Ba’zi viloyatlar hokimliklari tomonidan erkin iqtisodiy zonalarda loyihalar aniq hisob-kitoblarsiz joylashtirilishi oqibatida ayrim faoliyat turlari uchun sun’iy imtiyoz berilishiga va bu, o‘z navbatida, bozordagi raqobat muhitining buzilishiga olib kelmoqda.Shu bois, mavjud erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat, shuningdek, farmatsevtika zonalarida faoliyat yuritayotgan, eksportga mahsulot chiqarayotgan, innovatsion, yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni tashkil qilgan biznes subyektlari va tadbirkorlarga berilayotgan qo‘shimcha imkoniyatlar, imtiyoz va preferensiyalarning tashkiliy-huquqiy asoslarini mustahkamlash ham muammolardan biridir.Ayniqsa, xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish uchun mamlakat investitsiya salohiyatini jahon biznes hamjamiyatiga to‘la namoyon etishga qaratilgan, sarmoya kiritishga intiladigan investorlar uchun hududlar va tarmoqlar bo‘yicha investitsiya loyihalarini shakllantirishda kompleks yondashuvlarni belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishga e’tibor qaratilishi zarur. Shu bilan birga, “Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida"gi qonunni bugungi kun talablari asosida qayta ko‘rib chiqish, uni davr ruhiga uyg‘un holda yanada takomillashtirish lozim.
Xulosa
Davlat investitsiya jarayonini tashkil qiluvchi va asosiy investor bo`lib xizmat kilishi kerak – ijtimoiy siyosat nuxtai nazaridan bu uning asosiy vazifasi xisoblanadi.
Investitsiyalarning miqdoriy o`sishi ichki investitsiya dasturi (mablag`larni noishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish xisobiga safarbar kilish) vositasida ta`minlanadi. Investitsiyalar sifatining o`sishi ichki (fan va texnika yotuxlarini tadbik kilish) va tegishli tashqi investitsiya dasturi (xorijiy investitsiyalar – texnik tarkibi va xususiyatiga ko`ra yukorirox bo`lganlarini jalb etish) vositasida ta`minlanadi. Ichki investitsiya dasturi xam tashqi investitsiya dasturi xam, xar ikkalasi investitsiyalashning turli manbalaridan turli shakllardagi investitsiyalarni jalb etish zaruriyatini nazarda tutadi.
Investitsiya dasturining mohiyati va mazmuni eng qulay xuquqiy vositalarni topish – investitsiya jarayoni va investitsiyani xuquqiy tartibga solishdan iborat. Ratsional investitsiya dasturini amalga oshirayotgan davlat ixtiyorida xuquqiy tartibga solishning ikki vositasi mavjud: milliy-xuquqiy va xalqaro-xuquqiy.
Davlatning tashqi investitsiya dasturi xuquqiy nuqtai nazardan xorijiy investitsiyalar uchun qulay xuquqiy muxit yaratishdan iborat bo`lib, bu milliy xuquqiy tartibot, milliy xuquqiy shakllar va normalardan (konunlar va boshka me`yoriy aktlar) xamda xalqaro-xuquqiy tartibot, xalqaro-xuquqiy shakl va normalardan (ikki va ko`p tomonlama shartnomalar va bitimlar) foydalanishni nazarda tutadi. Bularning barchasida xam ichki xam tashqi investitsiya siyosatlari xisobga olinishi shart.
Investitsiya dasturining aniq maqsadga yo`naltirilgan va ilmiy asoslangan asosiy vazifsi (funktsiyasi) davlatning jamiyatda moddiy va ma`naviy boyliklarni ishlab chiqarishni tashkil etish uchun investitsiya mablag`larini safarbar kilish bo`yicha faoliyat yuritishidan iborat.
Investitsiya faoliyati (ingl. investment activity) – bu investitsiya kiritish va investitsiyalarni amalga oshirish bo`yicha olib boriladigan amaliy xarakatlarning yigindisidir.
Investitsiya dasturi aloxida davlatlar tomonidan investitsiya munosabatlari sub`ektlarining (davlatlar, yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy) investitsiya faoliyatini kuchaytirish maqsadida choralar tizimini nazarda tutadi. Investitsiya faoliyati esa uning sub`ektlarining investitsiyani amalga oshirish bilan bog`liq faoliyatlari yigindisidir.
Davlat fuqaroviy va xalqaro xususiy xuquq sub`ektlarining birortasi ega bo`lmagan xususiyatga ega. U bir vaqtning o`zida jamoat hokimiyatining egasi (ichki va tashqi siyosat yo`nalishlarini belgilaydi, davlat strategik dasturlarini, shu jumladan iqtisodiyotning strategik masalalarini hal etishga qaratilgan investitsiya dasturlarini kabul kiladi) va xususiy xuquq munosabatlari qatnashchisi (bu erda uning investitsiya faoliyatida ishtirok etishi xam nazarda tutilgan) hisoblanadi.
Shunday kilib, investitsiya faoliyati tushunchasi investitsiya dasturi tushunchasining tarkibiy qismi bo`lib, buni O`zbekiston Respublikasi «Investitsiya faoliyati haqida»gi konunining 14 va 15 moddalari yorqin aks ettirgan.
Investitsiya dasturi tovar-pul munosabatlarini takomillashtirish sharoitida alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur siyosat rivojlangan tovar-pul munosabatlarida uncha katta ahamiyatga ega emas. Chunki o`z-o`zini boshkaruvchi iqtisodiyot sharoitida investitsiya dasturi asosan tartibga soluvchi ahamiyatga ega bo`ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
Aim.uz
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |