Qat’iy belgilangan soliq solinadigan faoliyat turlari bozorlar tomonidan amalga oshirilganda, bunday faoliyatdan olingan daromadlarga qat’iy belgilangan soliq solinadi. Olingan daromadlar to’g’risidagi ma’lumotlarni bozorlar soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan tasdiqlagan shaklda taqdim etadi. Mablag’larni budjetga o’tkazish olingan daromadlar to’g’risidagi ma’lumotlarni taqdim etish muddatidan kechiktirmasdan bir oyda bir marta amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |