2. Davlat tashqi iqtisodiy siyosatining asosiy vo'nalishlari va tarkibiy qismlari
Bozor qonunlari asosida rivojlanayotgan va davlat aralashuvi yuqori bo'lgan mamlakatlarning barchasida davlat erkin xalqaro ayirboshlash yo'liga ma’lum to‘siqlar qo‘yadi va bunday holat milliy manfaatlarni himoya qilish zarurligi bilan tushuntiriladi. Bularga mamlakat iste’mol bozorlarini himoyalash, ichki bandlikni osliirish, yangi tarmoqlarni rivojlantirish va hokazolar kiradi.
Iqtisodiy raqobatga bardoshh bo'lgan davlatlar ham, bunday raqobatga chidamsiz davlatlar ham litsenziyalash va kvotalami o'rnatish, bojxona bojlari va tariflarni kiritish, mahsulot sifati va uning xavfsizligini ta’minlovchi standartlarni o'rnatish hamda tashqi iqtisodiy faoliyatga ta’sir etuvchi boshqa bir qator vositalardan keng foydalanadilar, shu orqali o‘z tashqi iqtisodiy siyosatlarini yurgizadilar.
Davlat tomonidan amalga oshiriladigan mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyati kundalik va strategik maqsadlarga muvofiq uning tashqi iqtisodiy siyosatiga asoslangan. Mamlakatning tashqi iqtisodiy siyosati deganda, boshqa mamlakatlar bilan iktisodiy aloqalarni rivojlantirish va tartibga solishga qaratilgan faoliyat tushuniladi.
Hozirda tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish siyosatida ikki yo'nalish o'zaro bog‘langan:
1) erkinlashtirish;
2) proteksionizm.
Ichki bozomi xorijiy raqobatdan himoyalashga qaratilgan iqtisodiy siyosat proteksionizm deyiladi.
Erkinlashtirish - davlatning tashqi savdoda iqtisodiy va ma’muriy lo‘siqlarni kamaytirishga qaratilgan iqtisodiy siyosatidir. Erkinlashtirish va proteksionizm siyosati dunyodagi har qanday davlat uchun xos. Hozirgi paytda tashqi savdoni erkinlashtirishga moyillik kuzatilayapti. Bu jarayon uch xil ko‘rinishda amalga oshirilayapti:
- aloliida mamlakatlar o'rtasidagi o‘zaro savdoda;
- yagona bojxona ittifoqiga kiruvchi alohida davlatlar o'rtasida;
- tarillar va savdolar Bosh bitimi (GATT). Savdo va rivojlanish bo'yicha BMTning konferensiyalari (YuNKTAD), BMTning Yevropa iktisodiy komissiyasi (EIK) doirasida ko‘p tomonlama kelishuvlar asosida amalga oshiriladi.
Tashqi iqtisodiy siyosat — bu milliy joriy va strategik maqsadlarga muvofiq tashqi iqtisodiy munosabatlar sohasida davlat idoralari tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yig‘indisidir.
Tashqi iqtisodiy siyosatning makon jihati jahon va mamlakat iqtisodiyotiga ta’sir ko'rsatishning asosiy yonalishlari bo'yicha davlatning harakatlarini belgilaydi. Ushbu belgiga binoan davlatning tashqi iqtisodiy siyosati tarkibiga tashqi savdo siyosati, tashqi investitsiya siyosati, valuta siyosati, bojxona siyosati kiradi
Davlatning tashqi savdo siyosati xalqaro darajada tovarlar, ishlar, xizmatlar, axborotlar, intellektual faohyat natijalari bilan amalga oshiriladigan ayirboshlashni qamrab oladi va eksport va import siyosat lari birgalikda tashqi savdo siyosatini tashkil etadi.
Tashqi savdo bo‘yicha davlatning eksport siyosati, deganda mamlakatning raqobatbardosh tovarlar, xizmatlar va intellektual mulldami jahon bozorida sotishga va ushbu tovarlarni ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga yo`naltirilgan chora-tadbirlar tushuniladi.
Eksport qiluvchi korxonalarni rag‘batlantirishda davlat buyurtmalari. budjetdan moliyalash, imtiyozli kreditlar berish ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlarini moliyalash va hokazolardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |