1 Qаrаng: Теория государства и права / Под ред.проф. В.К. Бабаева. – М., 2006. – 606-bet.
406
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi
yojlariga moslashtirganlar. Tarixiy sabablarga ko‘ra bugunga kelib musulmon huquqining to‘rtta sunniylar (xanafiylar, molikiylar, shofiiylar, hanbaliylar) maktabi, shuningdek, uchta shialar (ja’fariylar, ismoiliylar, zaydiylar) maktabi bor. Har bir maktab o‘zining yuridik uslubi va qarashlari tizimiga ega, shuning uchun ularning har biri musulmon huquqining alohida tizimi bo‘lib hisoblanish uchun da’vogarlik qiladi. Musulmon huquqi mustahkam tizimga ega bo‘lgan, rad qilish mumkin bo‘lmagan dalillarga asoslanadi. Musulmon huquqshunoslari muayyan darajada tasodifiy yoki noaniq bo‘lgan hamma narsalarni qoralaydilar. Musulmon huquqshunoslari tomonidan shakllantirilgan huquqiy normalar o‘z tuzilishlariga ko‘ra doimo tashqi dalillarga asoslanadi1. Islom aqidalariga muvofiq, musulmon huquqi Alloh kalomi asosida shakllangan qoidalar mujmuidir. Islom diniy doktrinasida Muhammad (s.a.v.) payg‘ambarning shaxsi muhim o‘rin tutadi. Uning hayoti va faoliyati musulmon huquqining ma’no-mazmunini tushuntirishda belgilovchi ahamiyat kasb etadi. Islomshunos olimlarning fikricha, musulmon huquqi tarkibida ikkita o‘zaro bog‘liq me’yorlar guruhi Qur’on va Sunnaning yuridik yo‘l-yo‘riqlari mavjud. Musulmon huquqining asosiy manbayi sifatida Allohning o‘z payg‘ambarlari va elchilaridan oxirgisi Muhammad alayhissalomga yo‘llagan vahiylardan nozil bo‘lgan Qur’on e’tirof etiladi. Qur’on huquq kodeksi emas. Qur’ondagi yuridik xarakterdagi qoidalar, bir tomondan, kodeks tuzishga kamlik qiladi, ikkinchi tomondan, bu me’yorlar orasida mavhum diniy va axloqiy yo‘l-yo‘riqlar shaklidagi umumiy qoidalar ko‘pchilikni tashkil etadi. Uning ta’sir ko‘rsatish choralari ham talaygina bo‘lib, ular tilga olinsa-da, ayrim hollardagina jazolaydigan darajaga keltiriladi. Musulmon huquqining ikkinchi manbayi Muhammad alayhissalom mulohazalaridagi ilohiylashtirilgan hodisalar ta’sirida kelib chiqqan og‘zaki rivoyatlar majmui – sunnadir. Musulmonlar Qur’on va sunna yuridik me’yorlarining kelib chiqishi ilohiy bo‘lib, aslo o‘zgarmasdir, deb hisoblaydilar. Lekin, hayotda ijtimoiy munosabatlarning barchasi ham Qur’on va sunnaga bog‘liq emas. Qur’ondagi 6200 dan ortiq oyatning aksariyati diniy-axloqiy masalalarga taalluqli bo‘lib, ayrim ma’lumotlarga ko‘ra esa 250 tasi huquqiy xususiyatga egadir. Bu nomutanosiblikni to‘ldirish ham musulmon huquqiy ta’limotining davomchilari bo‘lgan musulmon ilohiyotchi-fiqhlariga ishonib topshirilgan edi. Ular Qur’on
Do'stlaringiz bilan baham: |