Bundan tashqari, hukumat tomonidan imtiyozlar yaratiladi. Iqtisodiy zonalarda joylashtirish uchun investitsiya loyihalarini tanlab olish mezoni qayta ko‘rib chiqilib, ishtirokchilarga kredit ajratishni yaxshilash hamda muhandislik ta’minoti vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinadi.Boshqa qator muammolar ham mavjudki, ular ishda qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. Masalan, ayrim erkin iqtisodiy zonalarda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish va ishlab chiqarish infratuzilma obyektlarini qurish bilan bog‘liq masalalar haligacha oxiriga yetkazilmagan. Bu investorlarni jalb qilishda qiyinchiliklar tug‘diryapti. Erkin iqtisodiy zonalar direksiyalari tomonidan tijorat banklariga yangi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish yuzasidan taklif kiritish bo‘yicha yetarlicha tashabbus ko‘rsatilmayapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |