Bahs-munozarada ishtirok etish. Ko’pincha mashg’ulotlarda faqat bir necha kishigina o’quv jarayonida faol qatnashadi, qolganlar esa o’zini chetga tortib turadi. Bah s ishtirokchilari doirasi eng faol o’quvchilar bilan cheklanib qolishi maqsadga muvofiq emas. Aynan mana shu sababli bah s-munozarani kichik guruh larda o’tkazish tavsiya etiladi. Pedagog bir guruh dan boshqa guruh ga o’tib, ularning ishini boshqarib borishi, muhokama mavzusiga oid qo’shimcha savollar bilan yordam berishi, ishchanlik muhitini saqlab turishi lozim. Faoliyatning samarali bo’lishi uchun o’quvchilarga 3 minutdan 10 minutgacha bo’lgan qandaydir aniq muddat davomida o’qituvchining aralashuvisiz savollarni muhokama qilishimkonini berish kerak. Biroq o’quvchilar mavzudan tashqari suh batlarga berilayotgan bo’lsalar, o’qituvchi aralashishi zarur. Hatto jonli bah s ketayotgan bo’lsa ham, xulq-atvorni boshqarib turuvchi intizom haqida unutmaslik lozim. Guruh larda mustaqil ishlash fikrlarning erkin bo’lishini nazarda tutadi, lekin faqat salbiy tanqid va nigilizm (hamma narsani inkor etish) – bu erkinlik emas.
Refleksiya (lot. reflexio – ortga murojaat, ortga qaytish) – o’quvchilarning dars to’g’risidagi tasavvurlarini o’rganish shakli. Har bir mashg’ulot yakunida o’quvchilarga alohida varaqda bir-ikkita fikr yozishni taklif qilish mumkin:
- bugun men qanday yangi narsani o’rgandim...;
-meni hayron qoldirgan narsa shu bo’ldiki, ...;
-menda shunday savollar tug’ildi:... (bu savollarni keyingi mashg’ulotda doskaga, vatman qog’oziga yozish mumkin).
Shunga o’xshashishning boshqa turi: pedagog dars tugashida o’quvchilarning e’tiborini asosiy g’oyalarga qaratadi (Konsepsiyaga qarang), masalan, ularni o’qib beradi va har bir o’quvchidan bu muammolarni u qanday tushunishi to’g’risida ish daftarida bir necha qator fikr yozishni so’raydi.
Mavzular bo’yicha tavsiyalar asosan o’qituvchilarga kamroq tanish bo’lgan xalqaro insonparvarlik huquqi (XIH )ga doir masalalarga tegishlidir. Savollarga oid tushuntirishlar jamiyatshunoslikning nazariy kursi hamda xalqaro huquqning mohiyati, asosiy qoidalari va uning me’yorlariga amal qilishning o’ziga xos masalalari yuzasidan bo’ladi.
Bah s ishtirokchilarining samarali muloqotlarini yengillashtirish maqsadida auditoriyadagi partalar va o’quv jihozlarini joylashtirishning taxminiy variantlarini taklif qilamiz.
Auditoriyani bah s olib borishga oid qoidalar, taniqli kishilarning fikrlari, hikmatli iboralar, maqol va matallar yozilgan plakatlar bilan bezatish mumkin. Shuningdek, ommaviy axborot vositalarining sharh lari keltirilgan maxsus stendlar, geografik va siyosiy xaritalar, tarixiy shaxslarning portretlari, kitoblardan olingan illyustratsiyalar, kartinalarning nusxalari, fotosuratlar va ko’plab boshqa shunga o’xshash narsalardan ham foydalanish mumkin. O’qituvchiga auditoriyada vaziyatga qarab partalarni turlicha joylashtirishga e’tibor berishni so’raymiz.
"Shaxs va jamiyat" predmeti o’quv dasturida aytib o’tilganidek, ba’zi nazariy mavzular o’qituvchining istagiga ko’ra amaliy mashg’ulot sifatida tashkil etilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |