PUL AYLANMASI VA UNING TARKIBI Reja: Pul aylanishi, uning mohiyati va tarkibiy qimlari Naqd pul aylanishi va uning xususiyatlari Naqd pulsiz hisob – kitoblarning zaruriyati va ahamiyati Naqd pulsiz hisob – kitoblarning tashkil etilishi va tamoyillari Naqd pulsiz hisob – kitob shakllari Naqd pulsiz hisob – kitoblarda plastik kartochkalardan foydalanish
Pul aylanishi, uning mohiyati va tarkibiy qismlari
Pul aylanishi – bu naqd pullik va naqd pulsizlik olib boriladigan hisob – kitoblarning yiђindisidir.
Pul aylanishi asosan ikki belgiga:
1. Jami ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish
2. Pulni funksiyalariga ko’ra tarkibiy qismlarga bo’lish mumkin
Jami ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish jarayoni bilan boђliq holda pul aylanishi: tovarlarni ishlab chiqarish va sotish, kapital qurilish bilan boђliq aylanishga, hamda tovar va ularning xarakati bilan boђliq bo’lmagan aylanishga bo’linadi.
Tovar ishlab chiqarish va sotish jarayonidagi pul aylanishiga ishlab chiqarishga tegishli ishlab chiqarish vositalarini sotib olish, mahsulotni sotish, tegishli tashkilotlar bilan hisob – kitoblar olib borish kiradi, ikkinchisiga kapital qurilish va ta’minlash sohasidagi hisob – kitoblar kiradi. Tovar va ularni xarakati bilan boђliq bo’lmagan aylanishga milliy daromadni taqsimlash va kayta taqsimlash bilan boђliq to’lovlar va boshqa tovar xarakati bilan boђliq bo’lmagan to’lovlar kiradi.
Pul funksiyalariga va to’lov turiga ko’ra pul aylanishi naqd pullik va naqd pulsiz aylanishga bo’linadi.
Umuman pul aylanishi quyidagi belgilari bo’yicha guruhlanadi:
1. Pullik munosabatlarning turiga ko’ra:
a) Tovar – moddiy qiymatlarni ayriboshlash jarayonidagi pul ayla-nishi
b) Tovar xarakteriga ega bo’lmagan hisob – kitoblardagi pul aylanishi
2. To’lov usuliga ko’ra:
a) Naqd pullik
b) Naqd pulsiz
3. Pul munosabatlari ishtirokchilarining xududiy joylashishiga ko’ra:
a) Bir xudud miqyosidagi pul aylanishi
b) Xududlararo pul aylanishi
4. Pulni to’lov jarayonidagi ishtirokiga ko’ra:
a) Aktiv pul aylanishi – to’lov jarayonida bevosita ishtirok etayotgan pul massasi
b) Passiv pul aylanishi – ma’lum davr ichida, vaqtincha muomilada ishtirok etmayotgan pul massasi (jamђarmadagi, hisob – varaqlardagi bo’sh pul mablaђlari).
Pul aylanishi holatini tartibga solish bo’yicha xukumat organlari tegishli tartibda monetar va fiskal siyosatini olib boradi.
Monetar siyosat – mamlakatda pul massasi va pul bozorini tartibga solishdir. Monetar siyosatning bosh ђoyasi – iqtisodiy o’sishni bozor mexanizmi ta’minlaydi. Bu mexanizmning asosiy vositasi pul. Davlat yalpi talabga muomiladagi pul miqdorini tartibga solish bilan ta’sir etishi kerak. Bunga ko’ra muomiladagi pul miqdori = Yalpi milliy mahsulot Pul aylanishi soni xolida aniqlanadi.