Referat mavzu: mtm da ekologik tarbiya. Kirish



Download 83,5 Kb.
bet1/4
Sana01.01.2022
Hajmi83,5 Kb.
#294763
TuriReferat
  1   2   3   4
Bog'liq
MTMDA EKOLOGIK TARBIYA MUSTAQIL TAʼLIM




BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI

MAKTABGACHA VA BOSHLANGʻICH TAʼLIM FAKULTETI

MMAKTABGACHA PEDAGOGIKA FANIDAN

REFERAT

Mavzu: MTM da ekologik tarbiya.

KIRISH

1.BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA EKOLOGIK TARBIYA BERISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI

1.1. Ekologik tarbiya haqida. MTM da ekologik tarbiya.

1.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik tarbiya berishda xalq

topishmoqlaridan foydalanishning amaldagi ahvoli



Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish

Yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash, ularni ona yurtni sevishga, moddiy va ma’naviy boyliklarini asrab-avaylashga, atrof-muhit tozaligini ta’minlashga o’rgatish muhim ahamiyat kasb etadi.

Bolalarni maktabgacha yosh davridan boshlab tabiatni asrab-avaylashga oid ekologik bilim bilan qurollantirish va tabiat bilan yaqindan tanishtirib borish, shu orqali ularning borliq haqidagi tasavvurlarini boyitish, dunyoqarashini o’stirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, ma’naviy hissiyotlarini rivojlantirish juda muhim.

Bolalarda ilk yoshdanoq inson va tabiat, ularning bir-biriga nisbatan ta’sir ko’rsatish, uyg’unligi haqidagi bilimlarni berish, ona tabiatga mehr-muhabbat uyg’otish – bugungi kunning dolzarb vazifasidir.

Shu bois, maktabgacha yoshdan boshlab bolalarga ekologik tarbiya berishning pedagogik imkoniyatlarini aniqlash, zamonaviy shakl va usullarini topish, tarbiyaviy vositalarini aniqlash talab etiladi.

Albatta maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishda xalq og’zaki ijodi janrlaridan keng foydalaniladi. Chunki, xalq og’zaki ijodi janrlari sodda tildaligi, ta’sirchanligi, tushunarliligi bilan bolalarning zehnini charxlashga, aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishga, dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladi.

Ayniqsa, topishmoqlar ixchamligi, mazmunan teranligi, zavqliligi va qofiyalari bilan bolalarni o’ziga tez jalb qiladi va esida saqlanib qoladi.

Topishmoqlar ma’nabiy jihatdan yuksak mazmun va mohiyatga ega. Topishmoqlar orqali bolalarga tabiat, borliq, narsa-hodisalar haqida bilim berish, ularda hayot go’zalligini tushunib yetishlariga, tevarak-atrofdagi barcha narsalardan zavqlanishga, ularni qadrlashga o’rgatiladi.

Shu bois, keyingi yillarda bu masalaga asosiy e’tibor qaratila boshlandi.

Jumladan, uzluksiz ta’lim tizimida ekologik tarbiya berishning ilmiy asoslari yaratildi. Atrof-muhitni muhofazalashga qaratilgan qator hujjatlar qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning tashabbuslari bilan

O’zbekiston ekologik harakati tashkil etildi.

Mamlakatimizda inson salomatligini muhofaza qilishda ekologiyaning ta’sirini inobatga olib, hukumat tomonidan qabul qilinayotgan qonun hujjatlarida bu masalaga chuqur ilmiy nuqtai nazardan yondashish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida alohida Qo’mita faoliyat boshladi.

Fanda esa ekologlar, biologlar, pedagoglar tomonidan ekologiyaning inson hayotidagi o’rni, ekologik tarbiya berish muammolari ilmiy jihatdan o’rganilmoqda. Jumladan: I.D.Zverev ekologik tarbiya berishning pedagogik yo’nalishlarini, E.O.Turdiqulov uzluksiz ekologik ta’lim konsepsiyasini ishlab chiqdilar.

Shuningdek, M.Mirboboyev, X.Hudoyberdiyev, I.Normatov, Sh.Avazov,

N.Nishonovalar xususiy fanlarni o’qitishda ekologik tarbiya berish masalalarini, Yu.Shodimetov, S.Mamashokirovlar ekologik muammolarni tadqiq etgan bo’lsa, L.Zaripova, I.Allayeva va ko’plab rus olimlari maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish muammolariga oid qo’llanmalar yaratdi.

Lekin ularda maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga xalq topishmoqlari asosida ekologik tarbiya berish masalalari qamrab olinmagan.

Shu bois, biz tadqiqot ishimizni “Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ekologik tarbiya berishda xalq topishmoqlaridan foydalanish uslublari” deb nomladik.


Download 83,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish