Bozorlarga soliq solishning o’ziga xos xususiyatlari.
Bozorlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik shaxs shaklida tashkil etiladi. Bozorlarning daromadlariga quyidagilar kiradi: patta to’lovi tushumlari; boshqa tushumlar.
Patta to’lovi. Patta to’lovini bozorlarda tovarlar, buyumlar va qishloq xo’jaligi mahsulotlari sotishni amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar to’laydi.
Patta to’lovi har bir sotish joyidan savdo qilingan har bir kun uchun yoki har bir tovar, buyum, chorva mol uchun undiriladigan qat’iy belgilangan to’lovdir
Jismoniy shaxs bilan tuzilgan ijara shartnomasiga binoan savdo joyi uchun ijara haqi to’lanadigan hollarda, patta to’lovi summasi ijara haqi tarkibiga kiritiladi. Patta to’lovi har bir to’lovchidan naqd pul olib, unga bir vaqtning o’zida fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasining chekini yoki kvitansiya berish orqali undiriladi. Patta to’lovi miqdorlari mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari tomonidan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |