Angren shahar XTBga qarashli
39-umumta’lim maktabi
4- “B” sinf o’qituvchisi
Kushakova Dilnavozning
“Ona yurtni mard o’g’lonlar qo’riqlaydi”
m avzusidda
Sana: 21.01.2022 y.
Fan: Sinf soati
Mavzu: “Ona yurtni mard o’g’lonlar qo’riqlaydi
(14-yanvar –Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan)
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O`quvchilarning g`oyaviy-siyosiy,axloqiy,ma`naviy dunyoqarashini kengaytirish.Ona Vatanga sadoqat,mardlik,vatanparvarlik,insoniylik fazilatlariniqaror toptirishAjdodlaridan faxrlanish,g`urur va iftixor tuyg`usini singdirish orqali yuksak didli,iymon-e`tiqodli,barkamol insonlar etib tarbiyalash.
O`quvchilarning og`zaki nutqini,erkin va mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: DVD,disk, tarqatma material,rasmlar,plakat.
Tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.
O ’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
Tashkiliy qism.
O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi,navbatchi axboroti.
II.Asosiy qism:
O `qituvchi:Har bir insonning kindik qoni to`kilgan muqaddas tuprog`i,o`z yurti,ona Vatani bo`ladi.Shu muqaddas zaminni ko`z qorachig`iday asrash,uning sarhadlarini yovuz kuchlardan qo`riqlash har bir farzandning sharafli burchidir.Shu yurtda kamol topgan,non-tuzini totgan har bir kishi Vatanni astoydil sevishi,uning koriga yarashini oily burch deb bilmog`i lozim.O`zini o`zbek elining bek o`g`liman,deb hisoblagan har bir yigitertaga Vatan shunqoriga aylanishi-shubhasiz.
Zero,Yurtboshimiz Islom Karimov aytganlariday:”Dunyoda Vatan so`zidan aziz va yurakka yaqin kalom topilmagani kabi Vatan himoyachisi bo`lishdan ortiq shon-sharaf yo`qdir”.
-Bugun Vatan himoyachilari kuni.14-yanvar-Vatan himoyachilari kuni sifatida mustaqil O`zbekistonimizning barcha go`shalarida,harbiy qismlarda,maktab,oily o`quv yurtlarida bayram qilinadi.
-O`zbekiston Qurolli Kuchlari xavfsizligimiz tayanchi hisoblanadi.U quruqlikdagi qo`shinlar,harbiy havo kuchlari,havo hujumidan mudofaa qo`shinlari,chegara,maxsus va muhandislik qo`shinlari hamda milliy gvardiya,ya`ni saralangan qo`shinlardan iboratdir
Yigitlik burchini ado etishga chog`langan har bir askar ona-Vatanga,xalqiga va Prezidentiga o`g`lonlik va`dasi sifatida sodiqlik to`g`risida Harbiy qasamyod qabul qiladi.Askarning qalbidan otilib chiqayotgan bu so`zlar uning kindik qoni to`kilgan muqaddas tuproq,avlod-ajdodlari hoki yotgan tabarruk zamin,uning mustaqilligi va hududiy yaxlitligini avaylab-asrash,o`z xalqining tinchligi,sho`x-shodon bolakaylarning beg`ubor damlari,nurli kelajagi uchun ma`suliyatni o`z zimmalariga oladilar.
III.Yakuniy qism:
O`qituvchi:Biz sarkardalar avlodidanmiz.Kelajakda siz buyuk Sohibqiron bobomiz Amir Temurdek mard, jasur,eli va yurtiga sodiq,sheryurak Jaloliddin Manguberdidek vatanparvar insonlar bo`lib kamol topasiz deb umid qilaman.
Rauf Tolibning“Askar so`zi”she`ri yodlatiladi.
-Men askarman, doimo -Mustaqil ona Vatan
Xushyorlik menga qurol. Mening ko`z qarog`imda.
Darrov sezaman,hatto Axir shu yurt,shu chaman,
Shitirlasa,gar shamol. O`stirdi quchog`ida.
-Axir ona Vatanim - -Bu askarlik hayotim
Tikkan menga ko`zini. Yigitlikka sinovdir.
Fido etib bu jonim, Tinchlik-hayot-mamotim,
Oqlayman yurt tuzini. Yurtim unga garovdir
-Qo`riqlayman el tinchin, -Kunduz bo`lsin yoki tun,
Tonglarning kulgusini. Issiqmi,sovuqmi yo,
Keksalar baxt sevinchin, Farqi yo`qdir men uchun,
Go`daklar kelgusini. Hushyordirman doimo.
-Yosh askarlarimiz sizga to`liq bo`lmagan maqollarni jo`natishibdi. Sizning vazifangiz nuqtalar o`rniga kerakli jumlalarni qo`yib to`ldirish.
-Vatan – muqaddas,_______________________(uning har qarichi – aziz)
-Vataning tinch- ________________________(sen tinch)
-Tinchlik bilan el ko`karar,_____________________(Yomg`ir bilan yer ko`karar.)
-Ona yerning tuprog`i________________________(ona sutidek aziz.)
-El qudrati – chin qudrat,_____________________(Vatan tuprog`i qimmat.)
-Yurt qo`risang o`sarsan,_____________________(Qo`rimasang to`zarsan.)
Dars yakunida o`quvchilarni rag`batlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |