Referati. O’qituvchi: FarhodbekIbrohimov Talaba: AliqulovIslomjon


Общая Теория государства и права. Академический курс. Т.2. – М., 1998. – 99-



Download 47,84 Kb.
bet4/15
Sana16.01.2022
Hajmi47,84 Kb.
#377018
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Aliqulov Islomjon

1 Общая Теория государства и права. Академический курс. Т.2. – М., 1998. – 99-bet. 2 Qаrаng: Синюков В.Н. Российская правовая система. Введение в общую теорию. – Саратов, 1994. – 166-bet. 3 Qаrаng: Давид Р. Основные правовые системы современности. – М., 1988.

397

XIX bob. Hozirgi dunyo huquqiy tizimlari

huquqiy madaniyati, ananasi kabilarni aks ettiradi. «Huquq oilasi» instituti «huquqning tarixiy tipi» tushunchasiga nisbatan ikkilamchi, yordamchi hisoblanadi, huquq shaklining nisbatan mustaqilligini, huquqning texnik-yuridik mazmunini, oziga xosligini aks ettiradi. Shunday qilib, huquq oilasi deganda, bir huquq chegarasida tarixiy shakllanishining oxshashligi asosida birlashgan milliy huquq tizimlarining ozmi-kopmi keng majmui, huquqiy manbalar tuzilishi, yetakchi huquq sohalari va huquq institutlari, huquqni qollash, yuridik fanning umumiy jihatlari tushuniladi. Tahlillarga xulosa yasab, huquqiy tushunchalarni «obyekt doirasi» (hajmi) yoki tartibga solish jarayoni boyicha tartiblashtirsak, dunyo huquqiy xaritasi: huquq oilalari, huquqiy tizimlar va milliy huquq tizimlari kabi iyerarxik korinishga ega boladi.

Hozirgi zamonda ikki yuzdan ortiq mamlakatlarda alohida milliy huquqiy tizimlar amal qilmoqda. Bir tomondan, barcha huquqiy tizimlar ozaro oxshash jihatlarga ega; ikkinchi tomondan, ularning har biri oziga xos xususiyatlarga ega bolganligi bois milliy huquqiy tizimlar bir-biridan farq qiladi. Har bir davlatda yashovchi xalqlarning oz urf-odatlari, ananalari, oziga xos qonunchilik hujjatlari, yurisdiksion organlari, huquqiy mafkurasi, huquqiy ongi (mentaliteti) va huquqiy madaniyati mavjud. Mamlakatning huquqiy jihatdan alohidaligi, uning oziga xosligi tegishli jamiyatning alohida huquqiy tizimga (huquqiy ong, huquqiy normalar, ananalar, munosabatlar va muassasalarga) ega bolishini taqozo etadi. Biroq, hozirgi dunyoda turli-tuman milliy huquqiy tizimlar bolishiga qaramay, ularni bir necha huquqiy oilalarga birlashtirishga (taqsimlashga), guruhlashtirishga imkon beruvchi umumiy jihatlar, oxshash belgilar mavjud. Mazkur umumiy belgi va xususiyatlar huquqiy tizimlarni alohida huquqiy guruhlarga, huquqiy oilalarga tasniflash imkonini beradi. Tasniflash usuli deyarli barcha fanlar tomonidan qollaniladi, masalan, lingvistikadaroman, slavyan, ingliz, turkiy til guruhlari; dinshunoslikdaislom, nasroniylik, buddizm, iudaizm va hokazo; tabiiy fanlarda (hayvonot va jonzotlar borasida) – otxorlar va sudralib yuruvchilar; quruqlikda yashovchilar va suvda yashovchilar kabi tasniflar uchraydi. Huquqshunoslik fanida tasniflash orqali biz huquqiy tizimlarning ayrim juziy jihatlariga berilmagan holda ularning muhim xususiyatlariga kora, huquqiy oilalarga ajratib mohiyat-belgilarini tadqiq etish maqsadiga erishamiz. Ushbu tasniflashga falsafiy yondashiladigan bolsa, bunda huquqiy Dunyo huquqiy tizimlarining tasniflanishi2-§.

398

Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi

oilaumumiylik, huquqiy guruhalohidalik va milliy huquqiy tizimxususiylik hodisasini aks ettiradi. Hozirgi dunyo huquqiy tizimlarining tarkibiy tuzilishi jihatidan murakkab bolgan huquqiy oila, huquqiy guruh va alohida milliy huquqiy tizimlar tarzida tasniflash ilmiy afzallik va maqbullikka ega. Bunda huquqiy oilaning tarkibida yanada aniqroq tasniflash otkazib, uni alohida huquqiy guruhlarga, huquqiy tuzilmalarga ajratish mumkin. Masalan, roman-german huquqiy oilasi tarkibida fransuz huquqi guruhini va german huquqi guruhini ajratish mumkin; umumiy huquq oilasidaingliz huquqi guruhini va amerika huquqi guruhini ajratib korsatish mumkin. Turli mamlakatlardagi huquqiy tizimlarni tasniflashning bir qancha mezonlari mavjud: Vujudga kelish va rivojlanish genezisining umumiyligi. Ushbu tizimlar tarixan ozaro chambarchas bogliq bolib, umumiy davlathuquqiy ildizdan osib chiqqan (ular qadimgi davlatlardan osib chiqqan va yagona huquqiy ibtido, huquqiy prinsiplar va mezonnormalarga tayanadi). Huquqiy normalarning mustahkamlanish va ifodalanish shakli (manbalari) ning umumiyligi. Gap huquqni ifodalashning tashqi korinishi haqida bormoqda. Bunda huquq normalari qanday ornatiladi, qaysi manbalarda ifodalanadi (qonundami, sud qarori yoki shartnomadami?), ularning roli va ahamiyati, nisbati kabilar aniqlanadi. Strukturasining (tarkibiy tuzilishining) yagonaligi, oxshashligi. Dunyoning bir huquqiy oilasiga kiruvchi huquqiy tizimlar normativ-huquqiy materialni joylashtirishning (shakllantirishning) oxshash strukturasiga ega. Bu oxshashlik, odatda, birinchidan, bu mikro darajada, yani huquqiy normaning tarkibiy tuzilishi darajasida, ikkinchidan, makro darajadanormativ material yirik tuzilmalari (huquq tarmogi, subtarmogi, qonunchilikning kompleks tuzilmalari) ning tarkibiy tuzilishi (strukturasi) darajasida korinadi. Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish prinsiplarining umumiyligi. Bu prinsiplar bazi davlatlarda subyektlarning erkinligi, tengligi goyalarida, odil sudlovning obyektivligida ifodalansa, boshqa davlatlarda diniy asoslarda namoyon boladi, uchinchi mamlakatlardamilliy sotsialistik goyalarda ifodalanadi. Yuridik kategoriya va tushunchalarning, terminlar va yuridik texnika qoidalarining yagonaligi, huquq normalarini tizimlashtirishning birligi. Huquqiy jihatdan «qarindosh», turdosh bo‘lgan mamlakatlar, odatda, o‘z ahamiyati va ma’nosi bo‘yicha o‘xshash iboralarni, tushunchalarni ishlatadilar. Bu hol ularning kelib chiqishi umumiyligi bilan bog‘liq1. Shu sababli, bir huquqiy

1 Qаrаng: Теория государства и права / Под ред. В.М. Корельского и В.Д. Перевалова. – М., 1997. – 509–510-betlar.

399

XIX bob. Hozirgi dunyo huquqiy tizimlari

tizimga (huquqiy oilaga) kiruvchi davlatlarning qonun chiqaruvchi organlari huquqiy hujjatlarning matnini yaratishda bir xil yuridik konstruksiyalardan, normativ materialni shakllantirish usulidan, ularni tartibga solish va tizimlashtirishning oxshash uslublaridan foydalanadilar. Hozirgi zamonda faoliyat yuritayotgan asosiy huquqiy tizimlarni tasniflashda huquqshunos tafakkur yuritib, uncha kop bolmagan huquqiy tizimlar tahlili bilan cheklanishi lozim. Chunki, kimki tasniflash chogida sayyoramizdagi barcha huquqiy tizimlarni qamrab olishga intilsa, u juda katta empirik material ummoniga garq bolib ketadi. Bugungacha mavjud biron – bir xalqaro ensiklopediyada dunyodagi barcha huquqiy tizimlar ro‘yxati to‘la aks ettirilmagan. Huquqiy tizimlar tahlili bilan shug‘ullanadigan huquqshunos, eng avvalo, tarixan tarkib topgan asosiy (shajarani boshlab beruvchi) huquqiy tizimni aniqlab olishi, so‘ngra uning geografik yoyilishini, ya’ni resepsiya qilinganligini kuzatishi (o‘rganishi) lozim. Agar dunyo huquqiy xaritasiga e’tibor bilan razm solinsa, davlatlarning uchdan ikki qismi ikki asosiy huquq tizimiga (huquqiy oilaga): roman-german va ingliz huquqiy tizimlariga daxldor hisoblanadi. Tasniflash mezoni sifatida quyidagi asoslar olinadi: birinchidan, huquqiy tizimning geografik jihatdan qanchalik keng yoki tor yoyilganligi, ikkinchidan, huquqiy tizimning tarixiy ildizlari va rivojlanish yo‘llari; uchinchidan, tizim tarkibidagi yuridik institutlar va huquqiy tarmoqlar hisobga olinadi. Ushbu mezonlardan foydalanishda madaniy, etnik, milliy, geografik, diniy, huquqiytexnikaviy, huquqiy-uslubiy va hokazo omillar ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Huquqiy tizimlarni tasniflashning mazmuni buning uchun tanlab olinadigan mezonga bog‘liq bo‘ladi. Bunday mezonlar yana formal – yuridik, ma’rifiy (sivilizatsiyali), ma’naviy, madaniy-tarixiy, ijtimoiy-siyosiy (formatsiyaviy) bo‘lishi mumkin. Bu mezonlarning turli kombinatsiyalarda qo‘llanilishi zamonaviy qiyosiy huquqshunoslikda tasniflashning o‘ziga xos jihatidir. Chunki, bitta mezon dunyoning yuridik xaritasi haqida mufassal bilim hosil qilishi mushkul. Masalan, hozirgi Xitoyning huquqiy tizimi formal – yuridik mezonga ko‘ra, roman-german huquqiy oilasiga taalluqli bo‘lsa, ma’rifiy va ma’naviy mezonga muvofiq – an’anaviy (odat huquqi tizimiga) tizimga, ijtimoiy-siyosiy mezonga binoan – sotsialistik huquqiy oilaga mansubdir. Ba’zi mamlakatlarning huquqiy tizimi o‘z tarixiy rivojlanish xususiyatlariga ko‘ra hech bir huquqiy oilaga mos kelmaydi. Masalan, Shotlandiyaning huquqiy tizimi umumiy (anglo-sakson) huquq bilan kontinental (roman-german) huquq tizimlarining uyg‘unlashgan ko‘rinishi sifatida maydonga chiqadi. Shuningdek, anglo-sakson va roman-german tizimlarining uyg‘unlashgan ko‘rinishi AQSh ning Luiziana shtati, Kanadaning Kvebek provinsiyasida kuzatiladi. Hozirgi Isroilning huquqiy tizimi uch


Download 47,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish