Referat ro’yxatga olindi № Manzil


Soha qanday rivojlanmoqda?



Download 282,42 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana16.03.2022
Hajmi282,42 Kb.
#496456
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
BIZNESNI RAQAMLASHTIRISH AMALIYOTI

Soha qanday rivojlanmoqda?
Bugungi kunda odamlar oziq-ovqat mahsulotlariga buyurtma berish uchun 
ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, ayniqsa, Telegram botlaridan faol foydalanmoqda. 


Shuningdek, turli internet-doʻkonlar, elektron toʻlov tizimlari ham faol rivojlanib 
bormoqda. Demak, fuqarolarimiz elektron bitimlarni amalga oshirishga ishonyapti. 
Faqat hozirgi kunda foydalanuvchilar katta xarajatlar talab qilmaydigan kichik 
bitimlarni amalga oshirayotgani, oʻrtacha xarid hajmini oshirishga esa unchalik 
tayyor emasligi ham rost. Demak, endigi masala oʻrtacha va yirik iqtisodiy bitimlar 
hamda moliyaviy operatsiyalarni raqamli texnologiyalar orqali amalga oshirishni 
rivojlantirishdan iborat. Shuningdek, raqamli iqtisodiyotning oʻz valyutasi 
(kriptovalyuta, bitkoin), pul saqlaydigan kartmoni (blokcheyn), hisoblash usullari 
(mayning) kabi atamalari mavjud. 
Shu oʻrinda raqamli iqtisodiyotning oddiy iqtisodiyotdan farqini kundalik, 
maishiy misollar bilan tushuntirib oʻtsak. Aytaylik, xaridorga kiyim yoki poyabzal 
kerak. Uni bozorga tushib oʻzi bevosita tanlasa va naqd pulga sotib olsa, bu 
anʼanaviy 
iqtisodiyot. 
Ijtimoiy 
tarmoqlardagi 
yoki Telegramdagi biron 
savdo boti orqali oʻziga maʼqul tovarni tanlab, tovar egasiga pulni elektron toʻlov 
tizimi orqali toʻlash va tovarni yetkazib berish xizmati orqali olish — raqamli 
iqtisodiyot deyiladi. Bu masalaning eng sodda maishiy misol orqali tushuntirilishi. 
Aslida, hammamiz, allaqachon raqamli iqtisodiyot ichidamiz, uning 
qulayliklaridan foydalanamiz. Masalan, oyligimiz plastik kartalarga tushadi, 
elektron toʻlov orqali kommunal xizmatlar, telefon, internet va boshqa mahsulot 
hamda xizmatlarga toʻlov qilamiz, elektron tarzda soliq deklaratsiyasi topshiramiz, 
kartadan kartaga pul oʻtkazamiz va hokazo. 
Raqamli iqtisodiyot, bu, noldan boshlab yaratilishi lozim boʻlgan qandaydir 
boshqacha iqtisodiyot emas. Bu yangi texnologiyalar, platformalar va biznes 
modellari ishlab chiqish hamda ularni kundalik hayotga joriy etish orqali mavjud 
iqtisodiyotni yangicha tizimga koʻchirish deganidir. Yaʼni yuqori darajada 
avtomatlashtirilganlik; elektron hujjat almashinuvi; buxgalterlik va boshqaruv 
tizimlarining elektron integratsiyalashuvi; maʼlumotlar elektron bazalari; CRM 
(mijozlar bilan oʻzaro munosabat tizimi) mavjudligi; korporativ tarmoqlar. 


Raqamli iqtisodiyot tufayli toʻlovlar uchun xarajatlar kamayadi (masalan, 
bankka borish uchun yoʻlkira hamda boshqa resurslar tejaladi), tovarlar va xizmatlar 
haqida koʻproq hamda tezroq maʼlumot olinadi, raqamli dunyodagi tovar va 
xizmatlarning jahon bozoriga chiqish imkoniyatlari katta, fidbek (isteʼmolchi 
fikri)ni tez olish hisobiga tovar hamda xizmatlar jadal takomillashtiriladi. 
Xalqaro amaliyotga yuzlanadigan boʻlsak, hozirgi kunda raqamli iqtisodiyot 
elektron tijorat va xizmatlar sohasi bilan cheklanib qolmay, balki hayotning har bir 
jabhasiga, xususan, sogʻliqni saqlash, fan-taʼlim, qurilish, energetika, qishloq hamda 
suv xoʻjaligi, transport, geologiya, kadastr, arxiv, internet-banking va boshqa 
sohalarga jadal kirib bormoqda hamda ularning har birida oʻzining yuqori 
samaralarini bermoqda. 
Fuqarolarning davlat organlari bilan aloqasini elektron platforma orqali aloqaga 
oʻtkazish, yaʼni davlat oʻz fuqarolari uchun elektron xizmatlar koʻrsatishi va 
elektron mahsulotlarni taklif etishi raqamli iqtisodiyotning asosiy qismi hisoblanadi. 
Mamlakatimizda 
ushbu 
sohani 
keng 
rivojlantirish, 
davlatimiz 
rahbari 
taʼkidlaganidek, bizdagi eng asosiy ogʻriqli muammolardan biri — korrupsiya 
illatiga barham beradi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 5-fevral kuni tashqi 
iqtisodiy faoliyat tizimini isloh qilish boʻyicha ustuvor vazifalarga bagʻishlangan 
yigʻilishda tashqi savdo bilan bogʻliq nazorat tizimi va infratuzilmani yaxshilash, 
jumladan, xorijiy tajribadan kelib chiqib, bojxona postlarida nazoratni amalga 
oshiradigan bojxona, sanitariya, karantin, veterinariya hamda boshqa idoralar 
faoliyatini isloh qilish lozimligini taʼkidlagan edi. Bu sohada uzoq yillardan buyon 
samarali ishlar olib borilmagani, korrupsiyaning mavjudligi tashqi savdo 
amaliyotida muayyan qiyinchiliklar tugʻdirmoqda. Jahon bankining “Biznes 
yuritish” reytingida “Xalqaro savdo” yoʻnalishi boʻyicha mamlakatimiz 190 ta 
davlat orasida 152-oʻrinda qayd etilgani ham shundan dalolat beradi. 
Gap shundaki, koʻplab davlatlarda yuklar chegaraga yetib kelmasidan oldin ular 
haqida axborot berilib, yukning tez chiqib ketishi taʼminlanadi. Oʻzbekistonda esa 


oʻtgan yili 416 mingta deklaratsiyadan 344 tasi yuk chegaraga kelguncha 
rasmiylashtirilgan. Yuk toʻgʻrisida oldindan maʼlumot berish avtomobil transportida 
98 foizni tashkil etsa, temir yoʻlda, umuman yoʻlga qoʻyilmagan. Shu bois nazoratni 
chegarada emas, balki yuklar kirib kelishidan oldin yoki mamlakat ichkarisida erkin 
muomalaga chiqarilgandan keyin amalga oshirish tizimini yoʻlga qoʻyish muhim. 
Bugungi kunda 1 ming 836 ta turdagi tovar bir vaqtda uchta idora tomonidan 
tekshirilishi, oqibatda import-eksport hujjatlarini rasmiylashtirish haftalab 
choʻzilayotgani achinarlidir. Vaholanki, bojxona, veterinariya, karantin, sanitariya, 
standart, ekologiya idoralari ish uslubini oʻzgartirishi, ularning asosiy vazifasi 
mahsulotlar eksportini qoʻllab-quvvatlashdan iborat boʻlishi zarur emasmi? 
Mana shunday toʻsiqlar tufayli Prezidentimiz raqamli texnologiyalarni joriy 
qilib, inson omilini maksimal qisqartirish orqali korrupsiya va noqonuniy tovar 
aylanmasiga barham berish zarurligini taʼkidlamoqda. Import mahsulotlarining 
chegaradan to yakuniy isteʼmolchigacha boʻlgan harakati bojxona hamda soliq 
idoralari tomonidan yagona elektron tizim orqali nazorat qilinishi kerak. Shundan 
kelib chiqib, mutasaddilarga ruxsatnoma va laboratoriya tekshiruvlari hujjatlarini 
toʻliq raqamlashtirish, avtomatlashtirilgan “risk-analiz” tizimini joriy etish boʻyicha 
topshiriqlar berildi. Aytish joiz, raqamli iqtisodiyotga oʻtish tadbirlari doirasida 143 
ta davlat xizmati elektron shaklga oʻtkazilib, 35 ta idorada talab qilinadigan hujjatlar 
soni hamda xizmat koʻrsatish vaqti ikki hissa qisqardi. Byudjet xarajatlari, davlat 
xaridlari, yer, bino va inshootlar oldi-sotdisi jarayonlariga oshkoralik hamda 
ochiqlik tamoyillari joriy etildi. Ayni paytda qishloq xoʻjaligi, sogʻliqni saqlash, 
qurilish, davlat xizmatlari koʻrsatish, xullas, ijtimoiy hayotning barcha sohasida 
raqamli iqtisodiyotga oʻtish sari salmoqli qadamlar tashlanmoqda. 

Download 282,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish