54
VIII-SEMESTR
Ma’ruza №1.
Mavzu: Tabiiy tosh va sun’iy materiallar asosidagi pardozlash plitalari
Reja:
1. Tabiiy tosh materiallar asosidagi pardozlash plitkalari.
2. Sun’iy materiallar asosidagi pardozlash plitkalari
Mahalliy tabiiy tosh materiallar
O‘zbekiston shaharlarida sanoat va uy-joy binolari qurish va ularga pardozlash
qoplama materiallarini ko‘plab ishlatish, shuningdek temir yo‘l o‘tkazish kabi ishlar
juda rivojlanib ketganligi tufayli oddiy g‘isht va sopol materiallar qurilish talablarini
qondira olmay qoldi. Shuning uchun ham qurilishda ajoyib
material-tabiiy toshlar
qo‘llanila boshlandi.
Qurilish uchun zarur bo‘lgan tabiiy tosh materiallarni qidiruv ishlari
O‘zbekistonda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Hozirgacha topilgan qazilma boyliklar
zahirasi qurilish talablarini bir necha o‘n yillargacha qondira oladi.
Bekobod hududi yaqinidagi Mo‘g‘ultov tog‘lari qoyalarining va Farhod tog‘i
qoyalarining hammasi qora va kul rang ohaktoshlardan iborat. Bu oxaktoshlar sement
ishlab chiqaruvchi korxonalarni uzoq yil ta’minlay oladi.
Ohangarondan to Angrengacha bo‘lgan yo‘lning shimoli-g‘arb tomonida
ohaktosh zahiralari qoplanganligini ko‘rish mumkin. Bu erlarda ohaktosh qatlamining
qalinligi 20 metrgacha etadi. Bu hudud atrofidagi sopol materiallarga xos sog‘ tuproq
qatlamining qalinligi 10 metrgacha etadi. Bulardan tashqari,
bu vodiylarda
portlandsementga qo‘shiladigan tabiiy faol qo‘shilmalardan opokalar, vulqon tuflari
va tabiiy pishgan tog‘ jinslari (gliej) ham bor. Shuningdek, bunday qo‘shilmalar
parkent, qizilqiya, Angren hududida va Ohangaron vodiysida ko‘plab uchraydi.
Beton va temir-beton qurilmalarni tayyorlashda ishlatiladigan mayda (qum) va
yirik (shag‘al) to‘ldirgichlar O‘zbekistonda keng tarqalgan.
Chirchiq daryosining
Chinoz yaqinidagi o‘zanida, Sirdaryo o‘zanida, Farg‘ona vodiysi va boshqa erlarda
shag‘al va qum zahiralarini ko‘plab uchratish mumkin. Beton uchun yuqorida
aytilgan daryo qumlari qatorida qadimiy dengiz qirg‘oq qumlarini ham ishlatish
mumkin. Bunday qum konlari Toshkent yaqinidagi hududlarda va Farg‘ona vodiysida
ko‘p uchraydi. Sho‘rob va Sulyukta ko‘mir konlari atrofida 20-30 metr qalinlikka ega
bo‘lgan oq qum qatlamlari er yuzasiga ko‘tarilib qolgan. Kon qidiruvchilarimiz juda
katta kvars qum zahiralarini qizilqum sahrolarida ham topdilar.
Buxoro,
Surxondaryo viloyatlarida, qoraqalpog‘istonning ba’zi hududlarida,
Farg‘ona vodiysida shunday erlar borki, ular barxan qumlari bilan qoplangan.
Bulardan tashqari loyli slanets toshlari Zarafshon vodiysining chap qirg‘og‘idagi
Zirabuloq qishlog‘iga yondosh Ziyovuddin tog‘larida, qoraqalpog‘istondagi Sulton-
Uiz-Dog‘ tog‘larida va Farg‘ona vodiysining janubida ham ko‘p uchraydi.
Er yuzasiga ko‘tarilib chiqqan tabiiy tosh materiallaridan bazalt, andezit va
diabaz kabi jinslar respublikaning Toshkent, Turkiston, Nurota kabi hududlari atrofida
ko‘p uchraydi.
Bazalt chiqadigan Nevich koni Parkentdan 10-15
kilometr sharqi-janubda,
Toshkent yaqinida joylashgan. qora rangdagi bazalt toshlari Nevich daryosining tog‘
oralig‘ida qatlam-qatlam bo‘lib yotibdi.
55
Toshkentdan 50-70 kilometr masofadagi qurama tog‘larida 100 metr qalinlikka
ega bo‘lgan dolomit qatlamlari topilgan. Oq dolomit toshlari O‘zbekistonning
janubida, /uzor tog‘larining g‘arbiy- janubidagi qashqadaryo va Surxondaryo
vodiylarida uchraydi.
Chig‘anoq ohaktosh zahiralari O‘zbekistonning janubida, Surxondaryo viloyatida
keng tarqalgan. Toshkent yaqinidagi ohaktosh qatlamlarining qalinligi 5-20 metrga
etadi. Bu ohaktoshlardan Ohangaronda portlandsement olish uchun foydalanilmoqda.
Buxoro shahri yaqinidagi ohaktosh qatlamlarining qalinligi 150 metrga etadi.
O‘zbekistonda 30 dan ortiq marmar konlari bor. Samarqand viloyatidagi
«/ozg‘on» marmari o‘zining
zahira toifasiga, to‘planuvchanligiga va rangining turli-
tumanligiga ko‘ra dunyo quruvchilariga yaxshi tanilgan. Bu marmar bilan Parij va
Nyu-Yorkda tashkil etilgan butun dunyo ko‘rgazmasi pavilonlarining devorlari
qoplangan. Moskvadagi ko‘plab saroylarning ichki qismini qoplashda va qisman
Toshkentdagi Navoiy nomidagi opera va balet akademik
teatri binosini bezatishda
«/ozg‘on» marmari ishlatilgan. O‘zbekiston halqlariga marmar toshinipg go‘zalligi,
uning qurilish va me’morchilikda ishlatilishi qadim zamonlardan ma’lumdir.
Samarqand shahridagi Go‘ri Amir, Shoxi zinda, Ulug‘bek rasadxonasi, Bibixonim
madrasasi, tarixiy me’moriy yodgorliklarda marmar toshlar qoplama plitalar, pol
uchun bloklar, supachalar yasashda ko‘p qo‘llanilgan.
O‘zbekistonning
Surxondaryo, Buxoro, Samarqand va Toshkent viloyatlari
tog‘larida juda ko‘p marmar konlari bor. Toshkent yaqinida ikkita marmar koni
bo‘lib, bulardan biri – Mingbuloq konidir. Mingbuloq marmari yirik donali, och kul
rang. Ikkinchisi Chotqol og‘larining g‘arbiy yon bag‘rida, So‘qoq
va Zarkent
qishloqlari o‘rtasida joylashgan. Bu marmar oq, sariq, och o‘t va kul rangdir.
Tuproqning maxsus turi bo‘lgan sog‘ tuproq O‘zbekiston qurilishlarida ko‘p
tarqalgan materialdir. U kimyoviy va mineralogik tarkibiga ko‘ra hamda kelib chiqishi
bo‘yicha oddiy tuproqni eslatadi. Ammo sog‘ tuproq tarkibida faol gil (
Do'stlaringiz bilan baham: