O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
IQTISODIYOT FAKULTETI SIRTQI TA’LIM
(II-MUTAXASSISLIK)
“IQTISODIYOT (TARMOQLAR VA SOHALAR BO’YICHA)”
ta’lim yo’nalishi 2-kurs (o’zbek) talabasi
OLTIBOYEV O’TKIR MIRZAAHMADOVICHНИНГ
Raqamli iqtisodiyot fanidan
REFERAT
RO’YXATGA OLINDI №__________
Manzil: _________________________
Тelefon: _______________________
Electron manzil:_______________
Тошкент-2021
BIZNESNI RAQAMLASHTIRISH AMALIYOTI
Oʻzbekiston oʻz oldiga kuchli demokratik, ilgʻor rivojlangan davlatlar safidan
mustahkam oʻrin egallashni maqsad qilgan. Dunyoning rivojlangan 50 mamlakati
qatoriga kirish — bosh vazifa. Bu boradagi islohotlar
esa xalqimizga munosib
sharoit yaratib berish maqsadida amalga oshirilyapti. Eʼtibor berayotgan boʻlsangiz,
keyingi yillarda Oʻzbekistonning shaxdam odimlari xalqaro hamjamiyat tomonidan
eʼtirof etilmoqda. Xususan, nufuzli “The Economist” jurnali dunyoning ikki yuzga
yaqin davlatlari orasidan Oʻzbekistonni “Yil mamlakati”, deb topgani fikrimiz
tasdigʻidir. Yaʼni ushbu nashr Oʻzbekistonni 2019-yili dunyoda eng koʻp yaxshi
tarafga oʻzgargan
mamlakat, deb topdi. Eʼtiborlisi, yangilik Oʻzbekistongacha
Markaziy Osiyoning biror bir davlati bunday eʼtirofga loyiq koʻrilmagani bilan ham
oʻziga xos ahamiyat kasb etadi. Vaholanki, respublikamiz yaqin-yaqingacha,
aksariyat tahlilchilar tomonidan jahonning “eng yopiq”
davlatlaridan biri sifatida
qiyos berib kelinardi. Ochigʻini aytganda, mamlakatimiz haqidagi bunday nekbin
mujda xalqaro miqyosda katta aks sado berdi. Bu, albatta,
yurtimizda qisqa vaqt
davomida oqilona yoʻlga qoʻyilgan ichki va tashqi siyosatning amaliy ifodasidir,
desak, ayni haqiqat.
Mintaqada eng koʻp aholiga ega mamlakat iqtisodiyotini liberallashtirish,
chetdan koʻproq sarmoya jalb etish saʼy-harakatlari uzluksiz olib borilyapti. Bu kabi
oʻzgarish
va yangilanishlar, asrlarki, iqtisodiyoti qishloq xoʻjaligiga asoslangan
Oʻzbekistonda kambagʻallik va ishsizlikka qarshi kurashish asnosida roʻy
berayotgani bilan ham dolzarbdir. Oʻn yillar davomida
tirikchiligi tashqi mehnat
migratsiyasi orqasidan oʻtayotgan millionlab fuqarolarini ishli qilish —
mamlakatning oʻzida yangi bandlik manbalarini yaratishga qogʻozda emas, amalda
eʼtibor qaratilmoqda.
Davlat rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasida 2020-yilning “Ilm, maʼrifat
va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”, deb eʼlon qilinishi hamda shu boʻyicha
“Yoʻl xaritasi” ishlab chiqilgani ham yuqoridagi ustuvor yoʻnalishlar roʻyobida
salmoqli rol oʻynamoqda. Chunonchi, kelasi besh yil ichida raqamli iqtisodiyotga
oʻtish vazifasi qatʼiy maqsad sifatida belgilab qoʻyilgani nafaqat xalqaro ekspertlar
hamjamiyati tomonidan qizgʻin kutib olindi, balki bugungi pandemiya davrida ham
nihoyatda ratsional qaror boʻlganini koʻrsatmoqda.
Shunday ekan, yaqin yillarda
biznes yuritish muhiti boʻyicha dunyoning eng old ellik davlati safiga kirsak,
ajabmas.
Kambagʻallikni kamaytirishga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi, hali-
hanuz eng ogʻriqli nuqtalardan biri boʻlgan korrupsiyaga qarshi kurashuvchi maxsus
idora tashkil etilishi ham bu borada alohida ahamiyatga ega.
Chunki aynan
korrupsiya Oʻzbekiston iqtisodiyotini taraqqiy toptirish, mamlakatga yirik
miqdordagi chet el sarmoyalarini jalb qilish va ularni harakatga solish yoʻlidagi eng
asosiy toʻsiqlardan biri sifatida koʻriladi. U tufayli
chorak asrdan ortiqroq vaqt
davomida yurtimizdagi biznes yuritish muhiti izdan chiqib ketgandi. Shu bois oʻtgan
qisqa davrda mavjud vaziyatni oʻzgartirish harakatlari tom maʼnoda kuchaytirildi.
Koʻpchilikka yaxshi maʼlum, tilga olinayotgan illatlarga qarshi kurashda, unga
barham berishda raqamlashtirish zaruriyati yana-da oshadi. Bu, oʻz navbatida, juda
koʻp resurslarni talab qiladi. Shunday ekan, hozirdan raqamli iqtisodiyotga oʻtish
muhim vazifaga aylandi.