasi. Dаrslik. / Mаs’ul muhаrrir аkаdеmik Sh.Z. O‘rаzayev. 1-tоm. – T., 1998. – 80-bet.
396
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi
tizim doirasida shakllangan yuridik texnika, huquqiy tizimning prinsiplari va boshqalar qabul qilinishi mumkin1. Qiyosiy huquqshunoslikda va maxsus yuridik adabiyotlarda shakllangan ta’rifga binoan, huquqiy oila deganda, turli xususiyat va belgilarning umumiyligi asosida ajraluvchi hamda farqlanuvchi milliy huquqiy tizimlarning yig‘indisi tushuniladi2. Xalqaro huquq fanida ham «milliy huquqiy tizim» iborasi keng qo‘llaniladi. Bunda bir mamlakat miqyosida shakllangan va amal qiladigan huquqiy tizim nazarda tutiladi. Har bir mamlakatda davlat tuzilishi, davlat boshqaruv shakl va davlat organlari majmui turlicha va ularning huquqiy mustahkamlanishi (rasmiylashuvi) o‘ziga xos bo‘ladi. Shunga ko‘ra, mamlakat ijtimoiy-siyosiy voqeligiga mos milliy huquqiy tizim qaror topishi tabiiy. Ammo, tarixan o‘zaro yaqin rivoj topgan qator jamiyatlarda (mamlakatlarda) shaklan o‘xshash va mazmunan yaqin huquqiy institutlar, huquqiy an’ana, qadriyat va normalar qaror topadi. Xuddi ana shu huquqiy institutlar, voqeliklar va normalar turli milliy huquqiy tizimlarning bir huquqiy oilaga uyushishiga asos bo‘ladi. Bundan tashqari, mamlakatda istiqomat qilayotgan xalqning mentaliteti, millatning o‘ziga xos xususiyatlari, qadriyatlari, urf-odati va an’analari ham huquqiy tizimni shakllantirishga, uning mazmuniga ta’sir o‘tkazadi. Demak, «huquq oilasi» huquq tizimi va huquqiy tizimga nisbatan keng ma’noli tushuncha bo‘lib, ularni o‘z tarkibiga qamrab oladi. Huquq oilasi ba’zan yuridik adabiyotlarda huquqiy tizim tushunchasi bilan aynanlashtiriladi3. Qiyosiy huquqshuqshunoslik bilan shug‘ullanuvchi olimlar tomonidan «huquq oilasi» atamasi turlicha talqin etiladi. Jumladan, R. David «huquqiy tizimlar oilasi», K-O. Ebert va M. Reynstayn «huquqiy doiralar», I. Sabo «huquqiy tizimlar shakli», S.S. Alekseev «tuzilmaviy umumiylik» – deb ataydilar. Huquq oilasi huquqiy tizimlarning paydo bo‘lishi, rivojlanishiga asos bo‘luvchi, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan, tarixan shakllangan, bir necha milliy huquqiy tizimlarning birligini ifodalovchi dunyo huquqiy voqeligining eng katta tarkibiy qismidir. Bir qator huquqiy tizimlarga xos bo‘lgan umumiy xususiyatni belgilab olish, ularni huquq oilalariga ajratish imkonini beradi. «Huquq oilasi» kategoriyasi yuridik belgilari o‘xshash bo‘lgan huquqiy tizimlar guruhini ifodalashga xizmat qiladi. Bu tushuncha o‘zaro o‘xshash yuridik belgilarga ega bo‘lgan huquq tizimlarining nisbiy birligini anglatish uchun xizmat qiladi va aytib o‘tilgan tizimlarning muayyan tarixiy rivojlanish xususiyatlarini, ya’ni tuzilishi, huquq manbalari, yetakchi huquq institutlari va sohalari,
Do'stlaringiz bilan baham: |