50
14-1-rasm.
Me’moriy –badiiy
fasadbop
Sopol plitalar.
Binolarning fasad yuzalariga, ichki devorlariga
va pollariga qoplash uchun
ishlatiladigan sopol materiallarning old yuzasi turli ranglarga bo‘yalgan, tabiiy rangli,
silliq, bo‘rtma, sirlangan bo‘lishi mumkin. Sopol materiallar bilan qoplangan yuzalar
manzarali xossalari bilan farqlanadi, ular puxta va nisbatan tejamlidir. Ularning orqa
tomoni qorishma bilan yaxshi yopishishi uchun rel’efli qilib tayyorlanadi.
Binolarning fasadlarini qoplash uchun asosan pardozbop g‘isht va toshlar, kichik
o‘lchamli fasad plitkalari va gilam nusxa qoplama sopol materiallar ishlatiladi.
Pardozbop g‘isht va toshlar to‘g‘ri shaklli, qirrali va bo‘yog‘i bir xil bo‘ladi.
O‘ng tomoni silliq, bo‘rtma va fakturalangan bo‘lishi ham mumkin. Pardozbop g‘isht
va toshlarning rangi to‘q qizildan to oq sariq ranggacha bo‘ladi. Bunday materiallar
yuqori sifatli va oson eriydigan
oqish gillardan tayyorlanadi, hozirgi vaqtda ular eng
ko‘p ishlatilmoqda. Bulardan tashqari pardozlash materiallari sifatida “angobli” va
“sirlangan” g‘ishtlar xam ishlatiladi. G‘isht va toshlar yaxlit va ichi kovak qilib
yasaladi. Tayyorlash texnologiyasi yarim quruq yoki plastik usullarda-sopol g‘isht
tayyorlash kabidir.
Pardozbop g‘isht va toshlar shakli va ishlatish joyiga qarab “oddiy” va “profilli”
g‘isht
va toshlarga bo‘linadi. Oddiylaridan
devorlarning tekis qismlarida,
profillilaridan esa karnizlar, tortqilar, belbog‘lar va hokazolarda foydalaniladi.
Pardozbop g‘isht va toshlar fasadlarning tashqi yuzalariga va kirish zallari, zina
xonalari, o‘tish joylari va boshqa xonalarning ichki devorlariga terish uchun ishlatiladi.
Fasadbop
sopol plitkalar yarim quruq
zichlash
usulida
tayyorlanadi.
Fasad
plitkalarning asosiy o‘lchami 250x140x10,
poypeshbop
plitkalarniki
150x75x7,
“kabanchik” turlariniki 125x60x7 mm.
Bundan
tashqari
“romb”,
“gulbarg”,
“diagonal”, “piramidali”, “to‘lqin”, “shar”
turlardagi fasadbop me’moriy - badiiy
plitkalar chiqariladi.
Fasadbop plitkalarning yuza qismi silliq,
sirlanmagan
va sirlangan, turli ranglarga
bo‘yalgan
bo‘lishi
mumkin.
Sement
qorishmasi bilan yaxshilab yopishishi uchun
ularning orqa tomonida chuqurchalar o‘yilgan.
Fasadbop plitkalarning suv shimib olishi 2-8%, sovuqqa chidamliligi kamida 8
bosqichga teng. Fasadbop plitkalardan devorlarning tashqi
va ichki yuzasini qoplash
uchun, alohida me’morchilik elementlarini pardozlash uchun, shuningdek turar joy va
jamoat binolari kirish zallari va zina xonalarida foydalaniladi.
Gilamnusxa sopolak
har xil rangli, sirlangan va sirlanmagan kichik o‘lchamli
plitkalardan iborat. Bitta yoki bir necha rangli plitkalar “gilam” ko‘rinishida teriladi,
bunda o‘ng yuzasi bilan kraft kog‘ozga yopishtiriladi.
Qorishma bilan yaxshi
yopishishi uchun plitkalarning orqa tomoni taram-taram qilinadi. Gilamnusxa
koshinkor plitkalarning o‘lchamlari 48x48 va 22x22 mm, qalinligi 4 mm bo‘lib,
ulardan tayyorlangan gilamlar o‘lchami esa 724x464 va 672x424 mm ga teng bo‘ladi.
Plitkalarning suv shimish darajasi 12%dan oshmasligi,
sovuqqa chidamliligi esa
kamida 25 bosqich bo‘lishi kerak.