Ota-onalar burchagi va ko‘rgazma tashkil etish. Ota-onalar bur-chagi ularni tarbiyaga oid yangiliklar va pedagogik masalalar bilan tanishtirish maqsadida tashkil etiladi. Ularga kitoblar, jurnallar, rasmlar, bolalarning ishlari, bolalar ovqatining xillari, bolaning uyidagi va oiladagi kun tartibi, ota-onalar uchun eslatmalar, e’lonlar joylashtiriladi. Burchak vaqti- vaqti bilan tarbiya vazifasiga qarab o‘zgartirib turiladi.
Pedagogik bilimlarni targ‘ib qilish bo‘yicha tashkil etiladigan ko‘r-gazmalar ko‘pincha ota-onalar konferensiyalari, majlislari,konsul-tatsiyalar oldidan tashkil etiladi. Unda xalq ta’lim to‘g‘risidagi
qonun va qarorlar, MTT tarmoqlari va undagi tarbiyalanuvchilar sonining o‘sishini ko‘rsatuvchi diagrammalar, bolalar bilan olib boriladigan ta’lim- tarbiya jaraѐnlari, bolalar haѐtini aks ettiruvchi tasvirlar, kitob va o‘yinchoqlar, bolalarning ishlari o‘rin oladi. Ota-onalar burchagi oila bilan olib boriladigan ishning ko‘rgazmali usuli, uning did bilan bezatilishiga alohida e’tibor berilishi kerak. Bundan tashqari, ota-onalarga tarbiya to‘g‘risidagi filmlar namoyish etiladi, bular ko‘pincha ota-onalarni qiziq-tiradigan baxslar boshlanishiga sababchi bo‘ladi. Ota-onalar uchun ochiq kunlar tashkil etilishi ham maktabgacha ta’limtashkilotlari ishida muhim o‘rin egallaydi. Bunday kunlarda ota-onalarga bolalarning mashg‘ulotlari, mehnat, o‘yin faoliyatlari, sayrlar va bolalarning
jamoada o‘larining qanday tutushlari va shunga o‘xshashlar ko‘satiladi.
Ota-onalar qo‘mitasi.(Xozirda kuzatuv kengashi) Ota-onalar qo‘mitasi «Maktabgacha ta’lim Tashkilotining» kuzatuv kengashi a’zolarining taklifiga binoan tashkilot roxbari tayinlanadi va ungaѐrdam berish maqsadida ish rejalari tuziladi. U ota-onalarning umumiy majlisida bir yil muddatga saylanadi. Bu kengashga har bir ѐsh guruh ota-onalaridan 1-2 vakil saylanadi.Kengashning asosiy
vazifasi MTTga xo‘jalik va ta’lim- tarbiya ishlarida ѐrdam berish, qo‘mita a’zolari, ota-onalar majlisi va kechalarni tayѐrlash, o‘tkazish va boshqa ishlarda tarbiyachilarga ko‘maklashishdir. Ota-onalar qo‘mi-tasi bolalarning ota-onalar bilan tanishadi, bolalarni tayѐrlash bo‘yicha ular bilan ish olib boradi.Kengash a’zolari har ikki oyda bir marta yig‘ilish o‘tkazadi. Ota-onalar qo‘mitasi mudiraning ish reja-lari va ishning axvoli to‘g‘risidagi ota-onalarni qiziqtiruvchi ba’zi masalalar xaqidagi ma’ro‘za va hisobotni eshitishga xaqlidir. Ota-onalar qo‘mitasining faoliyati xaqidagi hujjatlar MTTda saqlanadi.
Aholi o‘rtasida pedagogik bilimlarni targ‘ib qilish. Pedagogik
bilimlarni targ‘ib etish natijasida millionlab kishilar bolalarini oilada MTTda tarbiyalash tamoyillarini ongli ravishda anglab oldi.
Korxonalarda, xo‘jaliklarda, jamoa joylarida, maxallalarda oilada
bola tarbiyasi to‘g‘risida ma’ruzalar bilan chiqish, televideniya va radioeshittirishlar, pedagogik targ‘ibot ishining keng ommalashgan vositalaridir.Targ‘ibot, shuningdek, vaqtli matbuot: «Maktabgacha ta’lim», «Halq ta’limi»,«Pedagogik ta’lim» kabi jurnallar, ko‘p sonli badiiy pedagogik, ilmiy ommabop va metodik adabiѐtlarni chiqarish orqali ham amalga oshiriladi. Ota-onalar uchun maxsus peago-gika va ruxshunoslik, anatomiya va fiziologiya, oila tarbiyasi naza-riyasi va amaliѐti to‘g‘risida ma’ro‘zalar o‘qish, bolalar tarbiyasi to‘g‘-risida kinofilm va spektakllar namoyish qilish. Bu mashg‘ulotlarni turli sohalar bo‘yicha yuqori malakali tarbiyachi, aktѐr,ruxshunos mutaxassislar olib boradi. Pedagogik targ‘ibot ishida quyidagi shartlarga amal qilish kerak:
1. Pedagogik targ‘ib haѐt, jamiyat qurilishi amaliѐti bilan bog‘lab olib borilishi lozim. Pedagogik targ‘ibot orqali keng jamoatchilikka bolalarni har tomonlama tarbiyalash masalalari va ularni amalga oshirish yo‘llari, ilmiy asoslangan usullari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib boriladi.
2. Oila tajribasidagi ijobiy tajribalar, oiladagi bola tarbiyasida yo‘l qo‘yilgan xatolar va ularni oldini olish, bartaraf etish yo‘llari to‘g‘risida targ‘ibot ishlarini olib boriladi.
3. Pedagogik targ‘ibotga tayѐrlashda ota-onalar har xil saviyada
ekanliklari xisobga olib, ular uchun tayѐrlangan axborot material-lari ishonarli, ko‘rgazmali va ularning xis tuyg‘usiga ta’sir ko‘rsa-tadigan bo‘lishi kerak. SHunday qilib, MTM va ota-onalar bilan hamkorlik ishlarini muntazam ravishda olib borgandagina oila tarbiyasi va ijtimoiy tarbiya o‘rtasidagi birlik o‘rnatilishi mumkin.
MTTda ota-onalar uchun kechalar va to‘garaklar uyushtirishning
ahamiyati
MTTda ota-onalar bilan ishlashning eng samarali shakllaridan biri ochiq eshiklar kunidir. MTM ishining murakkabligi, ko‘p qirraliligi va uning bolalar tarbiyasidagi ahamiyatini tushunish uchun hamma ota-onalar MTTda bo‘lib turishlari kerak. Ochiq eshiklar kuni jamoaning o‘z kalendar yillik rejasi bo‘yicha, harbir ѐshdagi guruhning ma’lum rejimi bo‘yicha odatdagi mehnat kunidir. Bunday kunlarni yiliga 1-2 marta o‘tkazish tavsiya qilinadi. Ochiq eshiklar kunini o‘tkazish mo‘ljallanganda avval tayѐrgarlik ishini o‘tkazish zarur, ya’ni, ota-onalarga bolalarni jismoniy chiniqtirish, ovqatlantirish, mashg‘u-lotlarning borshi, sayr qilish va boshqa ko‘pgina narsalarni ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishlari haqida ma’lum qilinadi. Ota-onalarga esa quyidagilar eslatiladi: bolalar bilan oddiy munosabatda bo‘lish, ularning faoliyatida imkoni boricha ishtirok etish, tarbiyachi mashg‘u-lot o‘tkazaѐtgap bolalar diqqatini chetga tortmaslik, o‘zining far-zandiga hatto u diqqat qilmaѐtgan ѐki biror narsani noto‘g‘ri qilaѐt-gan bo‘lsa ham tanbeh bermaslik, o‘z tassurotlarini, fikrlarini ko‘rik tugagandan so‘ng bolalar ishtirokisiz aytish mumkinligi kabi odob qoidalariga rioya qilishni iltimos qilinadi. Ochiq eshiklar kunini o‘tkazishga tayѐrlanaѐtganda fotosuratchini taklif etish, keyinchalik esa «Ota-onalar bizning mehmonimiz» ѐki «Bizda ochiq eshiklar kuni» mavzuida fotoko‘rgazma tashkil etish mumkin. Bu ko‘rgazma MTTga shu kun tashrif buyurmagan ota va onalarda ancha qiziqnsh uyg‘otadi.
Bolalarrni tarbiyalash san’ati haqida ma’ruza va suhbatlar siklini
tashkil etish mumkin. M: respublika, viloyat, tuman va mahallalardagi
namunali oilalar tanlab olinib, oilalarda ota-onalar qarashidagi birlik, o‘zaro munosabatda rostgo‘ylik, samimiylik va mehnatsevarlik yuqori axloqiy g‘oyalarni shakllantiradi mazmunidagi suhbat va ma’ru-zalarni o‘tkazib turish samara beradi. Ota-onalar bilan MTT xodim-larining birgalikdagi faoliyatini tashkil etish va uning mazmuni maktabgacha tarbiya muassasasi ishlaѐtgan sharoitlarga bog‘liqdir. Birgalikdagi faoliyat kerakli darajada amalga oshiriladigan joyda o‘zaro ѐrdam, bir-birini tushunish, topshirilgan ishga javobgarlik
holati vujudga keladi.
Maktabgacha tarbiya muassasalarida ota-onalar va boshqa oila a’zolari
uchun o‘tkaziladigan kechalar mavzuli harakterga ega bo‘lib. «Musiqa va haѐt», «Bola haѐtida kitob», «Bola va tabiat» kabi mavzularni tanlash mumkii. Hamkorlikning bu shaklining o‘ziga xosligi shundaki, unda qisqacha axborotdan so‘ng yig‘ilganlarga bolalar, MTT xodimlari va ota-onalarning badiiy chiqishlarini ko‘rish tavsiya qilinadi. M: musiqiy rahbarning chiqishidan so‘ng bolalar o‘zlari o‘rgangan ashula, o‘yinlarni bajarishadi, sahnalar ko‘rsatishadi ѐki biror ertak sahna-lashtiriladi. Bunday kechalar uchun «Bolani qanday sevish kerak?», «Bolalar tarbiyasida otaning roli», «Biz o‘z bolalarimizni bilamiz-mi?», «Savol va javoblar kechasi» va h.k. mavzularni tanlash mumkin.
Ota-onalarning bolalar ѐzuvchilari, shoirlarn, bastakorlari bilan
uchrashuvlari foydalidir. Oila bilan ishlashning og‘zaki jurnal. yumaloq stol atrofida uchrashuv kabi shakllari yaxshi natija beradi, bunda pedagog, shifokor, huquqshunos va b. ishtirok etadi. Bolalar tarbiyasida zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishda ota-onalarga ѐrdam berish maqsadida ular uchun qisqa muddatli to‘garaklar
tashkil etilib, undagi mashg‘ulotlarda bolalar kiyimini bichish va tikishni, to‘qishni, turli xil ovqatlar tayѐrlashni o‘rganishadi. Ular bilan bolalar ashulalari o‘rganiladi, yasama o‘yinchoqlar tayѐrlash san’ati o‘rgatiladi. Ota-onalar bilan o‘tkaziladigan savol va javob kechalari, ochiq eshiklar kunlari diqqatga sazovordir. Ota-onalarni tanlov harakteridagi tashkiliy- pedagogik ishlarga jalb qilish, M: yumshoq o‘yinchoq tayѐrlash, suv va qum bilan o‘ynash uchun o‘yinchoqlar yasash, syujetli-rolli o‘yinlar, maydonchalarni ko‘kalamzorlashtirish uchun jihozlar tayѐrlash muhim tadbirlardir.
Bunday tanlovlar yillik rejada o‘z ifodasini topgan bo‘lishi kerak.
Tanlov shartlarini umumiy ota-onalar majlisida muhokama qilish va
ma’qullatib olish kerak. Faol ishtirokchi ota-onalarga tashakkurnoma e’lon qilib, ish joylariga ma’lum qilish kerak, bundan ular ma’na-viy qoniqish oladi. Bunday ishlarni o‘tkazishda katta ѐshdagilarni ham ѐddan chiqarmaslik kerak. Buvi va buvalarning amaliy masla-hatlari, ularning boy haѐtiy tajribalari ѐsh ota-onalar uchun ham, tarbiyachilar uchun ham qimmatlidir.
SHunday qilib, oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini, u nikoh va qon-
qarindoshlikka asoslanishi hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega. Bolalarni maktabga tayѐrlashda oila alohida ahamiyat kasb etadigan maskandir. Oila bolani maktabga tayѐrlashda tarbiyani har tomonlama, jumladan ma’naviy, axloqiy, aqliy, estetik, jismoniy va mehnat tarbiyalarini birgalikda olib borish yaxshisamara beradi. Maktabgacha ta’lim ѐshidagi bolalar maktabgacha ta’limni uyda ota-onalarning mustaqil ta’lim berishi orqali ѐki doimiy faoliyat ko‘rsatadigan maktabgacha tarbiya muassasalarida, shuningdek, MTTga jalb qilingan bolalar uchun bolalar bog‘chasida, maktablarda, maxallalarda tashkil etilgan maxsus guruhlar ѐki markazlarda oladi. Oila sharoitida ta’lim MTT bilan o‘zaro hamkorlikda tashkil etilsagina kutilgan natijalarga erishish mumkin. SHu maqsadda MTT
oilalarga metodik ѐrdam ko‘rsatadi. Bu boradagi pedagogik faoliyat jamoaviy va indiviual ishlar shaklida amalga oshiriladi.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1. Oila tushunchasiga ta’rif bering.
2. Oilaning psixologik, ijtimoiy va iqtisodiy talqinini baѐn eting.
3. Qanday asoslarga ko‘ra oilaning vazifalarini tasnif etish mumkin?
4. Jamiyatga munosabati bo‘yicha oilaning vazifalarini aytib bering.
5. Insonlarga munosabati bo‘yicha oilaning vazifalariga nimalar kiradi?
6. Pedagogik-psixologik adabiѐtlarda hozirgi zamon oilasining qanday vazifalari ajratib ko‘rsatilgan?
7. Oilaning tarbiyaviy funksiyasining mohiyatini tushun-tiring.
8. Oila bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish qoidalarini baѐn eting.
9. MTTning oila bilan olib boradigan ishlarining nechta shaklini
ajratib ko‘rsatish mumkin?
10. MTTning oila bilan olib boradigan ishlarining jamoaviy
shakllariga nimalar kiradi?
11. MTTning olia bilan olib boradigan ishlarining individual
shakllariga nimalar kiradi?
5-mavzu. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MAKTAB
TA’LIMIGA JISMONIY JIHATDAN TAYYORLASH
Tayanch iboralar: bola, maktabga tayѐrgarlik,jismoniy tay-ѐrgarlik, jismoniy rivojlanish, kun tartibi, chidamlilik
R E J A:
1.Bolaning maktabda o‘kishiga jismoniy tayѐrligi.
2.Jismoniy rivojlanganlik darajasi
3. Bolalarni maktabga tayѐrlashda kun tartibining o‘rni
Bolani maktabda o‘kishga jismoniy tayѐrligi o‘kishning muvaf-fakiyatli bo‘lishida katta ahamiyatga egadir. Maktabga chikish muno-sabati bilan bola turmush tarzining kayta kurilishi, kun tartibining o‘zgarishi, jiddiy o‘kuv mehnati, darslarning davomiyligi undan sezi-larli jismoniy zo‘r berishni talab kiladi. Maktabga jismoniy tayѐrlik ko‘pgina tarkibiy kismlardan tarkib topadi:
1.Maktabgacha ѐshdagi bolalar salomatligining yahshi bulishi;
2.Organizimning chinikkanligi, ma’lum darajada chidamliligi va ish
kobiliyati, kasalliklarga karshilik kursata olishi;
3.Maktabgacha ѐshdagi bolalarni mayda ko‘l motorikasining
rivojlanganligi;
4.Madaniy gigienik malakalarni egallanishini, ularda shahsiy gigiena qoidalariga rioya kilish odatini tarbiyalashni nazarda tutadi.
Jismoniy tayѐrlik bola maktabaga tayѐrgarligining zarur tar-kibiy qismi hisoblanadi. Maktabga etuklikni aniqlashda bola sog‘ligining holati va organizmning biologik etukligini baholash (antropometrik ko‘rsatkichlar suyak, mushak, nafas olish va yurak-tomir tizimining) rivojlanganligini nazarda tutuvchi ko‘p omilli tahlildan, maktabga funksional tayѐrlikni «Maktabga etuklik»ni asosiy ko‘rsatkichi va eng avvalo bir kator fiziologik funksiyala-rining rivojlanish darajasini baholashdan foydalaniladi. Bularga: -------partada anchagina o‘zok muddat o‘tirish uchun zarur bo‘ladigan
tormizlanish kobiliyatining rivojlanganligi;
----- harakatlarni yahshi boshkarish, jumladan ѐzish va rasm solishga alokador grafik vazifalarni bajarishda zarur bo‘ladigan barmoklarning mayda harakatlari;
----- ijobiy va tormozlanishiga hos shartli alokalarni nisbatan tez hosil kilish hamda mustahkamlash, shuningdek ikkinchi signal sistemaning etarlicha ivojlanganligiga talluklidir.
Kun tartibi, chiniktiruvchi muolajalar, muntazam jismoniy tarbiya
mashg‘ulotlari, hilma-hil harakatli uyinlar va jismoniy mashklar faolharakat rejimi bolalarni maktabda o‘kishiga jismoniy tayѐrligini ta’minlashning zaruriy shartlari hisoblanadi.
Jismoniy rivojlanganlik darajasi
· Mustakil tarzda jismoniy mashklarni bajara olish;
· Buyrukkka (start, stop) asoslanib yugura olish;
· Narvo‘n ѐrdamida tepalikka chika olish va pastga tusha olish;
· Narvon ustida o‘tirib oldinga siljiy olish;
· 5 sekund davomida arkonda osilib turish;
· Arg‘imchok ucha olish;
· CHeklangan saf va chizik bylab yura olish;
· Kiya ko‘yilgan tahta ustidan yurib o‘ta olish;
· Bir oѐkda kaldirgoch bo‘lib tura olish;
· Oѐk uchlari bilan buyumlarni kisib ko‘tarish, pastga surish va bir
joydan ikkinchi joyga ko‘chira olish;
· Joyidan turib 15-20 marta sakray olish, 70-8- sm o‘zunlikka sakray
olish, 30 sm balandlikdagi to‘sikdan sakrab o‘tish;
· To‘htamasdan 2-3 minut davomida yugura olish; 100 metr masofani
to‘htamasdan yugurib o‘tish;
· 10 metr masofani emaklab o‘tish;
· Safda to‘g‘ri turish va safni o‘zunasiga yurish;
· Saflanish va kayta saflanishni bilish;
· Musika ohangiga mos holda harakat kila bilish;
· Koptokni irg‘itish va ilib olish;
· Ilon izi shaklida yurish;
· To‘p-to‘p bo‘lib aylana bo‘ylab yura olish;
· Halk o‘yinlari «Kim chakkon», «Ok terakmi-ko‘k terak?», «Kuѐnim
kuѐnim ne bo‘ldi?», «CHitti gul»...
Bolalarni maktabga tayѐrlashda kun tartibining o‘rni
Kun tartibidagi aksariyat xollarda genetik va chiniktiruvchi muola-jalarni bajarish orkali bolaning bilim doirasi kengayadi. Akliy
faolligi ortadi. U jasurlik, xallolik, batartiblik, ka’tiylik, mustakillik va shunga o‘xshash ijobiy xulk normalari va koidalarini xam egallab shakllanadi. Jismoniy tarbiya aksariyat xollarda butun gurux bilan bajariladi. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida harakatli o‘yinlarda bolalarda jamoatchilik uyushkoklik, intizomlilik kabi xislatlar shakllanadi. O‘kish uchun bolalar anchagina jismoniy va akliy kuch sarflashlari kerak. SHuning uchun ota-ona bola maktabga borguniga kadar uning to‘g‘ri jismoniy rivojlanishi va sog‘lom bo‘lib o‘sishi g‘amho‘rlik kilishi juda muhimdir. Odatda, sog‘lom bola kasalmand va zaif bolaga nisbatan maktab tartibiga va butun dars davomida o‘zida jush urib turgan g‘ayratlarini tiyib jim o‘tirishga tezrok ko‘nikadi. Har bir bola anik kun tartibiga ongli ravishda
rioya kilishiga bog‘lik . Bolani maktab rejimiga tayѐrlashda, uning sog‘ligini mustahkamlashda ertalab ma’lum vaktda o‘rindan turish, ovkatlanish va uykuga ѐtishga anik rioya kilinishi kerak. Har bir oila mehnat faoliyatining harakteri, maishiy sharoiti, bolalarning soni va shu kabilarga o‘z yashash tartibini o‘rnatadi. Birok bir narsani, ya’ni maktabgacha ѐshdagi bolaning nonushtasi va tushligi o‘rtasidagi
oralik 4 soatdan oshmasligini, tushlik va kechki ovkat o‘rtasidagi oralik – bir oz kattarok (6-7 soat), buning orasida engil ovkatlanish kechki choy bo‘lishi muhimdir.
Bolaning bir sutkadagi uyqusi tahminan 11 soatni tashkil kilishi kerak. Bola tushlikdan sung 1-1,5 soat dam olishi, kechkurun u doimo bir vaktda, ya’ni 9 dan kechikmay uhlashi muhimdir. Bolalarni to‘g‘ri dam olishlari uchun kuyidagi koidalarga rioya qilish zarurdir:
· bola uhlaydigan honani yahshilab shamollating;
· bolani uhlashga ѐtishdan oldin tishini tozalashga, yuz-ko‘li, buyni,
oѐg‘ini yuvishga odatlantiring;
· bolaga o‘rinda nonushta kilishga aslo yul kuymaslik.
Bolaning normal rivojlanishi uchun u toza havoda ko‘p harakat kilishi
kerak. Tengdoshlari bilan chopsin, sakrasin, narsalarga tirmashib chiksin. Bola ochik havoda kish oylarida 4 soatdan kam bo‘lmasin, ѐzda esa deyarli butun kunini ochik havoda o‘tkazishi kerak.
Bolaga uzzu-kun tinim bilmay lakillab yurishga yul kuyib bulmaydi,
bunday ortikcha o‘yinkaroklikdan bola maktabning talabchan inti-zomiga ko‘nikishi kiyin bo‘ladi. Harakatli o‘yinlarning tinch mashg‘u-lotlar bilan almashinib turishini ko‘zatib borish zarur. Bolaning kundalik tartibga amal kilishi uchun asosan, kat’iy nazorat lozim. Bola kundalik tartibni bajarish majburiyligiga va hech kanday gap,
iltimoslar, ma’lum vaktda ovkatlanmaslik hamda o‘ynamaslikka sabab bo‘la olmasligiga ko‘nikishi kerak. SHu bilan birga rejimning zarur-ligi va uning foydasini doimo tushuntirib borish lozim.
Kun tartibining ahamiyati bola faoliyatining har hil turlarining
almashinib turishini ta’minlashdir, bu esa ѐsh, o‘suvchi organizmni charchashdan saklaydi, bolaning har tomonlama kamol topishiga imkon beradi. Masalan, kizikib ketib, stoldan 40 minut davomida turmadi, lekin u faol harakat kilishi, ya’ni o‘ynashi, chopishi kerak. SHuning uchun u o‘ynab bo‘lganidan keyingina unga tinch o‘yin ѐki mashg‘ulotni tavsiya kilish mumkin. Agarda ish shu yusinda ketsa, bola shunday tartibga rioya kilsa, u kay darajada bo‘lmasin asta-sekin o‘z faoliya-tini boshkarishga odatlanadi, bu uni kundalik va maktab rejimining asosiy koidalariga osongina ko‘nikishida kata ahamiyatga egadir.
Olti ѐshli bolaning kun tartibi
1. O‘rnidan turish, badan tarbiya mashklarini kilish, yuvinish,
o‘rinni yig‘ishtirish. 8.00-8.45
2. No nushta 8.45-9.15
3. Sa yr 9.15-10.00
4. M ashg‘ulot 10.00-11.00
5. Och ik havoda o‘ynash, sayr kilish, ko‘ngil ochish. 11.00-12.45
6. Tu shlik ovkat 12.45-13.15
7. Ku nduzgi uyku 13.15-15.00
8. O‘zi ѐktirgan ish bilan shug‘ullanish uchun bo‘sh vakt 15.00-16.00
9. Ke chki choy 16.00-16.15
10. Och ik havoda sayr kilish va o‘ynash 16.15-18.00
11. Kechki ovkat 18.00-18.30
12. Tinch uyinlar, kattalar topshirig‘iga ko‘ra ko‘lidan keladigan
ishlarni bajarish 18.30-20.15
13. Uy kuga tayѐrlanish, gigienik tadbirlar (tishni tozalash,
yuvinish) 20.15-20.30
14. Tu ngu uyku 20.30
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1. Bolalarning maktabda o‘kishiga jismoniy tayѐrligi nimalardan
iborat?
2.Bolalarni maktabga tayѐrlashda kun tartibi qanday bo‘lishi kerak?
3. Jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari qaysilar?
4. Jismoniy tarbiyaning birinchi darajaliy vazifalariga nimalar
kiradi7
6-mavzu. BOLALARNING MAKTABTA’LIMIGA TAYYORLASHDA
NUTKINI RIVOJLANTIRISH VA SAVODGA URGATISH
Tayanch tushunchalar: ruhiyat, sog‘lom, tetik, rivojlantirish, ahloqiy sifatlari, o‘zlashtirish, me’ѐrli.
R E J A:
1.Maktabgacha ѐshdagi bolalarni turli faoliyat yunalishlarida savod o‘rgatishga tayѐrlash.
2.Tayѐrlov guruhida nutq, o‘qish va savodga tayѐrlash Bola nutqi rivojlanganligini aniqlash (savodxonlikka o‘rgatish).
3.Bolalar nutqini o‘stirish va savodga tayѐrgarlik
Mustaqil O‘zbekistonning kelajagi ko‘p jihatdan barkamol, intellektual salohiyatli avlod va unga ta’lim-tarbiya berish sifatiga bog‘liq. SHu bois Vatani, halqini sevadigan, istiqlol g‘oyalariga sadoqatli, mustaqil fikrlaydigan ijodkor shaxsni etishtirish davlatning ta’lim sohasidagi siѐsatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. SHuning bilan birga ta’lim tizimidagi tub islohotlar orqali shaxs ma’naviy kamolotini ta’minlash mazkur yo‘nalishning dolzarb muammolaridan biri bo‘lib, bu haqda O‘zbekiston Respublika-sining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayѐrlash milliy dasturi» da ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, ma’naviy barkamol shaxsni tarbiyalash davlat ahamiyatiga molik muhim vazifalaridan biri ekanligi ko‘rsatilgan. Maktabgacha ta’lim, umuman olganda, uzliksiz ta’limning birinchi bosqichi hisoblanib, u maktabda o‘qish uchun tayѐr bo‘lgan sog‘lom va to‘laqonli shaxs sifatida shakllangan bolani tarbiyalashni ko‘zda tutadi.
Bolani maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olishga tayѐrlash uchun unga ona tilining barcha boyliklarini egallab olish uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratish zarur. Bola nutqining rivoji ko‘p jihatdan uning ruhiyatiga, sog‘lom, tetik o‘sishiga. Ahloqiy sifatlariga o‘quv dasturini o‘zlashtirishda me’ѐrli bajarilishini ta’minlashshiga, qo‘llanmalarning monandligiga bog‘liqdir. Bu masalalar maktabgacha ta’limda o‘z echimi ifodasini topishi va o‘z ona tilida ravon gapira oladigan qilib tarbiyalashga qaratilishi zarur. Bolalarning aqliy jaraѐnini rivojlantirish uchun ularning nutqini o‘stirish zarur: Bola har bir so‘z manosini tushuna olishi uni o‘z nutqida erkin ifoda-lashga muvofiq bo‘lishi kerak. Tushunchalar tizimiga moslashgan bola o‘z fikrini jamlab gapirishga va ifodalab berishga o‘rganadi.
Og‘zaki nutqni o‘stirish bo‘yicha o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda, asosan,
bolalarning og‘zaki nutqini o‘stirishga, nutqni grammatik tomondan to‘g‘ri shakllantirishga, nutqning morfologik va sintaksis tomon-larini shakllantirishni davom ettirish: sodda va qo‘shma gaplar tuzish, bunda barcha so‘z turkumlaridan foydalanishga o‘rgatish, bolalarni gapirganda sonni otga, sifatni otga, sifatni fe’lga to‘g‘ri ishlatish malakalarini takomillashtirish, tovush va so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz etishga, ravon gapirishga, mustaqil hikoya qilishga e’tibor beriladi. Og‘zaki nutqini o‘stirishda mustaqil hikoya qilishga o‘rgatish katta o‘rin egallaydi:
bolalalarni o‘z haѐtlarida uchragan voqealar, suratlarga qarab, tarbiya-chining taklif qilgan mavzusi asosida hikoyalar tuzishga o‘rgatiladi. Tayѐrlov guruh bolalarining hikoyalari mazmunan bog‘langan, ma’lum izchillikda, grammatik tomondan to‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi kerak.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining asosiy vazifalaridan biri
bolalarning o‘z xalqining badiiy tilini o‘zlashtirib olishlari nati-jasida ularning to‘g‘ri og‘zaki nutqini shakllantirishdan iboratdir. Bu umumiy vazifa quyidagi maxsus vazifalardan iborat: nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash, lug‘atni boyitish, mustahkamlash va faollashtirish, nutqning grammatik to‘g‘riligini takomillashtirish, og‘zaki (dialogik) nutqni shakllantirish, ravon nutqni rivojlanti-
rish, badiiy so‘zga qiziqishni tarbiyalash, savod o‘rgatishga tayѐrlash.
Bolalar nutqini rivojlantirishni tegishli dastur asosida amalga
oshirish zarur. Ushbu dasturda atrof-olam haqidagi bilimlar doirasi va lug‘at hajmi, har bir ѐsh bosqichida bolalarda shakllanishi lozim bo‘lgan nutqiy mahorat va ko‘nikmalar belgilangan bo‘lib, u shaxsning muayyan sifatlarini (kirishimlilik, xushmuomalalik, bosiqlik) tarbiyalashni ko‘zda tutishi lozim.
Nutqni rivojlantirish dasturi ilmiy asoslarga qurilgan bo‘lib, u butun mazmuni bilan bola shaxsini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan. Nutqni rivojlantirish dasturi bola faoliyatining o‘quv, o‘yin, mehnat va maishiy kabi shakllarida amalga oshadi. Jamoat tarbiyasi sharoitida ta’lim - bola nutqini shakllantirishning etakchi vositasi hisoblanadi. Ona tilini o‘qitish – bolalarning bilish qobiliyatini rejali, aniq maqsadni ko‘zlagan holda rivojlantirish, ularning atrof-olam haqidagi eng oddiy bilimlarni va tegishli lug‘atni o‘zlashtirish, nutqiy mahorat va ko‘nikmalarni shakllantirish jaraѐnidir. Maktabgacha ѐshdagi bolalarni o‘qitishning asosiy shakli – mashg‘ulotlardir.
Didaktik maqsadlar bo‘yicha quyidagi mashg‘ulotlar turlarini ajratib
ko‘rsatish mumkin:
o yangi materialni ma’lum qilish mashg‘uloti;
o bilimlar, mahorat va ko‘nikmalar mustahkamlashga oid mashg‘ulotlar;
o bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirishga oid mashg‘ulotlar;
o yakuniy mashg‘ulotlar ѐki hisob-tekshiruv (nazorat) mashg‘ulotlari.
1 ѐshdan 3 ѐshgacha bo‘lgan bolalar nutqini rivojlantirishga doir
mashg‘ulotlarni didaktik o‘yinlar, ermak o‘yinlar, sahna ko‘rinishlari shaklida
o‘tkazish tavsiya qilinadi. Ular nafaqat ko‘ngilochar tusga, balki albatta ta’lim tusiga ega bo‘lishi lozim.
3 ѐshdan 5 ѐshgacha bo‘lgan bolalar nutqini rivojlantirish emotsional
tusga ega bo‘lishi lozim. Bunda ko‘rgazmaviylik, o‘yin usullari va didaktik o‘yinlarni keng qo‘llash zarur.
5 ѐshdan 7 ѐshgacha bo‘lgan bolalar nutqini rivojlantirishga doir
mashg‘ulotlar muayyan vazifaga ega – ya’ni, u bolalarni maktabda o‘qishga
tayѐrlashni ko‘zda tutadi.
Mashg‘ulotlarda pedagog nutqiy vazifalardan tashqari o‘quv faoliyati-ni yo‘lga qo‘yish qobiliyatini shakllantirish (diqqat-e’tiborli bo‘lish, pedagog topshirig‘ini tinglash, tushunish va uni aniq bajarish, bolalar jamoasi oldida fikr oldira olish, tengdoshining javobiga oddiy baho bera olish va h.k.) vazifasini ham bajaradi.
Savodga tayѐrlash bo‘yicha o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda savodga o‘rgatish ikki davrga ajratiladi.
1.Tayѐrgarlik davri.
2.Asosiy davr (Savodga tayѐrlash).
Savodga o‘rgatishning tayѐrgarlik davri vazifalari sentyabr, oktyabr
oylarida rejalashtiriladi. Bu davrda quyidagi ishlar olib boriladi:
1. Tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etish va so‘zning tovush tarkibi xaqidagi tasavvurlarini aniqlash va shakllantirish.
2. Unli va undosh tovushlar haqida tushuncha berish.
3. Jarangli va jarangsiz tovushlarni ajratishga o‘rgatish asosida
fonematik idrokni va tasavvurni rivojlantirish.
4. Oddiy tahlil va sintez qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
a) gapni so‘zlarga bo‘lish, so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lish;
b) ma’lum tovushlarning o‘rnini aniqlash (so‘zning boshida, o‘rtasida va
oxirida);
v) so‘zda tovushlar ketma-ketligini va sonini aniqlash;
g) tovushlardan bo‘g‘inlar, so‘zlar tuzishga o‘rgatish;
d) tovushlarni eshitishda farqlashga o‘rgatish;
Tayѐrlov guruhida nutq, o‘qish va savodga tayѐrlash yo‘nalishining savodga o‘rgatish bo‘limi 2-bosqichi - asosiy davrida (oktyabr-may) quyidagi ishlar olib boriladi:
1. Berilgan tovushni harf belgisi bilan tanishtirish.
2. Kesma harflar ѐrdamida tovush-harf tahlil va sintezi
bo‘yicha mashqlarni bajarishga o‘rgatib borish;
3. Bo‘g‘in o‘qish;
2. Kesma harflar ѐrdamida bo‘g‘in va so‘zlarni tuzish va ularni bo‘g‘inlab
o‘qishga o‘rgatish.
Tayѐrlov guruhlarida yil davomida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar bola-lar ѐshiga mos bo‘lishi va ketma-ketlikda olib borilishi kerak .Mashg‘ulotlar ishlanmasida mavzuning maqsad-vazifalari, kutila-ѐtgan nati-jalar, kerakli jihozlar, mashg‘ulotning borishi to‘liq ritiladi.Mash-g‘ulot mavzulari bolalar uchun tushunarli, amaliy ishlar va turli in-terfaol o‘yinlar bolalar ѐshiga mos, qiziqarli va turli bo‘lishi lozim. Mashg‘ulotlar davomida bolalar barmoq mashq-larini tetiklashtiruvchi daqiqalarda bajaradilar, harflar bilan maxsus o‘yinlar (yig‘ish, terish),amaliy ishlarni bajarib, alifbeni bilib, bo‘g‘inlarni o‘qiy olish ko‘nikmalari mustahkamlanib boradi.
Bola nutqi rivojlanganligini aniqlash(savodxonlikka o‘rgatish).
Do'stlaringiz bilan baham: |