Bayramni o‘tkazishning namunaviy tuzilishi:
o majlislar zalida o‘ttiz daqiqa davomida turli guruh ota-onalari uchun MTT faol tarbiyalanuvchilarining chiqishlari tashkil etiladi, eng yaxshi guruh va alohida tarbiyalanuvchilar belgilanadi;
o guruhlar bilan tanishish (tarbiyalanuvchilar ota-onalarga qanday
yashaѐtganliklari, qanday ta’lim olaѐtganliklari, nimani o‘rgangan-liklari, o‘zlarining ko‘nikma va malakalarini namoyish etishadi; maktabga tayѐrlov guruhi tarbiyalanuvchilari suvenirlar tayѐrlashadi va ota-onalarga topshirishadi);
o ko‘rgazmalarga tashrif buyurish: «Eng yaxshi rasmlar», «Eng yaxshi ko‘lda bajarilgan ishlar», «Kichik musavvirlar va konstruktorlar» va boshqalar;
o ota-onalar qo‘mitasi sovrini uchun tashkil etilgan sport musobaqalari;
o tarbiyalanuvchilarning badiiy film ko‘rishi;
o ota-onalar uchun film namoyish etish.
Albatta bunday ochiq eshiklar kunini o‘tkazish variantlari ko‘p. Eng
asosiysi – MTTda olib borilaѐtgan ishlarni namoyish etish, ota-ona-larning e’tiborini tarbiyaviy masalalarga qaratish.
Ota-onalar majlisi – an’anaviy, hammaga yaxshi ma’lum ish shakli. SHu bilan birga bugun majlis o‘tkazish metodikasi uni takomillash-tirishni talab etadi. Guruh majlisini tashkil etishga ѐndashuvlardan biri – majlis mavzularini muammoli tarzda shakllantirish: «Qiyinchiliklardan qochish ѐki ularni chetlab o‘tish bolalarni tarbiya-lashga ѐrdam beradimi?», «Rahmdil, g‘amxo‘r qilib tarbiyalashni kechik-tirish mumkinmi?», «Bolalardagi dangasalikni qanday yo‘qotish kerak?», «Bolalarni o‘zini-o‘zi tarbiyalash ishlariga qanday jalb etish kerak?» Faqatgina muammo shakllantirilib qolmasdan, o‘tkazish uchun qiziqarli ham bo‘lishi kerak.
MTTda tashkil etiladigan individual ishlar ota-onalar bilan ishlashda muhim o‘rin tutadi.
Individual ish shakllaridan biri – tarbiyalanuvchining oilasiga
tashrif buyurishdir. Bu shakl tarbiyachi va ota-onalarga juda yaxshi ma’lum, biroq, ikki holatda tashrif buyurish to‘xtatilishi zarur.
Oila tashrif buyurish oldindan kelishilgan holda amalga oshirilishi
zarur. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, bugun 90% bolalar ota ham, ona ham ishlaydigan oilalarda tarbiyalanadi. Demak, har qanday vaqt ham tarbiyalanuvchiga tashrif buyurish uchun qulay emas. Noo‘rin tashrif buyurish biror ish bilan mashg‘ul bo‘lib turgan ota-onalarda norozilik uyg‘otishi mumkin. Ba’zan shunday ham bo‘ladiki, tarbiyachi uyga borgan-da kim bilan suhbatlashishni ham rejalashtirmaydi. Oila tarbiyasiga doir qator tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, «taklif bo‘yicha tashrif buyurish» tarbiyachining oilaga tashrif buyurishiga nisbatan tarbiya-lanuvchilarning salbiydan ijobiy, faolgacha bo‘lgan radikal munosabatlarini o‘zgartiradi.
Pedagogik maslahat – MTT tomonidan ota-onalarga maktabgacha ta’lim ѐshi bolalarini samarali tarbiyalashga doir muammolarni hal qilishda ko‘rsatiladigan amaliy-metodik ѐrdam. Maslahatning peda-gogik-psixologik shartlari o‘zida tarbichi va psixologning ota-onalar-ning tashabbuslariga ijobiy munosabati, oilaga ѐrdam ko‘rsatishga tayѐr turish, ota-onalarda paydo bo‘lgan savollar bo‘yicha aniq tavsiya maslahatlar berishni aks ettiradi.
Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlarning mazmuni
MTTda ota-onalar bilan ishlash bo‘yicha yillik reja tuziladi. Bu reja
pedagogik kengashda muhokama qilinadi. Rejada umumiy va guruhiy
majlislar, ota-onalar uchun ochiq eshik kunlari, suhbat va maslahatlar, otaliq tashkilotlarida ko‘rgazmalar tashkil etishva konsertlar qo‘yib berish, shuningdek bu tadbirlarni o‘tkazish vaqtlari va unga ma’sul bo‘lgan shaxslar (kuzatuv guruxi) belgilanadi.
Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlarning mavzulari va mazmuni
tarbiyachi-metodistning rejasida va tarbiyachining kalendar rejasida aks etadi. Ota-onalar bilan ishlash bo‘yicha juda ko‘p ishlarni tarbiyachi – pedagog amalga oshiradi, chunki u bola tarbiyasida yuz beraѐtgan o‘zgarishlarni xammadan ko‘proq ko‘radi va bolalar haѐti bilan yaqindan tanish bo‘ladi. U ota- onalarga bolalar tarbiyasida nimalarga ko‘proq e’tibor Berish kerakligi, ularni maktab ta’limiga tayѐrlash, sog‘lig‘ini saqlash, ovqati va kun tartibini to‘g‘ri tashkil etish va boshqalar sohasida tavsiyalar berib boradi. Tarbiyachilarning ota-onalar bilan olib boradigan ishlari shakl va metodlarini tavsiflashdan oldin ularning o‘zaro birgalikdagi faoliyati va
oila bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish usullarining ba’zi psixologik-pedagogik ta’sirlariga to‘xtalib o‘tish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |