Stol-bosma o‘yinlari bolalarning tevarak-atrof haqidagi
tasavvurlarini aniqlash, bir tizimga solish, tafakkurini (tahlil qilish, umumlashtirish, tavsiflash) o‘stirish imkonini beruvchi o‘yin turidir. Bu o‘yin turiga lotto, juft rasmlar, domino va labirint kiradi.
Og‘zaki so‘z o‘yinlari bolani eshita olish, zudlik bilan javob topa olish, o‘z fikrlarini tez va aniq ifoda eta olishga o‘rgatadigan o‘yinlar sanaladi. Bu kabi o‘yinlar odatda katta maktabgacha ѐshdagi bolalar bilan o‘tkaziladi. Bunday o‘yinlar bolaning aqliy rivojlanishida katta ahamiyatga ega. YUqorida ko‘rsatib o‘tilgan o‘yin turlarida didaktik maqsad va o‘yin materiallarining
mavjudligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Buyum va o‘yinchoqlar bilan o‘ynaladigan o‘yinlar bolaning ilk ѐshidan boshlab, to maktab ѐshiga etgunga qadar o‘ynaladigan o‘yin turi hisoblanadi. Bunda bolalarning tasavvurlari, diqqatlari o‘yin sosini tashkil etadi. Ularda tevarak-atrofdagi narsa va buyumlar, ularning sifati, foydali tomonlari to‘g‘risida umumiy tushuncha hosil bo‘ladi. O‘yinda o‘ynaladigan har bir buyum ѐki o‘yinchoq o‘zining tashqi ko‘rinishiga ega bo‘lishi, narsaning asosiy belgisini ajrata bilish imkonini berishi lozim. Bunday o‘yinlar bolalarning narsalarning shakli, hajmi, belgisi, sifati haqidagi bilimlarini kengaytiradi.
Demak, o‘yin kishilik faoliyatining muhim turi hamda ijtimoiy
munosabatlar mazmunining bolalar tomonidan imitatsiyalash (ko‘chirish, taqlid)
1. O‘yinning maktabgacha ta’lim ѐshidagi bolalar haѐtida o‘rni nimalarda namoѐn bo‘ladi?
2. MTTda qo‘llaniladigan bolalar o‘yinlari necha turga ajratiladi?
3. Ijodiy o‘yinlar nima?
4. Qanay o‘yinlar qurilish o‘yinlari sanaladi?
5. Tarbiyachi syujetli-rolli o‘yinlarga rahbarlik qilishda qaysi
jihatlarga e’tibor qaratishi lozim?
6. Sahanalashtirilgan o‘yinlar qanday bosqichlarda tashkil etiladi?
7. Qurilish materiallari bilan tashkil etiladigan o‘yinlarni
uyushtirishda nimalarga e’tibor qaratilishi zarur?
8. Didaktik o‘yinlarning qanday turlari mavjud?
4-mavzu. BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASHDA MTT,
OILA VA MAKTABNING XAMKORLIGI
Tayanch tushunchalar: oila, MTT hamkorlik, oila va MTThamkorligi, ota-onalar bilan ishlash, ota-onalar bilan ishlash shakllari.
R E J A:
1.«Oila» tushunchasi va uning mohiyati
2. Oilaning bolani maktabga tayѐrlashda o‘rni
3. Oila bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish qoidalari.
Oila – nikohga ѐki a’zolarining ijtimoiy turmush tarzi, o‘zaro axloqiy javobgarligi va o‘zaro ѐrdamiga asoslangan qon- karindosh- larning kichik guruhi3. Insonparvar demokratik huquqiy davlatda mavjud bo‘lgan oilaga quyidagicha ta’rif mavjud: «Oila jamiyatning tabiiy va asosiy bo‘g‘ini bo‘lib, yuridik ma’noda nikoh, qarindoshlik, farzandlikka olish ѐki boshqa shakllarda bolalarni doimiy tarbiyaga olishdan kelib chiqadigan tegishli huquq va majburiyatlar bilan bog‘langan shaxslar doirasidan iborat bo‘lgan milliy mustaqillik mafkurasiga, umuminsoniy qadriyatlar va sharqona an’analarga asoslangan oilaviy munosabatlarni rivojlantirib, uni mustah-kamlashga qaratilgan fuqarolar ittifoqidan iboratdir»4.
Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini, u nikoh va qon-qarindoshlikka
asoslanishi hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega,
shuningdek, jamiyat va davlat oilani, otalik, onalik va bolalikni himoya qiladi va oilaviy munosabatlarga umuminsoniy va milliy qadriyatlar joriy etilishini ta’minlaydi5.
Psixolog olimlar oilani kichik bir ijtimoiy guruh sifatida
ta’riflaydi. Oilani tashkil etuvchi ushbu guruh nikoh orqali hamda yaqin urug‘chilik rishtalari bilan bir-biriga bog‘langan bo‘lib, ular o‘rtasidagi munosabatlarga xos bo‘lgan muhim jihatlar – o‘zaro mehr-muhabbat, g‘amxo‘rlik, mas’uliyatlilik va albatta, haѐt, turmush tarzidagi umumiylikdir6.
Sotsiologiya oilaga yaxlit ijtimoiy organizmning qismi, jamiyat bo‘g‘ini, ijtimoiy tarbiya jamoasi sifatida qaraydi. Ijtimoiy-iqtisodiy sohada sodir bo‘laѐtgan o‘zgarishlar albatta, oilada o‘z aksini topadi. Biroq boshqa – ishlab chiqarish, kasbiy, siѐsiy ijti-moiy birlashmalardan farqli ravishda oila to‘g‘ridan-to‘g‘ri qayta qurishga uchramaydi. Oilaning axloqiy, psixologik jihatdan yangi-lanishi uzoq, murakkab, qarama-qarshiliklarga bog‘liq jaraѐndir.
Oila haѐti mazmunidan kelib chiqqan holda ko‘p tomonlamaMuno-sabatlar bilan tavsiflanadi, SHunga ko‘ra oilaviy munosabatlar
quyidagi shakllarga ega: Ijtimoiy-biologik,Xo‘jalik-iqtisodiy
Axloqiy, Psixologik ,iqtisodiy munosabatlar.
Iqtisodiy sohadagiga qaraganda, yangi munosabat, yangi axloq me’ѐrlari
oilada sekin sur’atlarda amalga oshadi. Oilaviy o‘zgarishlarning amalga oshishida biologik, psixologik, demografik omillar ham ishtirok etadi. Olimlarning fikricha, odamlar haѐtining birdan-bir to‘g‘ri yo‘li oilaviy haѐtdir. Binobarin, oila inson uchun mehnat qobiliyatini tiklash va dam olish joyi. SHuningdek, oila muhim tarbiya o‘chog‘i hamdir. Oilada bolalar tarbiyasida ota-bobolar, momolardan qolgan, ming yillar mobaynida haѐt sinovlaridan o‘tgan yaxshi udum, odatlar mavjud. M.Inomova oilaning quyidagi jihatlarini alohida ajratib ko‘rsatgan: birinchidan, oila o‘ziga xos va takrorlanmas ta’sirga ega; ikkinchidan, oila bola uchun o‘ziga xos «ko‘zgu» bo‘lib, ota-onaning namunasi, ibrati bola tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi; uchinchidan, oila o‘ziga xos hissiѐtlar olamidan iborat bo‘lib, unda ijobiy va ba’zan salbiy his-tuyg‘ular jamuljam bo‘ladi; to‘rtinchidan, oila sharoitida bolalarda o‘zgalarga nisbatan hamdardlik tuyg‘ulari ham tarbiyalanadi; beshinchidan, oiladagi maishiy turmushda bolaning ishtirok etishi ham axloqiy tarbiyaning muhim omili sanaladi;
oltinchidan, oila – er-xotinlik, ota-onalik vazifalarini aks ettiradi. Ota- onaning bir-biriga bo‘lgan muhabbati bolaga ta’sir ko‘rsatadigan asosiy tarbiyaviy omillardan biriga aylanishi mumkin7.
Oila rivojining har bir bosqichi bir funksiya-sining tugashi,boshqa-sining paydo bo‘lishi, uning a’zolarining ijtimoiy faoliyati-ning o‘sib borish ko‘lami va tavsifi bilan bog‘liq. V.A. Slastenin, I.F. Isaev, E.N. Isaevlarning fikricha, oila jamiyat va odamlarga munosabati bo‘yicha muhim ijtimoiy ahamiyatga ega funksiyalarni bajaradi.
Oilaning bolani maktabga tayѐrlashda o‘rni
Bolalarni maktabga tayѐrlashda oila alohida ahamiyat kasb etadi-gan maskandir. Bola tarbiyasida oilaning barcha a’zolaridan nafaqat bolalarga nisbatan to‘g‘ri munosabatni, balki ularning taqdiri uchun yuksak ma’suliyat xissini ham talab qiluvchi qiyin va murakkabishdir.
Oila bolani maktabga tayѐrlashda tarbiyani har tomonlama, jumladan
ma’naviy, axloqiy, aqliy, estetik, jismoniy va mehnat tarbiyalarini
birgalikda olib borish yaxshi samara beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |