5.Rossiyaning istiqbolli rejalari Rossiyada quyidagilar uzoq muddatli iqtisodiy siyosatning asosiy vazifalari sifatida belgilangan10:
texnologik modernizatsiya — 2020-yilgacha 25 millionta yuqori mehnat unum- dorligiga ega ishchi o'rinlarini yaratish. Ushbu vazifa Rossiya mintaqalari faoliyatini baholashda asosiy mezon sifatida qabul qilingan mavjud ishchi o'rinlarini saqlab qolish va islisizlikning past darajasini ta’mlnlash kursiga mos kel- maydi;
iqtisodiy modernizatsiya— iqtisodiyotni diversifikatsiyalash, Rossiya iqtisodiyotini jahon energetika bozorlari narx konyunkturasi o'zgarishlariga bog'liq- ligini susaytirish. Ushbu vazifa neftgaz taqchilligini pasaytirish va tadbirkorlik muhitini sifat jihatdan yaxshilashni taqozo etadi;
ijtimoiy modernizatsiya — Rossiyada o'rta sinfni yetakchi tabaqaga aylanti- rish, sog'liqni saqlash va pensiya tizimining samaradorligi va adolatliligini keskin oshirish;
siyosiy modernizatsiya — xalqaro standartlarga mos keluvchi siyosiy va iqtisodiy erkinlikni ta’minlash;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning innovatsion yo'li bo'yicha harakatlanishni ta’minlab beruvchi yangi sanoatlashish siyosati. Investitsiyalar hajmini 2015-yilgacha yalpi ichki mahsulotga nisbatan 25 %ga, 2018-yilga borib esa 27 %ga yetkazish. 2015-yilga qadar kapital qo'yilmalar hajmini 2011-2012-yillardagi kapital qo'yilmalarning haqiqiy hajmidan 2 baravarga oshirish zarur. Bundan tashqari kapital qo'yilmalar tarkibini ham o'zgartirish lozim. Ushbu holat jami investitsiyalar fondida sanoat va iqtisodiyotning real sektori bilan bog'liq bo'lmagan tarmoqlar ulushining yuqoriligi bilan izohlanadi.
Rossiya iqtisodiyotini modernizatsiyalash amaliyoti ko'rsatishicha, modernizatsiya jarayonlariga to'sqinlik qiluvchi qator muammolar mavjud. Ushbu muammolar tizimli xarakterga ega va ularni bartaraf etish bo'yicha maxsus chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqishni taqozo etadi. Birinchidan, modernizatsiyaga talabning yo'q- ligi. Rossiyada ijtimoiy guruhlarning aksariyat qismi modernizatsiya jarayonlari- ni to'liq qo'llab-quvvatlamayotir. Modernizatsiyaning assoiy tashabbuskori sifatida davlat davlat korporatsiyalari va boshqa davlat institutlari yordamida moderniza- tsion va innovatsion faollikni rag'batlantirishga harakat qilmoqda. Ammo modcrnizatsiya jarayonlariga nisbatan iqtisodiy agentlarning real talabi shakllanmas ekan modernizatsiyani amalga oshirish mumkin emas. Ikkinchidan, Rossiyada «raqobatbardoshlik tuzog'i» yaqqol ko'zga tashlanadi, ya'ni mehnat qiymatining qimmat- ligi investitsion faollikni ta’minlab beruvchi institutlar faoliyatining samarasizligi bilan mos kelmaydi. Ushbu tuzoqdan chiqib ketish uchun investitsion faollikni ta’minlab beruvchi institutlar faoliyatini ishchi kuchi darajasiga yetkazish yoki ishchi kuchi mazkur institutlar darajasiga mos keltirilishi zarur.