Qurilish materiallari bilan o‘tkaziladigan
o‘yinlarda bolalarning texnikaga qiziqishi ortadi, kuzatuvchanligi
rivojlanadi, ular geometrik jismlarning eng oddiy xususiyatlari bilan tanishadilar. Qurilish materiallari bilan bog‘liq o‘yinlarni o‘tkazishda quyidagi jihatlarni hisobga olish lozim:
1) qurilish materiallari butun guruh bolalarining bir paytda
o‘ynashlari uchun etarli bo‘lishi lozim;
2) guruh xonasida qurilish materiallarini saqlaydigan, uni quradigan va bir necha kungacha saqlab qo‘yishning iloji bo‘lgan joy bo‘lishi kerak;
3) qurilish materiallari uchun har bir detalga alohida xonachalari bo‘lgan g‘ildirakli shkaf bo‘lishi, uni bolalar istagan tomonlariga sudrab olib yurishlariga imkon yaratilishi kerak;
4) qurilish materiallari saqlanadigan burchakda mayda o‘yinchoqlar,
o‘yinchoqli odamlar, qushchalar, hayvonlar, transport bo‘lishi mumkin;
5) bolalarning o‘zlari o‘yinchoq yasashlari uchun har doim kerakli material bo‘lishi zarur;
6) bolalarga qurilish usullarini o‘rgatish lozim;
7) qurilish materiallaridan ishlangan buyumlarni bir necha kungacha,
hatto undan ko‘proq muddat saqlash kerak.
Qurilish-yasashga doir o‘yinlar uchun qum, suv, qor kabilar asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Qum bolalarning ѐzda o‘ynashlari uchun yaxshi material. Har bir guruhda ikkitadan qum yashigi bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. SHunda hamma bolalar o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Qum bolalarning o‘ynashlari uchun eng qulay o‘yin vositasi bo‘lib hisoblanadi. Qum maxsus yashiklarda nam holatda saqlanadi.
Qumni saqlashga muayyan gigienik talablar qo‘yiladi. Ular:
a) qum turli xil tosh, shishalardan tozalangan bo‘lishi;
b) qum faqat namroq holda saqlanishi;
d) bolalarning salomatligiga xavf solmasligi kerak.
Kichik ѐshdagi bolalarni qum bilan o‘ynashlari uchun bayroqchalar,
o‘yinchoqlar tayѐrlab qo‘yilishi kerak. Suv bilan o‘ynaladigan o‘yinlar bilan kichik ѐshdan boshlab shug‘ullanish mumkin. Suvda qo‘g‘irchoqni cho‘miltirish, o‘yinchoqlar bilan o‘ynash, katta ѐshdagi bolalar esa suvda cho‘milishlari mumkin. Qor bilan o‘ynaladigan o‘yinlar bolalarda quvnoq kayfiyatni uyg‘otadi. Buning uchun ѐg‘och belkurakcha, qorni tashish uchun quticha ortilgan chana bo‘lishi shart. Kattalar ѐrdamida qor uyumlaridan turli shakllar, qorbobo, qorqiz, hayvonlarning qiѐfasini yasaydilar.
Didaktik o‘yinlar – o‘rganilaѐtgan ob’ekt, hodisa, jaraѐnlarni
modellashtirish asosida talabalarning bilishga bo‘lgan kiziqishlari,
faolliklarini oshiradigan o‘quv faoliyati turi hisoblanadi. Bu kabi o‘yinlar tinglovchilar tomonidan ijtimoiy-foydali mehnat va o‘qish ko‘nikmalarini faol o‘zlashtirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ularning ahamiyati natijalar bilan emas, balki jaraѐnning mazmuni va kechishi bilan belgilanadi; bu kabi o‘yinlar bolalarni ijtimoiy munosabatlar jaraѐnida faol ishtirok etishga tayѐrlaydi, ulardagi turli psixologik zo‘riqishlarni kamaytiradi. Mazmuniga ko‘ra didaktik o‘yinlar ta’limiy o‘yin sifatida TTtarbiyalanuvchilarining ѐsh xususiyatlariga mos keladigan o‘yinlar sirasiga kiradi. Didaktik o‘yinlarning muhim belgisi undagi qoidalarning mavjudligidir. O‘yinda o‘yin niyati, o‘yin qoidalari, o‘yin harakatlari o‘rtasida uzviy aloqa mavjud. O‘yin niyati o‘yin harakatlarining tabiatini
belgilaydi. O‘yin qoidasi esa, o‘yin harakatlarini, vazifasini hal etishga va o‘yindagi harakatlarni amalga oshirishga ѐrdam beradi.
Didaktik o‘yinlar orqali bolalarga yangi bilimlar, tushunchalar berib
boriladi. Bu o‘yinlarda bolaning har tomonlama rivojlanishi, bilim
jaraѐni, sensor madaniyati, nutq faoliyati, aqliy qobiliyatlari
takomillashadi. O‘yin qoidasiga rioya qilish, unga amal qilish o‘yin
mazmunini boyitadi.
Didaktik o‘yinlarda tabiiy narsa va buyumlardan keng foydalaniladi.
Bolaning kun tartibida didaktik o‘yin uchun vaqt va joy ajratilishi kerak. Bunday o‘yinlar mashg‘ulot jaraѐnida va o‘yindan tashqari vaqtlarda guruh ѐki yakka-yakka o‘tkaziladi. Bunda o‘yin mazmuni va natijasi puxta aniqlanadi. Didaktik o‘yinlar jaraѐnida quyidagi qoidalarga amal qilinishi kerak: 2 Innovatsion ta’lim texnologiyalari / Muslimov N.A., Usmonboeva M.H., Sayfurov D.M., To‘raev A.B. – T,: “Sano-standart” nashriѐti, 2015. – 114-bet.
1) navbatma-navbat ta’sir etish;
2) so‘ralganda javob berish;
3) o‘rtoqlari fikrini eshita olish;
4) o‘yin jaraѐnida boshqalarga xalaqit bermaslik;
5) o‘yin qoidasini bajarish;
6) o‘z xatosini tan olish.
Didaktik o‘yinlarda bolalarning ѐsh va individual xususiyatlarini
hisobga olish lozim. O‘yinda o‘yin sur’ati va ritmi katta rol o‘ynaydi, juda sekin va bir tekisdagi temp bolani ko‘p kuttiradi, juda tez temp esa bolalarni hayajonga soladi, turli bahs-munozaralarga olib keladi. Kattalar tomonidan o‘yin ishtirokchilarini to‘g‘ri baholash muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |