O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
Texnika fakulteti “Arxitektura” kafedrasi
“Shaharsozlik asoslari va barqaror rivojlanish”
Fanidan
REFERAT
Mavzu: O’zbekistonda landshaft joylashtirishdagi asosiy muamolari
Bajardi: 204-guruh talabasi Matkarimova Xosila
Qabul qildi: Setmamatov Maqsud
URGANCH-2022
Reja:
Landshaft va uning turlari
Landshaftlardagi ma’lum maqsadlardga ko’zlab qilingan ta’sirlar
Tabiiy- antropogen landshaftlar va ularning hosil bo’lish omilllari
‘’Landshaft’’ nemischa so’z bo’lib ‘’ Joy’’ degan ma’noni bildiradi. Keng ma’noda landshaft deganda tabiiy hududiy kompleks tushuniladi. Masalan : tayga zonasi,botqoq , tundra, so’l, va h.k
Tor ma’noda landshaft – yer yuzasining tabiiy chegaralari bilan ajralib turuvchi joyidir. Landshaft hududiy yahlitligi , vujudga kelishiga ko’ra bir butunligi, geografik tuzulishi, relyefi, iqlimi , tuproqlari, o’simlik va hayvonot dunyosining bir xilligi bilan ajralib turadigan tabiiy hududiy komleksdir. Masalan: Qizilqumdagi qumli, gilli , taqirli, sho’rxokli landshaftlar , tog’lardagi yaylov,o’rmon, vodiy landshaftlari shular jumlasidandir.
Landshaftlar joy , maydon va fatsiyalardan tuzilgan bo’lib , uning eng kichik birligi fatsiyadan iboratdir.
Fatsiya – bir xil tog’ jinslariga , relyefga , tuproqqa , namlikka, mikroiqlimga , o’simlik va hayvonot dunyosiga ega bolgan eng kichik tabiiy hududiy kompleksdir. Masalan:qayir fatsiyasi, o’zan fatsiyasi, toshli qayir, gilli qayir fatsiyasi.
Maydon – fatsiyalar tizimidan iborat tabiiy hududiy komleksdir. Demak , maydon hudud jihatdan katta bo’lib , bir nechta fatsiyalarni birlashtiradi . Masalan :botiqdagi sho’r va sho’rxoklar , oq saksovulli tekis qumlar do’ngli qumlar va h.k.
Joy –maydonlar majmuasidan iborat bo’lgantabiiy hududiy kompleksdir. Masalan:yoyilmalarning yuqori, o’rtava quyi qismlari , tog’larning suvayirg’ichi, yonbag’rlari va h.k.
Ma’lum bir hududdagijoylar yig’indisi landshaftni tashkil qiladi Masalan:-qumli gilli, toshli, taqirli joylardan iborat.
Demak landshaft – joylar majmuasidan, maydonlar esa fatsiyalardan iborat.Yoki landshaftlar –joylarga , joylar-maydonlarga , maydonlar-fatsiyalarga bo’linar ekan.
Landshaft hosil qiluvchi omillar-geografik komplekslarning shakllanishida ishtirok etuvchi landshaft komponentlari:iqlim, geologik tuzilishi, relief , tuproqlar, o’simliklar, hayvonot dunyosi. Bundan tashqari ,ular litogen ( tog’ jinslari,relyef shakllari) giroiqlimiy o’simlik va hayvonot dunyosi omillar deb ham yuritiladi
2. Aslini olganda , landshaftlar juda ko’p va turli –tuman omillar ta’sirida shakllanadi, rivojlanadi. Ular landshaftlarda turli sifat va xususiyatning shakllanishida turlicha ahamiyat kasb etadi . Agar landshaftlarning shakllanishida ma’lum bir turdagi omillar ahamiyatli hisoblansa, ularning tabaqalanishida yoki o’zgarishida esa yana bir boshqa gurux omillar ahamiyatli bo’lishi mumkin. SHu nuqtai nazardan qaralganda , tabiiy landshaftlarning antropogen landshaftlarga aylanishida antropogen omil asosiy kuch sanaladi. SHuning uchun ham inson faoliyati ta’sirida o’zgargan landshaftlarni antropogen landshaftlar, deb atashdan ko’ra,antropogen omil ta’sirida o’zgargan landshaftlar deb atash tog’riroq bo’lar edi.Antropogen omillar ta’sirida landshaftlarning morfologik qismlari orasidagi modda va energiya almashinishi bilan ham bog’liqdir. Natijada landshaftlardagi vertikal va gorizontal aloqadorlikning o’zgarishi ohir oqibat landshaftlar strukturasining o’zgarishiga sabab bo’ladi. Mazkur landshaftlar tarkibi, o’zini- o’zi boshqarish darajasi bo’yicha bir- biridan farqlanishi sababli ular dala – bog’ va o’tloqi –yaylov sinfchalariga bo’linadi.
Sinfchalar mintaqa kengliktiplariga ajratiladi
Landshaftlarning dala sinfchasi yerni haydash , o’g’it solish ,ekinlarni yetishtirish natijasida shakllanadi.
Landshaftlarning o’tloqi- yaylov sinfchasi- yer yuzasining barcha landshaft iqlim mintaqalarida mavjud. Uning tarkibi ,o’zgarishi mazkur maydonlardan yaylov sifatida mol boqish darajasiga bog’liq.
Landshaftlarning bog’ va bog’dala sinfchasi- madaniy o’rmon majmuasiga o’hshash bo’lib , qayta tiklanish darajasi nisbatan past bo’ladi . Bog’lar ta’sirida landshaftda antropogen o’zgarishlar sodir bo’ladi. Inson dehqonchilik bilan shug’ullanar ekan u o’z oldiga eng avvalo iloji boricha koproq qishloq xo’jalik mahsuloti olishni maqsad qilib qo’yadi. Bu maqsadga erishish uchun landshaftni tekislaydi , o’g’it soladi tuproqni ma’lum bir qalinlikda ag’darib tashlaydi , ma’lum bir ekin ekadi, sug’oradi , begona o’tlar va zararkuranda hashorotlarga qarshi turli xil dorilarni ishlaydi ,tuproqning sho’rini yuvadi., zah suvlarni qochiradi va hakazo.
Natijada , bizga yahshi tanish bo’lgan antropagen landshaftlar ichida Madaniy landshaft deb atalishi mumkin bo’lgan hamda yuqori mahsuldorlik ,iqtisodiy samaradorlik kabi talablarga ozmi kopmi mos kela oladigan landshaftlar hosil bo’ladi .
Bu o’z navbatida , ilgari shu landshaftlarga xos bolgan tabiiy xilma –xillikni soddalashishiga hamda moddaning , shu jumladan , to’yimli moddalarning aylanma harakati , organizmlar sonining muvofiqlanib turishi , tuproq unumdorligining maromida bo’lishi landshaftlarning o’zini o’zi saqlab turishida juda katta va hal qiluvchi ahamiyatga egadir.
Sug’orma dehqonchilik inson hisobga olmagan ba’zi hodisa va jarayonlarni masalan, yer osti suvlari sathining ko’tarilishi ,dalalardan qaytgan oqova suvlarining tarkibida mineral tuzlarning ortib ketishi , ikkilamchi sho’r bosishi irrigatsiya eroziyasi va h.k. ni keltirib chiqarishi mumkin.
SHuning uchun ham antropogen rivojlanish orasida yuzaga keladigan qarama –qarshiliklarni oldini olish yoki juda bo’lmaganda ularning ko’lamini kamaytirish uchun landshaftlarning tashqi ta’sir kuchlariga nisbatan barqarorligini aniqlab olish katta ilmiy va amaliy ahamiyatni kasb etadi.
1970 yilda Voronej davlat universitenining professori F.N.Milkov o’zining ‘’landshaftnaya sfera zemli’’nomli kitobida ‘’ inson tomonidan o’zgartirilgan va barpo etilgan komplekslarni o’rganish bilan antropogen landshaftshunoslik shug’ullanishi kerak’’. Deb ta’kidlab o’tganidan so’ng landshaftshunoslik tarkibida yangi bir ilmiy yo’nalish antropogen landshaftshunoslik shakllana boshladi. Inson tomonidan tabiatning ichki imkoniyatlarini rivojlantirish , tabiiy jarayonlarni faollashtirish , geotizmlarning qaratilgan tadbirlar tizimini amalga oshirish maqsadida yaratilgan geotizmlarni qaratilgan tadbirlar tizimini inson tomonidan o’zgartirilgan geokomplekslarni antropogen geokompleks deb atash mumkin .
Uningcha , landshaftlarning ayrim komponentlarni inson tomonidan o’zgartirilgan bo’lsayu ammo, geologo- geomorfologik zamini o’zgarmay qolgan
3 Yer landshaft qobig’ining taraqqiyot tarixida odamning va keyinchalik kishilik jamiyatining paydo bo’lishi o’ziga xos va geografik jihatdan muhim voqealardandir.
Uning natijasida yuzaga kelgan tabiat –jamiyat tizimini ichki qarama qarshiliklarga boy bo’lib , jamiyat qismining faolligi bilan belgilanadi .
Har bir muayyan landshaft yer landshaft qobig’ining qir qismi sifatida , inson omilining tasiri muayyan darajada sezilmoqda.
Tabiiyki yer landshaft qobig’ining rivojlanish tarixi davomida landshaftlar doimo bir xil bolmagan .
Antropogen landshaftlar to’risidagi dastlabki tushinchalar XX asr boshlarda V. P.Semyonov-Tyanshanskiy tomonodan asoslangan edi.
F.N.Milkov 1986 yer landshaft qobig’ining rivojlanish bosqichlarini tahrir qilar ekan dastavval 3 bosqichni ajratadi.
1.tobiogen bosqich
2.biogen bosqich
3. antropogen bosqich
XX asr ning 40-50 yillarida geografik adabiyotda ‘’madaniy landshaftlar ‘’ yoki o’zgartirilgan landshaftlarga bag’ishlangan ilmiy maqolalarni birin ketin paydo bo’lishi .
B u borada ayniqsa ,Yu .G .Saushkinning 1946-madaniy landshaftlarni o’rganish uchun geografiyaning alohida tarmog’I bolishi kerak .
Do'stlaringiz bilan baham: |