6. O‘zbekiston va Rossiya iqtisodiy aloqalarining rivojlanishi
O'zbekiston va Rossiya o'rtasidagi iqtisodiy hamkorlik aloqalari ikkala mamlakat o'rtasida 1992-yil 20-martda o'rnatilgan diplomatik munosabatlardan keyin boshlandi. O'zbekiston va Rossiya o'rtasida iqtisodiy munosabatlar uzoq muddatli strategik ahamiyatga ega. 1991-yildan hozirga qadar O'zbekiston va Rossiya o'rtasida 160 dan ortiq xalqaro sharlnoma va 40 dan ortiq boshqa hujjatlar imzolandi.
O'zbekiston va Rossiya iqtisodiy aloqalari ikki va ko'ptornonlama kelishuvlar asosida amalga oshiriladi. Ikki tomonlama kelishuvlarningasosini 1992-yil 13-noyabrda qabul qilingan «Savdo munosabatlari to'g'risidagi» kelishuv tashkil etadi.
Rossiya 0‘zbekistonning strategik savdo hamkorlaridan hisoblanadi. Ikki mamlakat o'rtasida savdo munosabatlari jadal sur’atlarda rivojlanib bormoqda. 2000-yil- dan boshlab o'zaro yillik savdo aylanmasi I mlrd. dollardan oshib ketdi. Jumladan, 2000—2013-yillarda O'zbekiston va Rossiya tashqi savdo aylanmasi 7,8 martaga osh- di. O'zbekiston eksportyorlari uchun Rossiya ichki bozori katta ahamiyat kasb etadi. 2013-yilda ikki mamlakat o'rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 7,840 mlrd. dollarni tashkil etib, O'zbekiston eksportida Rossiyaning ulushi 37,8 %ni, importda esa 21%ni tashkil etdi(3-jadval).
O'zbekiston va Rossiya tashqi savdo aylanmasi, mln. doll. (3-jadval)
|
2000-y.
|
2005-y.
|
2010-y.
|
2012-y.
|
Tashqi savdo aylanmasi
|
1010,3
|
2062,8
|
6371,0
|
7840,0
|
Eksport
|
545,5
|
1027,7
|
4435,1
|
5144,7
|
Import
|
464,8
|
1035,1
|
1935,9
|
2695,3
|
Tashqi savdo qoldig'i
|
80,7
|
-7,4
|
2499,2
|
2449,4
|
Manba: O'zbekiston Respublikasi davlat statistika qo'mitasi materiallari asosida luzilgan.
0‘zbekiston Rossiyaga oziq-ovqat mahsulotlari, avtomashinalar, kimyo sanoati mahsulotlari va plastmassa, rangli va qora metallar (qo‘rg‘oshin, mis, volfram, molibden), kabel, ishlab chiqarishda qollaniladigan turli xil texnik vositalar, xizmatlar, paxta tolasi, tabiiy yoqilg‘i, neft mahsulotlari, sabzavotlar, gazlama, paxta kalavasi, jun, meva va sabzavotdan qayta ishlangan mahsulotlarni eksport qiladi. Oxirgi yillarda 0‘zbekiston eksportining tarkibida yengil avtomobillar (1,5-2 marta), meva va poliz ekinlari (5), polietilen (2), tayyor tekstil mahsulotlari (1,4-1,5), trans- formatoriar (2), past voltli apparatlar (1,5), quvur (1,5), havo transporti (1,7), turizm (1,4) ulushi ortib bormoqda. Misol uchun, 2010-yilda Rossiyaga 74419 ta yengil avtomobil eksport qilingan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2011-yilda 25 % ortib 92778 tani tashkil etdi11.
0‘zbekiston Rossiyadan mexanik uskunalar, xizmatlar, elektr asbob-uskunalar, transport vositalari, yog‘och va yog‘och mahsulotlari, kauchuk va rezina mahsulotlari, optik asbob-uskunalar, farmatsevtika mahsulotlarini import qiladi.
0‘zbekistonda Rossiyaning kapitali ishtirokida 300 dan ortiq ishlab chiqarish korxonalari faoliyat ko‘rsatadi.
0‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida ko‘plab investitsion loyihalar bo'yicha kelishuvlar imzolangan va amal qilmoqda. Quyidagilar shular jumlasidandir: Ustyurt- da geologiya qidiruv ishlarini olib borish loyihasi — 105 mln. doll. («Gazprom» OAJ), Xauzakda Qandim konini o‘zlashtirish — 100 mln. doll. («Lukoyl»), «Uzdun- robita» kompaniyasida uyali aloqa tizimini kengaytirish — 98 mln. doll. (MTS).
0‘zbekistonda 714 dan ortiq (800 mln. dollardan ortiq ustav fondiga ega) qo‘shma va sof Rossiya kapitaliga asoslangan korxonalar faoliyat olib boradi.
0‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida 2014-2019-yillarga mo‘ljallangan gumanitar sohada hamkorlik dasturi amalga oshirilmoqda. Jumladan, Toshkentda М. V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universitetining, G. V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasi, I. M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti filiallari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Shu bilan birga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, qishloq xo'jaligi, avtomobil va temiryo‘1 mashinasozligi sohalarida hamkorlik jadal sur’atlarda rivojlanmoqda.
Xulosa
Rossiya innovasiyasini bir qator belgilarga qarab klassifikasiya qilinadi. Iqtisodiyotning rivojlantirishdagi aqamiyatga ko’ra innovasiya bazis yaxshilaydigan va rasionalizatsiyalaydigan ma'nolardan iborat.
Har kanday ishni tashkil qilish zarur. Tashkil etish Rossiya innovasion menejmentga tegishlidir. Innovasiyalarni boshqarishni tashkil etish juda katta ahamiyatga ega. Rossiya innovasion menejment O’zbekistondagi tadbirlarga o’tish davrida tushunchalardir. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida mazkur faoliyat bilan davlat organlaridan tortib pastki tabaqalardagi korxonalar har xil kichik biznes shaklida shug’ullanmoqliklari lozim. Innovasiya menejmentini tashkil qilish bu yangiliklarni boshqarish tizimida ko’rkamlikni tashkil etish va tartibga o’rnatuvchi qoidalar majmuasidir. U ishning asosiy yo’nalishlarini aniqlaydi. O’zgaruvchan sharoitlarni hisobga olgan xolda innovasiyalarni boshqarish sistemasini kompleks tahlili va loyihalashtirishda qat'iy to’la aniqlanmagan tartiblarni o’rnatiladi.
Ishlab chiqarish va iste'mol o’sgan ko’lamlari ilmiy-texnik tarakkiyot mulkchilikning turli shakillari mexnat harakterida sifatli o’zgarishlar, bozor iqtisodiyotiga o’tish innovasion menejmentini tashkil etishda ilmiy yondashuvni talab etadi. Bozorning obro’si uning oxirgi hisobga chiqarishni aniqlash bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |