Referat mavzu: "Rossiya iqtisodiyotining rivojlanish tendensiyalari"


Jahon xo‘jaligida Rossiyaning tutgan o‘rni va roli



Download 59,78 Kb.
bet2/6
Sana28.05.2022
Hajmi59,78 Kb.
#613976
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
referat

1.Jahon xo‘jaligida Rossiyaning tutgan o‘rni va roli
Rossiya Federatsiyasi (RF) 17,1 mln. kv. km. lik katta hududga ega bo‘lib, u egalab turgan terrritoriyasi jihatdan dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Rossiya Sharqiy Yevropaning katta qismini va Osiyo qit’asining ma’lum maydonini tasarruf etgan. Rossiya hududi jihatidan butun G‘arbiy Yevropa davlatlari egallab turgan maydondan ham bir necha bor ziyod va 14 ta chet el davlatlari bilan chegaradoshdir.
Mamlakat aholisi – 146 mln. kishidan iborat bo‘lib, u aholi soni jihatidan dunyoda Xitoy, Hindiston, AQSH, Indoneziya va Braziliyadan keyin 6-o‘rinda turadi. Aholi tarkibi xilma-xil bo‘lib, unda 100 dan ortiq turli millat vakillari istiqomat qiladi. Shuning 83 foizi ruslardan iborat. 75 foiz aholi esa shaharlarda yashaydi.
Rossiya Federatsiyasi mustakil davlat sifatida 1991 yil 12 iyulda e’lon qilindi. U BMT va MDH a’zosi. Davlat tuzumi – federativ respublika. Rossiya Federatsiya 20 ta avtonom respublika va 10 ta avtonom okrugi ma’muriy hududdan iborat.
Rossiya jahon iqtisodiyotida jiddiy o‘rin tutadi. Dunyo xo‘jaligidagi YAIMda Rossiyaning ulushini solishtirganda, u AQSH ulushidan 10 martaga, Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya va Eron ulushidan 5 martaga kam ekanligi ma’lum bo‘ladi. Jahon iqtisodiyotida Rossiya investitsiyasining solishtirma salmog‘i bor-yo‘g‘i 1 % ni tashkil etadi. Tashqi savdo borasida ham u jiddiy ulushga ega, 1,4 %. Bu esa rivojlangan mamlakatlar salmog‘idan ancha kam, janubiy Koreya ulushidan esa 2 baravar kam ekanini ko‘rsatadi. Ammo Rossiya qurol-aslaha zahirasiga egaligi jihatdan dunyoda birinchi o‘rinda turadi (55%), harbiy harajatlari esa AQShnikidan 16 baravarga, Xitoy qiladigan harajatdan esa 4 baravarga past. Rossiyaning tashqi dunyodagi qarzi deyarli yo‘q hisobida.2
2.Rossiyaning iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari
Rossiyada 1992-yildan boshlab bozor iqtisodiyotiga o'tislming neoliberal siyosa­ti — «falajli davolash» shakli qo'llanildi. Bunda aksariyat tovarlar va xizmatlar narxini erkinlashtirish, davlat mulkini tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi davlat monopoliyasini bekor qilish kabi chora- tadbirlar amalga oshirildi.
XX asrning 90-yillarida Rossiya iqtisodiyoti uchun yalpi ichki mahsulot haj­mi va ishlab chiqarish imkoniyatlarining qisqarishi kabi xususiyatlar xos bo'ldi. Bu davrda Rossiya YalM 1,4 baravarga qisqardi va 1991-yilga nisbatan 62,5 %ni tashkil etdi3. Milliy iqtisodiyotdagi eng keskin pasayish qayta ishlash sanoati tar- moqlarida sodir bo'ldi va ishlab chiqarish hajmi ikki baravarga qisqardi. Ishlab chi­qarish hajmining qisqarishi talabga salbiy ta’sir ko'rsatdi, ayniqsa, yarimfabrikal mahsulotlarga bo'lgan talab keskin pasaydi. 1990—1998-yillarcla kapital qo'yilmalar qiymati 4 baravar qisqardi.
Ishlab chiqarishga yo'naltirilgan kapital qo'yilmalar tarkibida qishloq xo'jaligining ulushi keskin pasayib, pirovard mahsulotlar (mashinasozlik, yengil sanoat) ish­lab chiqaruvchi tarmoqlarda kapital qo'yilmalar hajmi qisqardi. Investitsiya jarayonlari, asosan, aholining boy qatlamiga mo'ljallangan uylar qurish sohasida faol olib borildi. Rossiyada kapital qo'yilmalarning YalM dagi ulushi 1990-yilga nisbatan 2 baravar qisqarib, 15 %ni tashkil etdi. Ishlab chiqarishga yo'naltirilgan jamg'armalar esa YalM ga nisbatan I0%ga ham yetmadi. Rossiyada bu davrda korxonalarning faqat yarmi o'z daromadlarini ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo'naltirdi. Jamg'arish me’yori esa jahon me’yorlariga nisbatan pasayib ketdi.
1997-yildan boshlab asosiy fondlarni yangilash koeffitsenti ularning eskirish koeffitsentidan ortda qola boshladi. Natijada asosiy fondlarning yemirilishi va cskirishi jarayoni avj oldi. Texnik darajaning degradatsiyasi yangi asbob-uskunalarning jami fonddagi ulushining qisqarishida namoyon bo'ladi. Yangi asbob-uskunalar deganda 5 yildan kam muddat davomida foydalanilgan uskunalar tushuniladi. Sanoat uskunalarining o'rtacha yoshi 10,8-yiIdan 16-yilgacha o'sdi. Sanoat tarmoqlarida asosiy fondlarning eskirish ko'rsatkichi 46,4 %dan 52 %gacha oshdi. Korxonalarda ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo'naltirilgan kapital qo'yilmalarning yarmidan ortig'i qayta ta’mirlash va texnik qayta qurollantirishga yo'naltirildi. Ammo bu mablag'lar ishlab chiqarish quvvatlarini ommaviy yangilashga yetarli bo‘lmay, investitsiyalarning umumiy qiymati keskin qisqargan edi. Iqtisodiyotning real tarmoqlarining inqirozi ishlab chiqarishning samaradorligiga jiddiy ta’sir ko'rsatdi. Fondlardan foydalanish samaradorligi butun iqtisodiyot miqyosida qisqardi.4
Ishlab chiqarishda talabning keskin qisqarishi sharoitida jami talab tarkibida yetakchi o'rinni uy xo'jaliklari egalladi va ularning iste’moli 49 %dan (1991) 65 %ga (1999) yetdi. Ishlab chiqarishning qisqarishi sharoitida yalpi talabni yuqori darajada ushlab turish daromadlarni ishlab chiqaruvchilardan iste’molchilarga qayta taqsimlash orqaligina mumkin edi. Bu holatga davlat va korxonalar xarajatlarining xususiylashtirilishi orqali va ularning aholi boy qatlami («yangi ruslar») qo'lida mujas- samlashishi orqali erishish mumkin bo'ldi. Ammo uy xo'jaliklarining iste’moli mut­laq qiymatda o'lchaganda qisqardi. Natijada ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o'rtasidagi muvozanat buzildi.
Aholi iste’moli 1/5 ga qisqardi. Iste’molning asosini oziq-ovqat mahsulotlari tashkil eta boshladi. Bu turdagi mahsulotlarning jami iste’moldagi ulushi 52%ga yetdi, shundan 9 %non mahsulotlari hissasiga to'g'ri kelardi. Shu bilan birga aholi tomonidan sifatli oziq-ovqat mahsulotlarining iste’moli 40-50 %ga qisqardi. Aho­lining yarmida oqsil va vitaminlar iste’moli ilmiy asoslangan me’yordan past darajaga tushib ketdi. Bunday holat oziq-ovqat mahsulotlari quvvatliligi darajasida ham kuzatildi. Jon boshiga asosiy oziq-ovqat mahsulotlari iste’moli darajasi bo'yicha Rossiya jahonda 1990-yillardagi 6-7-o'rindan 45-o'ringa tushib qoldi. Iste’mol darajasidagi bunday keskin salbiy o'zgarishlar aholining asosiy qismining daromadlari kamayib ketishi bilan bog'liq.
Rossiya korxonalarida ishlab chiqarish va to'lov qobiliyatining pasayishi nati­jasida ilmiy-texnik tadqiqotlarga bo'lgan talab ham qisqardi. Bu esa ilmiy-texnik tadqiqotlarni moliyalashtirishning qisqarishiga olib keldi. Davlat byudjeti hisobidan ilm-fanni moliyalashtirish 10 baravar qisqardi. NIOKR ni moliyalashtirish qiyma­tining YalM dagi ulushi 1992-yildagi 0,9%dan 0,2%gacha pasaydi. Ilmiy-texnik majmua alohida qismlarga bo'lindi.
XX asrning 90-yillarida Rossiya iqtisodiyoti uchun xos bo'lgan xususiyatlar- dan yana biri «aqlning oqishi» jarayonining keskin, yuqori sur’atlarda rivojlanishidan iborat. Bu davrda Rossiyadan ko'plab olimlar, ilmiy xodimlar emigratsiya qilishdi. Natijada qator ilmiy maktablar faoliyati to'xtab qoldi va fundamental fan- larning salohiyati pasaydi. Bu esa ilmiy tadqiqotlar samaradorligining pasayishiga olib keldi. Agar 1980-yillarda fundamental va amaliy tadqiqotlarning 70% jahon talablari darajasida bajarilgan bo'lsa, 90-yillarning o'rtalariga kelib, bu ko'rsatkich 25 %ni tashkil eta boshladi.5
Ishlab chiqarishning qisqarishi va talab tarkibidagi o'zgarishlar Rossiya iqtiso­diyoti tarkibining o'zgarishiga olib keldi. Bu davrda YalM da moddiy ishlab chiqa­rishning ulushi 65 %dan 41 %gacha qisqardi. Xizmat ko'rsatish sohasining ulushi esa mutanosib ravishda o'sdi. Bu jarayonni chuqur tahlilsiz ijobiy natija deb baholash mumkin. Ammo iqtisodiy tarkib jihatidan xizmatlar o'zining asosiy maqsadiga mos kelmas edi. Xizmatlar tarkibida yetakchi o'rinni moliyaviy xizmatlar egalla­di. Rossiyada bu davrdagi moliya xizmatlariga xos muhim xususiyat — xizmatlarning, asosan, chayqovchilik xarakteriga egaligidan iborat. Bu holat mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko'rsatdi. Sanoat ishlab chiqarishining tarkibi keskin o'zgarib, uning tarkibida elektroenergetika, yoqilg'i qazib chiqarish, qora va rangli metallurgiyaning ulushi o'sib, mashinasozlik va yengil sanoat ulushi esa aksincha keskin pasaydi.
Sanoat tarmoqlaridagi tarkibiy o'zgarishlarga talab tarkibidagi keskin o'zgarishlar ta’sir ko'rsatgan. Ichki talabga ixtisoslashgan quyidagi tarmoqlarda ishlab chiqa­rish hajmi keskin pasaydi: mashinasozlik, yengil sanoat, qurilish materiallari. Ich­ki iqtisodiy inqiroz sharoitida xomashyo tarmoqlari va birlamchi qayta ishlash tarmoqlari taraqqiy etgan mamlakatlarning ichki bozorlariga ixtisoslashdi. Eng og'ir iqtisodiy vaziyat fan sig‘imkorligi yuqori bo'lgan tarmoqlarda va ular bilan bog'­liq bo'lgan harbiy sanoat majmuasida kuzatilgan. Bir qator ishlab chiqarishlar to'liq to'xtab qoldi. Jahon amaliyotida ilm sig'imkorligi yuqori tovarlarning qayta ish­lash sanoatidagi ulushi, odatda, 6 %dan past bo'lmasligi chegaraviy me’yor sifatkla qabul qilingan bo'lsa, Rossiyada bu ko'rsatkich 2-2,5 %dan oshmadi.6
XX asrning 90-yillarida Rossiyaning markazlashgan rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o'tishi mintaqalardagi muammolarning keskinlashuviga olib keldi va iqtisodiy qoloq mintaqalarning ro'yxati kengaydi. Iqtisodiy rivojlanish darajasi bo'yicha ham mintaqalar ichki bozordan deintegratsiyalashib, boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorliklarini rivojlantirdilar.
Moskva va Sankt-Peterburg kabi yirik shaharlarda ishlab chiqarish omillarining haddan ziyod markazlashuvi ro'y berdi. Rossiya subyektlari o'rtasida iqtiso­diy rivojlanish darajasidagi farq bir necha yuz baravarni tashkil qildi.
Iqtisodiy rivojlanishga inflyatsiya darajasi ham salbiy ta'sir ko'rsatdi.
1992-1996-yillarda iste’mol narxlari indeksi 2,2 ming baravar oshdi. 90-yillarning oxiriga kelib inflyatsiya sur’atlari birmuncha pasaydi va yiliga 30-86 %ni tashkil qildi.
Shuningdek, 90-yillarda Rossiya iqtisodiyotida dollarizatsiya jarayoni ham avj oldi. Aholi qo'lidagi dollarlar qiymati naqd pul massassi qiymatiga deyarli tenglashib qoldi. Xorijiy valyuta jamg'arish vositasi vazifasi bilan birgalikda to'lov vositasi vazifasini ham bajardi. Bu esa milliy pul birligini barqarorlashtirish jarayoniga salbiy ta’sir ko'rsatdi.
1990-yillarning oxiriga kelib iqtisodiy vaziyat o'zgara boshladi. Siyosiy holatning barqarorlashuvi iqtisodiy o'sish uchun shart-sharoitlar yaratdi. Misol uchun, 1990—2000-yillarda Rossiyada YalM hajmi yiliga o'rtacha 4,8 %ga pasaygan bo'l­sa, 2000-2004-yillarda o'rtacha 6,1 %ga o'sdi.
Iqtisodiyotning tiklanishi davrida, ya’ni 2000-2004-yillarda ichki talabning YalM dinamikasiga ta’siri kuchayib bordi. Ishlab chiqarishda talabning o'sishi jami talab tarkibida uy xo'jaliklari ulushining pasayishiga olib keldi. Uy xo'jaliklarining iste’moli 1999-yildagi 65 %dan 50%gacha qisqardi. Ammo uy xo'jaligi iste’moli- ning tarkibida oziq-ovqat mahsulotlarining yetakchi o'rni saqlanib qoldi. Aholi iste’­moli miqdori va tarkibiga o'rtacha daromadning past darajasi salbiy ta’sir ko'rsatdi. Aholining real daromadi 2004-yilda 1990-yilga nisbatan 66 %ga, daromad miqdori yashash minimumidan past bo'lgan aholining ulushi 18,0 %ga yetdi. Bu davrda aholi daromadlarining detsil koeffitsiyenti bo'yicha farqlanishi 15 baravarni tashkil qildi.7
Shuningdek, 2000-yillarda Rossiya milliy valyutasi — rublning ayirboshlov kursi mustahkamlanib bordi. Bu ko'rsatkich birinchi o'rinda jahon bozorida mine­ral resurslar narxlarining keskin o'sib borishiga ta’sir ko'rsatdi. Natijada Rossiya­ning valyuta zaxirasi keskin o'sib, davlatning tashqi qarzi esa qisqarib bordi.
2004-yilga kelib sanoat tarkibida yoqilg'i energetikasi tarmog'ining ulushi 21,4 %ni tashkil qildi va yetakchi o'rinni egalladi. Mashinasozlik tarmog'i ikkinchi o‘ringa tushib qoldi. 1990-yilda bu tarmoqning ulushi 30,3 %ni tashkil qilgan bo'l­sa, 2004-yilga kelib bu ko'rsatkich 18,6 %gacha tushdi. Oziq-ovqat sanoatining ulu- shida ham qisqarish kuzatildi va 2004-yilga kelib, bu tarmoqning jami sanoat mah­sulot ishlab chiqarishdagi ulushi 13,2 %ni tashkil etdi.
Rossiya iqtisodiyotidagi bunday ijobiy tarkibiy o'zgarishlar 2008-yilga qadar davom etdi. 2008-yilning ikkinchi yarmidan boshlab Rossiya iqtisodiyotiga jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi salbiy ta’sir ko'rsata boshladi. Tashqi va ichki omillar ta’siri ostida Rossiya iqtisodiyotida ishlab chiqarishning keskin pasayishi kuzatildi.1-jadvalda Rossiya iqtisodiyotining 1993-2013-yillardagi rivojlanish dina­mikasi keltirilgan.

Rossiya makroiqtisodiy rivojlanishining ko'rsatkichlari dinamikasi (1990-yilga nisbatan %da) (1-jadval).




1993-y.

1995-y.

1998-y.

2000-y.

2005-y.

2008-y.

2009-y.

2010-y.

2013-y.

Sanoat mahsulotlari­ni ishlab chiqarish

64,9

49,7

46,2

54,2

71,2

82,1

73,2

78,8

89,1

Qishloq xo'jalik mah­sulotlarini ishlab chi­qarish

82,7

67,0

56,0

62,8

73,1

86,7

87,7

78,9

92,3

Asosiy kapitalga investitsiyalar

44,9

30,7

21,0

25,9

41,5

65,3

54,7

56,1

68,6

Aholi ixtiyoridagi daromad

51,1

40,0

32,8

36,7

63,3

82,9

84,3

89,0

99,5

Manba: Нешитой А. С. Императив смены экономического курса. //Бизнес и банки, №08 (I037) март 2011. С. I.


1-jadval ma’lumotlarini tahlil qilish asosida quyidagi xulosalarni olish mumkin:

  • sanoat va qishloq xo'jaligida 1990-yildagi ishlab chiqarish hajmi darajasi hali tiklanmagan. Yalpi ishlab chiqarish 2009-yilda sanoatda 73,2 %ga tiklangan bo'lsa, qishloq xo'jaligida 87,7 %ga tiklangan;

  • jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi Rossiya iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko'rsat­di. Bu inqiroz ta’sirida Rossiya sanoatida 1990-yilga nisbatan tiklanish jarayoni to'xtab qolgan bo'lsa, qishloq xo'jaligida tiklanish sur’atlari pasaydi;

  • asosiy kapitalga sarflanayotgan investitsiyalarda keskin o'zgarishlar kuzatildi. Misol uchun, 2000-yilga qadar bu ko'rsatkich qisqarib borgan bo'lsa, 2000-yil- dan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga qadar o'sish tendensiyasiga ega bo'ldi.

2009-yilda inqiroz ta’siri ostida Rossiya iqtisodiyotida asosiy kapitalga investi­tsiyalar hajmi keskin qisqardi;

  • hozirda Rossiya iqtisodiyotida asosiy kapitalga yo'naltirilgan investitsiyalar­ning o'sib borishi kutilmoqda;

  • aholi ixtiyoridagi daromad ko'rsatkichi 1998-yiIdan boshlab o'sib bordi va bu ko'rsatkich 2013-yilda 1990-yilga nisbatan deyarli tenglashdi.

Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasi hajmi tashqi savdoning ijobiy saldosi hisobidan ortib borayotganligini kuzatish mumkin. 2009-yilda Rossiya tashqi savdo saldosi 2008-yilga nisbatan 37,0 %ga qisqargan bo'lsa, 2013-yilda 179 mlrd. dollarni tashkil etdi. O'z navbatida, eksport hajmi 2009-yilda 2008-yil­ga nisabatan 35,5 %ga pasaygani holda, 2013-yilda 2012-yilga nisbatan 103,0 %ga o‘sdi. Bunday holat va o'sish dinamikasi Rossiya importida ham kuzatiladi. Jumla­dan, Rossiya importi 2009-yilda 35,6 %ga qisqargan bo‘lsa, 2013-yilda 2012-yilga nisbatan 100,2 %ga o‘sib, 344,3 mlrd. dollarga teng bo‘ldi. (2-jadval)

Rossiyaning tashqi savdosi aylanmasi dinamikasi, 1995-2013-yy. (mlrd. doll.) ( 2-jadval)




1995-y.

2000-y.

2005-y.

2006-y.

2007-y.

2008-y.

2009-y.

2010-y.

2013-y.

Tashqi savdo aylan­masi

145

149,9

369,2

468,6

578,2

763,5

495,2

625,4

867,6

Eksport

78,2

103,1

241,5

301,2

351,9

467,6

301,7

396,4

523,3

Import

66,8

46,8

127,7

167,4

226,3

295,9

193,5

229

344,3

Savdo balansi saldosi

11,4

56,3

113,8

133,8

125,6

171,7

108,2

167,4

179,0

Manba: Линецкий А. Ф. Внешнеэкономическая деятельность регионов России в постцентрализованной экономике // Международная экономика №11, 2011. С. 78.; Россия в цифрах 2014. — М., 2014. С. 517.

3.Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining Rossiya iqtisodiyotiga tasiri va inqirozga qarshi choralar dasturi
Global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz Rossiyaning makroiqtisodiy rivojlanishiga sal­biy tasir ko'rsatdi. 2008-2009-yillarda bu inqiroz ishlab chiqarish miqyosi va aholi turmush darajasiga salbiy tasir ko'rsatdi. Ushbu davrda Rossiyaning qiyin iqtiso­diy va ijtimoiy holatga tushib qolishiga tashqi omillar sabab bo'ldi. Animo mam­lakat ichki iqtisodiyotidagi kamchiliklar ham inqirozning salbiy tasirining yanada kuchayishiga olib keldi.
Fikrimizcha, Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining Rossiya iqtisodiyotiga tasiri quyidagi tashqi omillar bilan izohlanadi.
Birinchidan, Rossiyaning eksport tovarlariga jahon bozoridagi talabning keskin qisqarishi. Rossiya eksportida neft mahsulotlari, mctallar va boshqa xom­ashyo resurslari yetakchi mavqega ega. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi dunyo bozorida ushbu tovarlarga bo'lgan talabning keskin qisqarishi va jahon xomashyo bozorlaridagi narxlarning pasayishiga olib keldi. Tashqi savdodan keladigan valyu­ta tushumlarining qisqarishi mamlakat to'lov balansida salbiy o'zgarishlarga sabab bo'ldi, davlat byudjeti daromad qismi tushumlarini keskin kamaytirdi. В ularning barchasi rubl ayirboshlov kursining devalvatsiyasini keltirib chiqardi. Jumladan, Rossiyada bir AQSh dollari kursi 2008-yil 16-iyulda 23.12 rublga teng bo'lgan bo'l- sa, 2009-yil 19-fevralda 36,42 rublga tenglashdi, ya'ni yetti oy ichida rubl kur­si 57,5 %ga devalvatsiya bo'ldi. Yevroning bu davrdagi kursi 34,08 rubldan 46,84 rublgacha oshdi — devalvatsiya darajasi 37,4 %ni tashkil etdi.8
Shuningdek, jahon bozori konyunkturasidagi keskin vaziyat Rossiyaning aso­siy eksportyor korxonalari va tarmoqlarining rivojlanish dinamikasiga salbiy ta’­sir ko'rsatdi. Tovar eksport qiluvchi korxonalar daromadlarining keskin qisqarishi ularni investitsiya dasturlarini qayta ko'rib chiqishga majbur qildi. Bu, o'z navbati- da, mazkur dasturlarni amalga oshirishga ko'maklashuvchi tarmoqlarda ishlab chi­qarish hajmining qisqarishiga olib keldi.
Ikkinchidan, jahon moliya bozorlaridagi pasayish va likvidlik bilan bog'liq muammolar. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida likvid vositalar takIifi­ning keskin qisqarishi Rossiya korxonalarida pul bozori dastaklaridan foydalanish imkoniyatlarini cheklab qo'ydi. Bu holat Rossiya ichki bozorida kredit olish imko- niyatlarining kamayishi va kreditlar bo'yicha foiz stavkalarining o'sishiga olib keldi.
Inqirozga qadar Rossiya korxonalari qayta kreditlash9 strategiyasidan keng I'oy- dalanishgan. Inqiroz sharoitida bu strategiyani qo'llash imkoniyati keskin cheklan- di. Shu sababli likvidlik inqirozining ta’siri natijasida Rossiyaning aksariyat yirik korxonalari va banklari og'ir moliyaviy holatga tushib qoldi.
Uchinchidan, Rossiya iqtisodiyotidan xorijiy kapitalning chiqib kctishi. Hozirgi inqiroz sharoitida 1997-yilda ro'y bergan Janubi-Sharqiy Osiyodagi moliya­viy inqirozdagi kabi xorijiy kapital rivojlanayotgan bozorlarni jadal sur’atlar bilan tark eta bosh lad i.
Rossiyadagi makroiqtisodiy holatning yomonlashuvi xorijiy investorlarga kapitalning mamlakat iqtisodiyotidan chiqishiga unday boshladi. Natijada Ros­siya fond bozorining hajmi 4,5 baravarga qisqardi. Misol uchun, RTS indeksi 2008-yilda erishgan maksimal qiymatdan (2450) minimal qiymatgacha (550) pasaydi. Fond bozoridagi inqiroz Rossiyaning yirik korxonalari kapital lash ish darajasining pasayishi va xorijiy kapitaldan foydalanish imkoniyatlarining kes­kin cheklanishiga olib keldi.
Rossiya iqtisodiyotiga yuqorida keltirilgan tashqi omillardan tashqari mamlakatda mavjud ichki nomutanosibliklar va omillar sabab bo'lgan. Bu omillarga quyida- gilarni kiritish mumkin.
1.«Uzoq muddatli» pullardan kam miqdorda foydalanish. Rossiyada jam- g‘ariladigan pensiya tizimi rivojlanmagan va zamonaviy sug‘urta tizimi ham mav­jud emas. Payli fondlar nisbatan kech shakllanganligi sababli ushbu fondlar inqi­rozga qadar yetarlicha moliyaviy resurslarni yig‘ib olishga ulgurmagan. Yuqorida qayd etilganlarning barchasi Rossiyada qisqa muddatli pullardan keng foydalanish- ga, likvid vositalar taqchi 11 igiga, moliya tizimi va real sektorning beqarorlashuvi- ga olib keldi.
2.Rossiya fond bozorida xorijiy kapitalning yetakchi mavqega egaligi. Ros­siyada moliyaviy inqirozning boshlanishi 2008-yilning avgust oyida xorijiy inves- torlarning chayqovchilik kapitalini ommaviy olib chiqib ketishlari bilan bogMiq. Janubiy Osetiya va Abxaziyadagi keskin, urush vaziyati sharoitida mamlakatdan 35 mlrd. dollar chiqib ketdi va bu Rossiya fond bozorlari ko‘rgan eng katta talafot bo‘ldi. 2008-yilda Rossiyartan chiqib ketgan kapitalning umumiy qiymati 130 mlrd. dollarni tashkil etdi.
3.Xususiy sektor tashqi qarzining iqtisodiy xavfsizlik me’yorlaridan yuqo­ri bo‘lishi. Xorijdan katta hajmdagi kapitalning korporativ sektorga kirib kelishi natijasida bu sektorning tashqi qarzi jadal sur’atlar bilan o‘sib bordi. Oxirgi uch yil ichida Rossiyada davlatning tashqi qarzi keskin qisqargani holda, ushbu davrda kor­porativ sektorning tashqi qarzi o‘sib bordi. Inqiroz boshida korporativ sektorning tashqi qarzi 5055 mlrd. dollarni tashkil etdi va u Rossiya YalM ning 34 %ga teng bo‘Idi. Bundan tashqari, korporatsiyalar o‘z qarzlarini qaytarish maqsadida yan­gi kreditlar olishdi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida likvid vositalar- ning kamayishi kuzatiladi. Shu sababli Rossiya korporatsiyalari yangi kreditlar ola olmadi va eski kreditlarni qaytarishda qator qiyinchiliklarga duch kelishdi. Nati- jada, xususiy sektorning tashqi qarzi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining Ros­siya iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishida asosiy katalizatorga aylandi. 2009-yil- ning oxirigacha Rossiya korporatsiyalarining xorijga qaytarishi kerak bo‘lgan qar­zi 160 mlrd. dollardan oshib ketdi.
4.Iqtisodiyotning real sektoridagi tarkibiy nomutanosibiiklar. Sanoat tar- moqlarining tarkibiy tahlili natijalariga binoan xomashyo tarmoqlari, shu jumladan dastlabki ishlov berish bilan bogliq boMgan tarmoqlarning hissasiga yalpi ishlab chiqarishning 60 % to‘g‘ri keladi. Sanoat tarmoqlarining ulushi esa 20 %ni tashkil qiladi. Umuman olganda, jahon bozorida Rossiya qator xomashyo tovarlari ekspor­ti bo‘yicha yetakchi o‘rinlarni egallaydi. Misol uchun, tabiiy gaz va neft qazib chi­qarish bo‘yicha birinchi, polimateriallar ishlab chiqarish bo‘yicha ikkinchi, ishlov berilgan cho‘yan bo‘yicha uchinchi, po‘lat ishlab chiqarish, qora metall tayyor pro- kati, mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish bo‘yicha to‘rtinchi, temir rudasini qazib chi­qarish bo‘yicha beshinchi o‘rinlarni egallaydi.
Rossiya sanoatining tarkibiy tuzilishi — bu mamlakatning tashqi savdosi tar­kibida o‘z aksini topgan. Milliy eksportning 2/3 qismidan ko‘prog‘i mineral xom­ashyo va yarimfabrikatlar eksportiga to‘g‘ri keladi. Ayniqsa, energoresurslarning, qora va rangii metallarning, o‘g‘it va o‘rmon xo‘jaligi mahsulotlarining Rossiya eks- portidagi ulushi yuqori. Tabiiy gaz, olmos, alyuminiy, nikel, azotli o‘g‘itlar eksporti bo‘yicha Rossiya jahon iqtisodiyotida birinchi o‘rinni egallasa, neft va neft mahsu­lotlari, elektroenergiya va qora metall prokatining eksporti bo‘yicha uchinchi-to‘r- tinchi o‘rinlarni egallaydi.
5.Inflyatsiyaning yuqori sur’atlari. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga qadar Rossiyada inflyatsiya darajasi 13 %ga yetgan edi. Inflyatsiya sur’atlarini pasayti- rishga qaratilgan monetar siyosat, xomashyo eksportidan olingan valyuta steriliza- tsiyasi samara bermadi.
6.Byudjet xarajatlarining yuqori sur’atlar bilan o'sishi. Oxigi yillarda Ros­siyada byudjet xarajatlarining o'rtacha yillik o'sish sur’atlari 35%ni tashkil etdi. Bu holat 2003-2007-yillar va 2008-yilning birinchi yarmida katta miqdorda xori­jiy valyutaning oqib kelishi bilan bog'liq bo'lsa, boshqa yillarda davlatning yuqo­ri darajadagi ijtimoiy va iqtisodiy majburiyatlari bilan bog'liq bo'lgan. 2008-yilda Rossiya Federal byudjet xarajatlari YalM ning 2,2 % miqdorida o'sdi. Jahon moliya­viy-iqtisodiy inqirozi sharoitida Rossiya boshqa mamlakatlar kabi keng miqyosli byudjet ekspansiyasini qo'llashga majbur bo'lishi byudjet xarajatlarining yanada oshib borishiga olib keldi.
7.Monetar siyosat. Rublning defitsiti Rossiyadagi inqirozning asosiy saba- bi va muammosidir. Rossiya iqtisodiyotining monetizatsiya darajasi yuqori emas va bu ko'rsatkich 2009-yilda 40%ni tashkil qilgan, Rossiyaning ayrim hududlari­da banklar aktiv faoliyat ko'rsatmaydi.
Rossiya iqtisodiyotida monetizatsiya darajasining past bo'lishi ko'p jihatdan mamlakatning Markaziy bank siyosati bilan bog'liq. Rossiya Markaziy banki inflyatsiyaga qarshi kurash maqsadida pul massasini qisqartirishga harakat qiladi. Shu bilan birga Rossiya bank tizimi boshqa mamlakatlarga nisbatan kichik. Misol uchun, sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda bank tizimi aktivlarin ing YalM ga nisbati 100 %ni tashkil qilsa, Rossiyada bu ko'rsatkich taxminan 61 %ga teng.
Rossiyaning xalqaro mehnat taqsimotidagi o‘rni yoqilg'i-energetika majmua­si bilan belgilanadi. Bu holat uning tashqi savdosida ham o'z aksini topgan. Ros­siya eksportida mineral xomashyolar yetakchi mavqega va o'sib borish tendensiya- siga ega. Tahlillar ko'rsatishicha, 1995-yilda Rossiya eksportining tarkibida mine­ral xomashyolar ulushi 42,5 %ni tashkil etgan bo'lsa, 2013-yilda ushbu ko'rsat­kich 71,6 %ga teng bo'ldi. Agar jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida xom­ashyo resurslarining narxi keskin pasaymaganida Rossiya eksporti tarkibida mineral resurslar ulushi yanada yuqori bo'lardi. Rossiya eksporti tarkibida mashinosozlik, asbob-uskunalar va transport vositalarining ulushi kamayib bormoqda. Agar bu tur- dagi mahsulotlarning Rossiya eksportidagi ulushi 1995-yilda deyarli 10,2 %ni tash­kil qilgan bo'lsa, 2013-yilda qator salbiy omillar ta’siri ushbu ko'rsatkich 5,4%gacha kamaydi.
Shuni ta’kidlash joizki, harbiy texnika ishlab chiqarish va uni eksport qilish bo'yicha Rossiya jahon bozorida yuqori darajada raqobatbardosh deb hisoblanadi. Uzoq davr mobaynida Rossiya jahon bozorida bu turdagi mahsulotlarning alohida o'rnini saqlab qolmoqda. Uning bu bozordagi asosiy raqobatchilari qatoriga AQSh, Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniyani kiritish mumkin. 2009-yilda jahon bozo­rida Rossiya harbiy texnika bo'yicha AQSh dan keyingi ikkinchi o'rinni egalladi. Jahon eksportida harbiy texnika bo'yicha AQSh ning ulushi 38 %ni tashkil qilsa, Rossiyaning ulushi 14%ga teng bo'ldi.
Ammo Rossiya eksportida birlamchi qayta ishlash mahsulotlarining katta ulu­shi va bunday mahsulotlarning jahon bozori konyunkturasida narxlarning keskin tebranishi Rossiya iqtisodiyotining raqobatbardoshligiga salbiy ta’sir ko'rsatmoqda. Shu bilan birga Rossiyaning bir qator tarmoqlarining va ichki iste'molchilarining importga bog'liqligini kuzatish mumkin. Bu holat ayniqsa mashinasozlik va tex­nika mahsulotlarining importida keng rivojlangan. Mashinasozlik va texnika mah­sulotlarining Rossiya importidagi ulushi 2008-yilda deyarli 53 %ga yetgan. Jahon bozorida narxlarning pasayishi sababli 2013-yilda mashinasozlik va texnika mah­sulotlarining Rossiya importidagi ulushi 48,6%gacha pasaydi. Shuningdek, Ros­siya importida oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi nisbatan yuqori bo'lib, 2013-yil­da oziq-ovqat mahsulotlari importining ulushi 2013-yilda 13,6 % ni tashkil qildi.
Bundan tashqari, fan sig'imkorligi yuqori bo'lgan tovar va xizmatlar bozorida Ros­siyaning ulushi juda ham kam. Rossiyada fan sig'imkorligi yuqori bo'lgan mahsulot­lar eksportining qiymati 2000—2006-yillarda 2 baravar oshganiga qaramasdan, bu tur­dagi tovar va texnologiyalarning mamlakat eksportidagi ulushi 2,7 %ni tashki qiladi. Bu turdagi mahsulotlarning jahon bozoridagi AQSh ulushi 24,9 %ni, Yevropa Ittifoqi- ning ulushi 15 %ni va Yaponiyaning ulushi esa 13 %ni tashkil qilsa, Rossiyaning ulushi 0.3-0,4 %ga teng. 2009-yilda innovatsion mahsulotlar va texnologiyalarni jahon bozoriga olib chiqish bo'yicha Rossiya 160 ta mamlakat orasida 80-o'rinni egaladi.
Fan sig'imkorligi yuqori bo'lgan jahon xizmatlar bozorida Rossiyaning ulu­shi katta emas. Bu ko'rsatkich 1 %dan ham kam. Kompyuter va axborot xizmatlari eksporti hajmi bo'yicha Rossiya Hindistondan 38 baravar, AQSh dan 20 bara­var va Xitoydan 4,5 baravar ortda qolmoqda. Ta’lim xizmatlari jahon bozorida esa Rossiyaning ulushi 0,25 ga yetmaydi. «The Economist Intelligence Unite» xulosa- siga binoan Rossiya internet ta’limi bo'yicha 55-o'rinni egalladi. Shu sababli eks­portga yo'naltirilgan ishlab chiqarish ni di versi fi katsiyalash va uni texnologik yan- gilash muammosi Rossiya uchun eng dolzarb muammolardan biridir. Ushbu muammoni hal etmasdan Rossiya iqtisodiyotining jahon bozoridagi raqobatbardoshliligini oshirib bo'lmaydi.

Download 59,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish