O’ZBEKISTON RESPUBLIKASISOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TOSHKENT FARMASEVTIKA INSTITUTI
Kafedra:Anorganika, analitik,Fizik va kolloid kimyo
REFERATеT
MAVZU: Anorganik moddalarning sinflari
Bajardi:Majidova Durdona
Tekshirdi: Rahmatullayeva M
Toshkent-2014
Anorganik moddalarning sinflanishi
Oddiy moddalar. Anorganik moddalar ikkiga bo’linadi: oddiy moddalar va murakkab moddalar:
Tarkibi faqat bir xil element atomlaridan tashkil topgan moddalar oddiy moddalar deyiladi. Oddiy moddalarga misol sifatida davriy jadvaldagi barcha elementlarni olish mumkin. Masalan: K, Na, Al, H2, O2, O3, N2, S8, P4, C(grafit, olmos) va boshqalar. Oddiy moddalar tarkibiga ko’ra bir atomli (He, Ne, Ar, Xe, Kr), ko’p atomli (H2, N2, O2, O3, P4, S8) bo’lishi mumkin.
Oddiy moddalar ikkita guruhga bo’linadi: metallar va metallmaslar. Metall va metallmaslarni ajratish uchun 5 –element B dan 85-element At ga qarab diogonal o’tkazish kerak. Diagonalning pastida va diagonal ustidagi qo’shimcha guruhchalarda metallar joylashgan. Diagonal yuqorisidagi asosiy guruhchalarda bo’lsa metallmaslar keltirilgan (3-jadval).
3-jadval. Metallmaslarning davriy jadvalda joylanishi
Ш 1У УY1 YHYШ
HНе
В С NOFNe
Si P S C1 Ar
AsSe Br Kr
Te I Xe
At Rn
Metallmaslar odatdagi holatda gazsimon (N2, O2, H2, F2, Cl2 va inert gazlar), suyuq (Br2) va qattiq holda(qolgan barcha metallmaslar) uchraydi. Metallmaslar qattiq holda molekular yoki atom kristall panjaralar hosil qiladi.
Metallar odatdagi sharoitda (simobdan tashqari) qattiq moddalardir. Ular metall kristal panjaraga ega.
Bir elementning bir necha oddiy modda hosil qilish xossasi allotropiya deyiladi. Allotropiya hodisasining sababi oddiy modda molekulasining tarkibidagi atomlar sonining turlicha bo’lishi yoki moddaning kristall tuzilishining turlicha ekanligidir.
Masalan: O2 va O3 allotropik shakl o’zgarishlarga kiradi. Ular bir-biridan atomlar soni va molekula tuzilishi bilan farqlanadi. Uglerod bir necha xil allotropik shakl o’zgarishlarga ega. Uglerod olmos holatida (sp3giridlangan) fazoviy tuzilishli zanjir (tetraedrik) hosil qilgan. Uglerod grafit holatida qavat-qavat joylashgan.Har bir uglerod atomi qo’shni uchta atom bilan bog’langan. Uglerod karbin holatida oddiy yoki qo’sh bog’lar yordamida bog’langan.
Murakkab moddalar molekulasining tarkibi har xil element atomlaridan tuzilgan. Masalan, KOH, H2SO4, H2O, HCl, Al2O3 va boshqalar.
Barcha murakkab moddalar asosan to’rt sinfga bo’linadi: oksidlar, kislotalar, asoslar va tuzlar.
1.Oksidlar
Biri kislorod bo’lgan ikki element atomlaridan tashkil topgan murakkab moddalar oksidlar deyiladi.
Oksidlarning umumiy formulasi RxOy. Oksidlarni nomlashda kimyoviy element nomi, kichik qavs ichida valentligi va oksidi deb nomlanadi. Cu2O - mis(I) oksidi, CuO mis(II) oksidi, BaO bariy oksidi, Mn2O7 marganes (YII) oksidi.
Oksidlar to’rt turga bo’linadi: asosli, kislotali, amfoter va betaraf yoki tuz hosil qilmaydigan oksidlar. Bundan tashqari tarkibida kislorod tutgan boshqa birikmalar ham bor. Ularga peroksidlar va aralash oksidlar kiradi. Masalan, Na2O2, K2O2 va Mn3O4 , Pb3O4.
Asosli oksidlar. Asoslar mos keladigan oksidlarni asosli oksidlar deyiladi. Faqat metallargina asosli oksidlar hosil qiladi.
ВеО,CuO, CrO va MnO va boshqa ko’pgina metallarning oksidlari suv bilan ta’sirlashmaydi. Bunday metallarning gidroksidlari bilvosita usullar bilan, ya’ni tuzlarga kuchli asoslar ta’sir ettirib olinadi.
Asosli oksidlar metallarga bevosita kislorod ta’sir ettirib hosil qilinadi:
Ba’zi metallarga kislorod ta’sir ettirilganda avval peroksidlar hosil bo’ladi:
So’ngra bu peroksidlarga metall ta’sir etganda oksidlarga aylantiriladi:
Tuzlarni yoki gidroksidlarni parchalash jarayonida ham asosli oksid hosil bo’ladi:
Kimyoviy xossalari. Asosli oksidlar qattiq moddalardir. Ulardan ba’zilari suvda yaxshi eriydi.
Iva IIguruh asosiy guruh elementlari metallarining oksidlari ВеО va МgО dan tashqari suv bilan ta’sirlashganda asoslar hosil bo’ladi. Qolgan guruhlardagi metallarning oksidlari suv bilan ta’sirlashmaydi:
Ular kislotali oksidlar bilan ta’sirlashib tuzlar hosil qiladi:
Asosli oksidlar kislotalar bilan ta’sirlashadi va tuz hamda suv hosil qiladi:
Kiislotali oksidlar. Kislotalar mos keladigan oksidlarni kislotali oksidlar deyiladi. Kislotali oksidlar metallmaslarning oksidlari va ba’zi metallarning yuqori valentli oksidlari misol bo’la oladi: СrO3;Mn2O7; MnO3; V2O5;MoO3;WO3).Ularni angidridlar (suvsizlantirilgan kislotalar) deb ham yuritiladi.
Har bir kislotali oksidga kislota to’g’ri keladi:
Olinishi. Metallmaslarning kislorodda yoki havoda yonishi:
Murakkab moddalarning yondirilishi:
Kislotalarni qizdirish orqali suvsizlantirish:
Metallarga kislotalar ta’sir ettirish:
Metallmaslarga kislotalar ta’sir ettirish:
Do'stlaringiz bilan baham: |