Referat mavzu: Soliq to’lovchilarning ayrim toifalariga soliq


Imtiyozlarning qo’llanilish tartibi



Download 82,73 Kb.
bet2/10
Sana31.12.2021
Hajmi82,73 Kb.
#217392
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ST-70-2 guruh talabasi Raxmanova F

Imtiyozlarning qo’llanilish tartibi. Soliq kodeksining 376-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha imtiyozlar quyidagi hollarda qo’llaniladi: yuridik shaxslar qonun hujjatlarida belgilanadigan ortiqcha ishchi kuchlari mavjud bo’lgan mintaqalar va qishloq aholi punktlarida joylashtirilganda; chet ellik investorlar tomonidan to’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalar O’zbekiston Respublikasining kafolati berilmagan holda amalga oshirilganda; yuridik shaxslarning ustav kapitalida xorijiy ishtirokchilarning ulushi kamida 33 foizni tashkil etganda; xorijiy investitsiyalar erkin almashtiriladigan valyuta yoki yangi zamonaviy texnologik asbob-uskuna tarzida kiritilganda; soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha imtiyozlar berilganligi natijasida ularning qo’llanilishi muddati mobaynida olingan daromadlarning kamida 50 foizi yuridik shaxsni yanada rivojlantirish maqsadida qayta investitsiyalashga yo’naltirilganda.

Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha imtiyozlarni olgan to’g’ridan- to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yuridik shaxs imtiyozlar berilgan muddat tugaganidan keyin bir yil o’tmasdan faoliyatini tugatgan taqdirda, chet ellik investorning foydasini o’z mamlakatiga o’tkazish va kapitalini chet elga olib chiqib ketish faqat soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha berilgan imtiyozlarning summalari budjetga undirilganidan keyin amalga oshiriladi. Imtiyozlar qo’llanilishi to’g’risida bildirish.

Yuridik shaxs imtiyozlarni qo’llash boshlangan sana haqida soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organini O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan belgilangan shaklda yozma ravishda bildirishi shart. Soliq davri mobaynida imtiyozlarga bo’lgan huquq yo’qotilgan taqdirda, soliq to’lovchi ro’yxatdan o’tkazish joyidagi davlat soliq xizmati organini soliq to’lovchining imtiyozlarga bo’lgan huquqi yo’qotilgan sana to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan belgilangan shaklda yozma ravishda xabardor etadi. Oddiy shirkat shartnomasi sherigida (ishtirokchisida) birgalikdagi faoliyatga soliq solishning o’ziga xos xususiyatlari. Oddiy shirkat shartnomasi bo’yicha sheriklarning (ishtirokchilarning) oddiy shirkat shartnomasi bo’yicha birgalikda foydalanadigan mol-mulki birgalikdagi faoliyatga qo’shilgan hissa tarzida har bir sherikning (ishtirokchining) balansida hisobga olinishi lozim. Birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotni realizatsiya qilish bilan bog’liq holda vujudga keladigan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblab chiqarish hamda to’lash bo’yicha majburiyatlar birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi shaxs (ishonchli shaxs) tomonidan ijro etiladi. Bunda, agar oddiy shirkat shartnomasi sheriklarining (ishtirokchilarining) biri yuridik shaxs bo’lsa, faqat yuridik shaxs ishonchli shaxs bo’lishi mumkin. Ishonchli shaxs vazifasini bajaruvchi yuridik shaxs soliq solish obyektlari va birgalikdagi faoliyat bo’yicha soliq solish bilan bog’liq obyektlar hisobini alohida-alohida yuritadi. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash majburiyati yuklatilayotgan ishonchli shaxs oddiy shirkat shartnomasi asosida birgalikdagi faoliyatni amalga oshirishni boshlagan kundan e’tiboran o’n kun ichida ishonchli shaxsning soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organida birgalikdagi faoliyat doirasida soliq majburiyatlarini bajaruvchi soliq to’lovchi sifatida hisobga turishi shart.

Ishonchli shaxsda birgalikdagi faoliyatga soliq solish tartibi. Ishonchli shaxs birgalikdagi faoliyatga soliq solishning o’ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda birgalikda chiqariladigan mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish hisobini alohida-alohida yuritadi. Ishonchli shaxs birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotni realizatsiya qilish oborotlari belgilangan tartibda qo’shilgan qiymat solig’i, aksiz solig’i (aksiz to’lanadigan tovar realizatsiya qilingan taqdirda) va davlat maqsadli jamg’armalariga ajratmalar to’laydi.

Qo’shilgan qiymat solig’ini to’lovchi bo’lmagan ishonchli shaxs birgalikdagi faoliyatni amalga oshirishga taalluqli qism bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’ini to’lovchi sifatida davlat soliq xizmati organida hisobga turishi shart. Ishonchli shaxs hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirgan holda birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotni Soliq kodeksida nazarda tutilgan tartibda realizatsiya qiladi.

Birgalikdagi faoliyat natijasida olingan daromad birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotni realizatsiya qilishdan tushadigan, davlat maqsadli jamg’armalariga majburiy ajratmalar chegirib tashlangan holdagi sof tushum bilan realizatsiya qilingan birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga to’g’ri keladigan birgalikdagi faoliyatga kiritilgan mablag’lar summasi o’rtasidagi farq tarzida aniqlanadi. Birgalikdagi faoliyat natijasida olingan daromad birgalikdagi faoliyat sheriklari (ishtirokchilari) o’rtasida har bir sherikning (ishtirokchining) hissasi ulushi asosida yoki oddiy shirkat shartnomasi shartlariga muvofiq taqsimlanadi hamda har bir sherikning (ishtirokchining) boshqa daromadlari tarkibiga kiritiladi.

Oddiy shirkat shartnomasining amal qilishi tugatilgan va mol-mulk ushbu shartnoma sheriklariga (ishtirokchilariga) qaytarilgan taqdirda, har bir sherikning (ishtirokchining) o’zi kiritgan hissasi miqdori doirasida olingan mablag’lari oddiy shirkat shartnomasi sherigining (ishtirokchisining) daromadlari tarkibiga kiritilmaydi. Oddiy shirkat shartnomasi sherigida (ishtirokchisida) birgalikdagi faoliyatga soliq solish tartibi. Mol-mulkni birgalikdagi faoliyatga hissa sifatida topshirish sheriklar (ishtirokchilar) o’rtasida kelishilgan qiymat bo’yicha yoki buxgalteriya hisobi hujjatlarida hisobga olinadigan balans qiymati bo’yicha amalga oshiriladi hamda unga tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish sifatida qaralmaydi.

Qo’shilgan qiymat solig’i bilan olingan va birgalikdagi faoliyatga hissa sifatida topshirilayotgan mol-mulk bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’i birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotni realizatsiya qilayotgan ishonchli shaxsda hisobga olish uchun qabul qilinadi. Bunda oddiy shirkat shartnomasi sherigi (ishtirokchisi) birgalikdagi faoliyatga topshirilayotgan mol-mulk bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’i summasini hisobga olish uchun qabul qilmaydi.

Agar kiritilayotgan mol-mulk bo’yicha ilgari qo’shilgan qiymat solig’ini hisobga olish amalga oshirilgan bo’lsa, molmulk birgalikdagi faoliyatga topshirilgan davrda ilgari mazkur mol-mulk olinganda hisobga olish uchun qabul qilingan qo’shilgan qiymat solig’i summasi kamayadi. Oddiy shirkat shartnomasining sherigi (ishtirokchisi) o’zi ishlab chiqargan mahsulotni birgalikdagi faoliyatga hissa sifatida topshirgan taqdirda, qo’shilgan qiymat solig’i hisoblanmaydi.

Tayyor mahsulot ishlab chiqarish vaqtida ilgari hisobga olingan qo’shilgan qiymat solig’i summasiga Soliq kodeksida nazarda tutilgan tartibda tuzatish kiritilishi lozim. Bunda tuzatish kiritilishi lozim bo’lgan soliq summasi topshirilayotgan mol- mulkning qiymatiga kiritilmaydi va birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi ishonchli shaxs tomonidan hisobga olinadi. Tuzatish kiritilgan soliq summasi mazkur mol-mulkni topshirish rasmiylashtiriladigan hujjatlarda ko’rsatiladi.

Oddiy shirkat shartnomasining birgalikdagi faoliyatga hissa sifatida mol-mulk topshirayotgan sherigi (ishtirokchisi) qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchi bo’lishi yoki bo’lmasligidan qat’i nazar, ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan tartibda ishonchli shaxs tomonidan hisobga olinishi uchun topshirilayotgan mol-mulk bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’i summasini ko’rsatgan holda hisobvaraqfakturani rasmiylashtiradi.

Birgalikdagi faoliyatga topshirilgan mol-mulk bo’yicha rasmiylashtirilgan hisobvaraq-faktura birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulot bo’yicha budjetga to’lanishi lozim bo’lgan qo’shilgan qiymat solig’ini hisob-kitob qilishda soliqning ushbu summasini ishonchli shaxs tomonidan hisobga olish uchun qabul qilishga asos bo’ladi. Hisobvaraq-fakturada “jo’natiladigan tovarlar hujjatlari yoki shartnomalar raqami va sanasi” degan katakchada “birgalikdagi faoliyatga hissa” degan belgi qo’yiladi. Birgalikdagi faoliyatda ishtirok etishdan olingan daromadlarga soliq solish oddiy shirkat shartnomasi sherigiga (ishtirokchisiga) soliq solishning amaldagi tartibiga muvofiq oddiy shirkat shartnomasining har bir sherigida (ishtirokchisida) boshqa daromadlar tarkibida amalga oshiriladi. Bunda, qat’iy belgilangan soliq to’lovchilar (yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar), shuningdek yagona yer solig’ini to’lovchilar bo’lgan oddiy shirkat shartnomasi sheriklarining (ishtirokchilarning) birgalikdagi faoliyatdan olingan daromadlariga dividendlarga soliq solishda belgilangan stavkalar bo’yicha soliq solinadi.

Faqat yakka tartibdagi tadbirkorlar amalga oshiradigan birgalikdagi faoliyatga soliq solish. Oddiy shirkat shartnomasi bo’yicha birgalikdagi faoliyat faqat yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilgan taqdirda, birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi ishonchli shaxs mazkur mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan tushumdan mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun belgilangan stavkalar bo’yicha yagona soliq to’lovi, shuningdek, agar birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulot aksiz to’lanadigan mahsulot bo’lsa, aksiz solig’i to’laydi.

Yagona soliq to’lovi birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulot realizatsiya qilinmasdan, birgalikdagi faoliyat sheriklari (ishtirokchilari) o’rtasida taqsimlab olingan taqdirda ham to’lanadi. Bunda yagona soliq to’lovi summasi birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.

Birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish doirasida yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun yagona soliq to’lovi hisobkitobining shakli O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.


    1. Download 82,73 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish