Davlat tashqi iqtisodiy siyosatining mohiyati va zaruriyati.
Dunyo mamlakatlari ning jadallik bilan rivojlanib borayotganligi. ular o'rtasida ishlab chiqarish aloqalarining baynalminallashuvi va globallashuvi hamda iqlisodiy aloqalarning kuchayishi. har bir davlatdan tashqi omiUardan oqilona va samarali foydalanish, milliy iqtisodiyotni tashqi ta'sirlardan himoyalashga qaratilgan tashqi iqtisodiy siyosat yuritishni talab etadi. Shu bilan birga. mamlakat iqtisodiyotining jahon iqtisodiyoti bilan ichki bozorning tashqi bozorlar bilan o‘zaro hamkorligi uchun sifat jihalidan yangi negizlarini shakllantiradigan tub bozor o'zgarishlarini amalga oshirish obyektiv ravishda tashqi iqtisodiy omillarni kuchaytirishni taqozo etadi.
Davlatning tashqi iqtisodiy siyosati — xalqaro munosabatlarda milliy manfaatlarni ta’minlash borasidagi davlat faoliyatining yo'nalishi va sohasi, shuningdek, tegishli maqsad va vazifalarni amalga oshirishdagi aniq chora-tadbirlar yig'indisidir. Tashqi iqtisodiy siyosatning mohiyati uning davlat va xalqning suvereniletini ta’minlashdan iborat bo'lgan, milliy manfaatlarni himoya qilish bo'yicha mexanizmining butun sa’y-harakati ijtimoiy-iqtisodiy integratsion jarayonlarda milliy, mintaqaviy va global xavfsizlikni ta’minlashda o‘z ifodasini topadi.
Davlatning tashqi iqtisodiy siyosati negizida tashqi iqtisodiy aloqalarni tartibga solish va ishlab chiqarish omillarining xalqaro taqsimlanishida mamlakat ishtirokini maqbullashtirish tartibini belgilashga doir bir niaqsadga yo'naltirilgan faoliyatlar yotadi.
Tashqi iqtisodiy siyosatning tarkibiy qismlari bo‘lib tashqi savdo siyosati, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va xorijdagi milliy kapital qo'yilmalarni tartibga solish borasidagi siyosat, valuta siyosatilari hisoblanadi. Bundan tashqari mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash bilan bog'liq bo'lgan alohida davlatlar va mintaqalar bilan tashqi iqtisodiy operatsiyalarni amalga oshirish ko'rinishlari ham mavjud.
Tashqi iqtisodiy siyosat tashqi iqtisodiy faoliyatni ham tartibga soladi. Ko'plab davlatlarda mavjud bo'lgan tashqi iqtisodiy siyosat vositalarining keng doirasi ularga o'z tashqi iqtisodiy aloqalari tarkibini va ularni rivojlantirish yo'nalishlarini shakllantirishga ham, boshqa mamlakatlarning tashqi iqtisodiy aloqalari va tashqi iqtisodiy siyosatiga ham faol ta’sir etish imkonini beradi. Tashqi iqtisodiy siyosat vositalarini savdosiyosiy mexanizm sifatida ta’riflash mumkin.
Tashqi iqtisodiy siyosatni shakllantirish uchun uning asosiy tamoyillarini aniq va ravshan belgilash lozim. Unda tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarining xatti-harakatlarini iqtisodiyhuquqiy tartibga solishga asosiy o'rin ajratilgan bo'lib, umummilliy manfaatlarga mos kelishi lozim.
Davlatlarning tashqi iqtisodiy siyosatni normativ tartibga solish negizida milliy hamda xalqaro huquq me’yorlari yotadi. Biroq, davlatning tashqi iqtisodiy siyosat sohasidagi munosabatlarini tartibga solishda milliy xuquqiy mexanizmlaming ham ahamiyati katta. Bunday mexanizmlar hozirgi kunda davlatning xalqaro maydondagi strategik faoliyatini belgilashda muhim rol o'ynab kelmoqda.
O'zbekiston tashqi iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadlari va uni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar sifatida mamlakat taraqqiyotining har bir bosqichida uning o'z oldiga qo'ygan vazifalari mavjud bo'iib, davlatning iqtisodiy siyosati bu vazifalami bajarilishiga qaratilmog'i kerak.
Mamlakat iqtisodiy rivojlanishining har bir bosqichida davlat tashqi iqtisodiy siyosatining maqsadlari shu davrning o'ziga xos xususiyatlariga mos kclishi kerak. Ular orasida eng muhimlari quyidagilar:
- eksportni rivojlantirish va uning tarkibiy tuzilishini yaxshilash;
- importning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish. ya'ni uni milliy ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish va kengaytirishga qaratish;
-ishlab chiqaruvclii kuchlami sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish uchun chet el investitsiyalarini jalb etish;
- mamlkatning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, ya’ni ma'lum darajada tashqi iqtisodiy faoliyatda eksport-import operatsiyalari, valyutani olib chiqish. boshqa xalqaro bitimlar ustidan davlat nazoratini о'rnatish.
Davlatning tashqi iqtisodiy siyosati aniq belgilangan maqsadlar va ularni amalga oshirishga qaratilgan asosiy tadbirlarni o'z ichiga oladi.
Birinchidan. respublika milliy iqtisodiyotining kuchli eksport bo'g'inini taslikil etuvchi va uni jahon bozorida munosib o'ringa ega bo'lishini ta’mmlovchi sohalarini aniqlash.
Ikkinchidan, iqtisodiyotning eksport bo'g'inida davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash usullaridan keng foydalanish.
Bu usullar quyidagilardan iborat:
- eksportga yo'naitirilgan ishlab chiqarishni kengaytirish uchun imtiyozli foizlar bo'yicha uzoq muddatli kreditlar ajratish;
- milliy investitsiyalami sug'urtalash;
- eksport qiluvchilarga milhy ishlab chiqarish va uning xorijiy raqobatchilari ishlab chiqarishi xarajatlari o'rtasidagi farqni qoplash;
- davlat tomonidan respublikaga ilg'or texnologiyalar, tajribalar. bilimlarni kirib kelishiga subsidiyalar ajratish;
- eksport va importni htsenziyalash yoki chetga mol chiqarishga va chetdan uni olib kelisliga mxsatnomalar berish;
-ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi, xorijdan keltiriladigan xomashyo va materiallar, asbob-uskunalar va jihozlar ulushini bosqichma-bosqich kamaytirish va boshqalar.
Shu bilan birga, tashqi iqtisodiy siyosat milliy valutani mustahkamlash va uni boshqa valutalarga erkin almashuvini ta'minlashni, icliki narxlarni jahon bozori narxlariga yaqinlashtirish maqsadida baliolar islohotini tugallashni, tashqi iqtisodiy faoliyatning me’yoriy va huquqiy asoslarini xalqaro talablar darajasiga yetkazishni nazarda tutadi
Do'stlaringiz bilan baham: |