Har kim har kimni o’qitadi – o’qituvchi o’quvchilarga varaqchalar tarqatadi, bu varaqchalarda, masalan, Konstitutsiyadan, shunga o’xshash boshqa qonunchilik hujjatlaridan, xalqaro bitim yoki bironta asar matnidan ko’chirma bo’lishi mumkin (har bir ishtirokchiga bittadan varaqcha). Bunda har uchinchi yoki to’rtinchi varaqchada bir xil axborot qaytariladi, ya’ni uch yoki to’rt kartochka guruh dagi uquvchilar soniga mos nusxada ko’paytiriladi. Har bir o’quvchi “o’zining” varaqasi bilan tanishib chiqib, qisqa vaqt ichida bunday ma’lumotga ega bo’lmagan guruh doshlarini “o’qitadi”, xuddi shunday kartochkaga ega boshqa o’quvchilar uning fikrlarini to’ldirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |