1.Xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va iqtisodiyotga jalb qilishning ob`ektiv zarurligi.
Jahon iqtisodiyoti globallashib, savdo yo`lidagi to`siqlar kamayib, soliq qonunlari va tartibga soluvchi rejimlar erkinlashib borayotgan hozirgi sharoitda Chetdan kiritiladigan investitsiya oqimlari tez sur`atlar bilan o`smoqda. Bevosita Chet el investitsiyalarining dunyo bo`yiCha umumiy hajmi 1980 yildagiga qaraganda 14 baravardan ziyod o`sib, 2018 yil holatiga, jami 11 trln AQSH dollariga etdi. Hozirgi vaqtda butun dunyoda 64 mingga yaqin mamlakatlararo kompaniyalar mavjud bo`lib, ular 870 mingta xorijiy shu`ba korxonalari faoliyatini nazorat qilib turadi. Ushbu korxonalar sotilayotgan mahsulotlar hajmi taxminan 18 trln AQSH dollarini tashkil etdi. Bu esa o`z navbatida, butun jahon eksporti hajmidan 2 baravaridan ziyoddir.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi ularning iqtisodiy yuksalishida faol investitsiya siyosati markaziy o`rinni egallashini tasdiqlaydi. Shu bois O`zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadlari uning investitsiya siyosatida to`liq aks ettirilishini taqozo etadi.
O`zbekistonda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va tartibga solishda O`zbekiston Respublikasining "Chet el investitsiyalari to`g`risida", "Chet ellik investorlar xuquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish Choralari to`grisida", "Investitsiya faoliyati to`grisida"gi Qonunlar va boshqa qonun hujjatlari uning huquqiy asosi bo`lib xizmat qiladi.
Mulkchilikning turli shakllari tarkib topishi investitsiyalarning rivojlanishiga katta turtki bo`ldi. Mulkchilikning turli shakllarining vujudga kelishi munosabati bilan kapitalning sohalardagi o`zgaruvchanligi, uning oqimi, hududlarga taqsimlanishi tezlashdi.
Chet el investorlari, asosan, daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat ob`ektlariga qo`shadigan barCha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir xuquqlar, shu jumladan, intellektual mulkka doir huquqlar, Chet el investitsiyalaridan olingan har qanday daromad O`zbekiston Respublikasi hududida Chet el investitsiyalari deb e`tirof etiladi.
"Chet el investitsiyalari to`g`risida"gi Qonunga ko`ra O`zbekiston Respublikasida Chet ellik investorlar quyidagilar bo`lishi mumkin:
Chet el davlatlari, Chet el davlatlarining ma`muriy yoki hududiy organlari;
davlatlararo bitimlar yoki boshqa shartnomalarga muvofiq tashkil topgan yoki xalqaro ommaviy huquq sub`ektlari bo`lgan halqaro tashkilotlar;
Chet el davlatlarining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil topgan va faoliyat ko`rsatib kelayotgan yuridik shaxslar, boshqa har qanday shirkatlar, tashkilotlar yoki uyushmalar;
Chet el davlati fuqarolari bo`lmish jismoniy shaxslar, fuqaroligi bo`lmagan shaxslar va chet ellarda doimiy yashaydigan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari.
Bozor iqtisodiyoti islohotlarini Chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va mulk huquqini himoya qilishni mustahkamlashga qaratilgan Chora - tadbirlarning amalga oshirilishi mamlakatimizda investitsiya muhitini yaxshilash hamda hajmi tobora ortib borayotgan xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
Bu qarorga asosan, investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlari sifatida kiritiladigan mablag` va mulk daromad (foyda), ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va hududlarni obodonlashtirish hamda qo`shilgan qiymat soliqlariga tortilmaydi, xorijiy valyutadagi qo`yilmalar esa majburiy tarzda sotilmaydi, shuningdek, investitsiya davri mobaynida tuziladigan oldi - sotdi shartnomasiga muvofiq korxonaning oldingi qarzini qoplash hisob - raqamiga majburiy tarzda undirib olinmaydi. Bundan tashqari davlat ulushi potentsial investorlarga sotilayotgan korxonaning byudjetga va davlat maqsadli jamg`armalariga to`lovlar bo`yicha qarzlari restrukturizatsiya qilinishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |