3. Kislotalar
Kislotalar. Tarkibida vodorod atomi va kislota qoldig’i tutgan murakkab moddalar kislotalar deyiladi. Kislotalarning umumiy formulasi HnR . R- kislota qoldig’i. n- kislota qoldig’i valentligi yoki kislotalarning asosliligi. Ko’p ishlatiladigan kislotalarning ro’yxati 5 jadvalda berilgan.
Kislotalar eritmada dissotsialanib vodorod kationlarini va kislota qoldig’i anionlarini hosil qiladi.Agar kislota ko’p asosli bo’lsa bunday dissotsialanish jarayoni bosqichli boradi:
Kislota eritmalari nordon ta’mli bo’lib , lakmus indikatorini qizil rangga kiritadi. Fenolftalein indikatori kislotalar ishtirokida o’z rangini o’zgartirmaydi.
Nomlanishi. Kislorodsiz kislotalarni nomlashda element nomiga - “id “ qo’shimchasi qo’shiladi. HCl- xlorid , HBr- bromid, HI – yodid, H2S - sulfid, H2Se- selenid, HCN- sianid, HCNS- rodanid va boshqalar.
Kislota hosil qilgan element turli valentliklar namoyon etsa, ulardan eng past valentlikdagilar ( yoki oksidlanish darajasi) birikmaning kislotasiga - “gipo” old qo’shimchasi qo’shiladi. HClO- gipoxlorit, HIO- gipoyodit, HBrO- gipobromit;
Kislotadagielementningvalentligio’rtachaqiymatgaegabo’lsaelementga –“it” qo’shimchasiqo’shiladi. H2SO3- sulfit , HClO2- xlorit,HNO2- nitrit, H2SeO3- selenit, HBrO2- bromit;
Kislota hosil qilgan elementning valentligi eng yuqori bo’lsa element nomiga – “at” qo’shimchasi qo’shish kerak. H2SO4- sulfat, H2CO3- karbonat, HClO3 –xlorat, HNO3- nitrat, HBrO3- bromat va hokazo.
5- jadval. Eng muhim kislotalarning ro’yxati
№
|
Kislotalarning
formulasiva
angidridlari
|
Kislotalarning
nomlanishi
|
Kislota
qoldigi anioni
|
Tuzlari
|
1
|
HCl
|
Хlorid
|
Cl-
|
NaCl
|
2
|
HBr
|
Bromid
|
Br-
|
KBr
|
3
|
HJ
|
Iodid
|
I-
|
NaI
|
4
|
HF
|
Ftorid
|
F-
|
CaF2
|
5
|
HCN
|
Sianid
|
CN-
|
KCN
|
6
|
HCNS
|
Rodanid
|
CNS-
|
NaCNS
|
7
|
H2S
|
Sulfid
|
S2-
|
K2S
|
8
|
HNO2 N2O3
|
Nitrit
|
NO2-
|
NaNO2
|
9
|
HNO3N2O5
|
Nitrat
|
NO3-
|
KNO3
|
10
|
H2SO3 SO2
|
Sulfit
|
SO32-
|
Na2SO3
|
11
|
H2SO4 SO3
|
Sulfat
|
SO42-
|
Na2SO4
|
12
|
H3PO3 P2O3
|
Fosfit
|
НРО32-
|
Na2НРО3
|
13
|
H3PO4 P2O5
|
Ortofosfat
|
PO43-
|
Na3PO4
|
14
|
HPO3 P2O5
|
м-fosfat
|
РО3-
|
KРО3
|
15
|
H4P2O7 P2O5
|
Difosfat
Pirofosfat
|
P2O74-
|
Na4P2O7
|
16
|
H2CO3 CO2
|
Karbonat
|
CO32-
|
K2CO3
|
17
|
H2SiO3 SiO2
|
м-silikat
|
SiO32-
|
Na2SiO3
|
17
|
H4SiO4 SiO2
|
о-silikat
|
SiO44-
|
Na4SiO4
|
18
|
HclO Cl2O
|
Gipoxlorit
|
ClO-
|
NaClO
|
19
|
HClO2 Cl2O3
|
Хlorit
|
ClO2-
|
KClO2
|
20
|
HСlO3 Cl2O5
|
Хlorat
|
СlO3-
|
KСlO3
|
21
|
HСlO4 Cl2O7
|
Perxlorat
|
СlO4-
|
KСlO4
|
22
|
H2CrO4 CrO3
|
Хromat
|
CrO42-
|
K2CrO4
|
23
|
H2Cr2O7 CrO3
|
Dixromat
|
Cr2O72-
|
K2Cr2O7
|
24
|
HMnO4 Mn2O7
|
Permanganat
|
MnO4-
|
NaMnO4
|
25
|
H2MnO4 MnO3
|
Мanganat
|
MnO42-
|
K2MnO4
|
26
|
H3BO3 B2O3
|
Ortoborat
|
|
|
27
|
HBO2B2O3
|
Metaborat
|
BO2-
|
KBO2
|
28
|
H2B4O7 B2O3
|
Теtraborat
|
B4O72-
|
Na2B4O7
|
Birelementbirxilvalentlikdavodorodatomlarisonibilanfarqlanadigankislotalarhosilqilganidavodorodatomlarisonikamiga - “meta” , vodorodatomlarisoniko’piga –“orto” oldqo’shimchasiqo’yiladi. H2SiO3- meta-
silikat, H4SiO4– orto-silikat, HBO2- meta-borat, H3BO3–orto-borat, HPO3 – meta-fosfat, H3PO4- orto-fosfat.
Kislota hosil qiluvchi element eng yuqori valentlini namoyon etganida unga “ per” old qo’shimchasi qo’shiladi. HClO4- perxlorat, HMnO4- permanganat, HIO4- periodat.
Ba’zan kislotalardan suv chiqib ketishi hisobiga ham ma’lum nomlanishlar beriladi: H4P2O7-piro- yoki difosfat, H2Cr2O7– dixromat yoki bixromat.
Xossalari. Kislotalar asoslar bilan ta’sirlashib tuz va suv hosil qiladi:
Kislotalar asosli oksidlar bilan ta’sirlashib tuzlar hosil qiladi:
Кislotalar tuzlarga ta’sir etib kuchsiz kislotalarni siqib chiqaradi:
Kislotalardan НСl,H2SO4,H3PO4,CH3COOHfaol metallar (Mg, Zn,Al,Fe)bilan ta’sir etganda kislotalarning tuzlari va vodorod ajralib chiqadi:
Agar kislotalarga passiv metallar (Cu, Ag, Hg, Au, Pt) ta’sir ettirilsa, bu metallarning aktivligi kam bo’lgani uchun ular kislotalar bilan ta’sirlashmaydi.
Konsentrlangan sulfat kislota metallar bilan butunlay boshqacha ta’sir etadi. Konsentrlangan sulfat kislotaga Fe, Al, Cr, Au, Pt kabi metallar ta’sir etmaydi. Agar konsentrlangan sulfat kislotaga Сu, Ag, Hg kabi metallar ta’sir ettirilsa jarayon quyidagicha sodir bo’ladi:
Konsentrlangan kislota aktiv metallarga (Ca,Mg,Zn) ta’sir ettirilganda:
Nitrat kislota ham metallar bilan butunlay boshqacha ta’sir etadi. Konsentrlangan nitrat kislota Fe,Cr, Al,Au ва Pt kabi metallar bilan ta’sirlashmaydi. Cu, Ag, Hg va Pb kаbi faolligi kam metallar bilan ta’sirlashganda quyidagi jarayon sodir bo’ladi:
Agar shu metallar suyultirilgan nitrat kislota bilan ta’sirlashsa :
Konsentrlangan nitrat kislotani faol metallar bilan ta’siri mahsulotlari qatoriga NO2, N2 , N2O kirishi mumkin. Bunday faol metallar sifatida Ca, Mg, Zn olinsa, ana shu metallar bilan suyultirilgan nitrat kislota NO yoki NH4NO3hosil qilishi ko’zda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |