BERUNIYNING IJTIMOIY- FALSAFIY QARASHLARI
Beruniyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari muayyan diniy cheklanishlariga qaramay,
o’sha paytdagi hukmron islom aqidalaridan birmuncha Yuqori turardi. U fanning
qaysi sohasiga murojaat etsa, uning mustaqil mavjudligini tushunishdan kelib
chiqdi. Olim “Mineralogiya” nomli asarida inson er Yuzidagi barcha
mavjudotlarga qaraganda mas’uliyatliroq vazifalarni bajarishi kerakligini
quyidagicha ifodalaydi: “Inson tabiatning eng oliy zoti kamolotidir, inson zoti
barcha hayvonlardan Yuqori turadi... Insonga katta sharaf ko’rsatilgan – unga aql-
zakovat va kuch armug’on etilgan. SHu sababdan, insonning ma’naviy qiyofasi
uning oldiga qo’yilgan vazifalarga mos bo’lishi uchun u Yuksak axloqli, bilimli,
ma’rifatli bo’lmog’i darkor”.
Beruniyning ijtimoiy-falsafiy qarashida odam tanasidagi a’zolarning bir-biriga
zidligi, ularda bir-biridan farq qiluvchi turli-tuman xatti-harakat va fe’l-atvor
mavjudligi asoslangan. “Odam – deydi Beruniy, - tabiati jihatidan bir-biriga zid
a’zolar qo’shilmasidan tarkib topgan murakkab tanaga ega va shuning uchun uning
holati o’z fe’l-atvoriga ko’ra xilma-xil bo’ladi. Beruniyning fikricha, odamlarning
qiyofasi bir-biriga o’xshasa-da, ular ayni choqda bir-biridan farq qiladi. Bu farq
ularning mijozi, fe’l-atvori va tabiiy xususiyatlarida namoyon bo’ladi”.
Beruniy irqiy tafovutlaridan qat’i nazar, odamlar o’rtasi-dagi do’stlik va
hamkorlikning kuchi insoniyat baxt-saodatining poydevori, deb hisobladi. U
jamoatchilik, axloq-odob, go’zallik qoidalariga rioya qilish har bir odamning
burchi ekanini ta’kidladi.
Beruniy o’z asarlarida ta’limning ko’rsatmali, izchil, maqsadga muvofiq bo’ilishi
kerakligini, shaxsning barkamolligi, kishilar o’rtasidagi ijobiy axloqiy
munosabatlar va olijanoblik kabi Yuksak fazilatlarning mohiyatini asoslab bergan.
Beruniy o’z dunyoqarashida xudoga ishonish har bir musulmon-ning vazifasi, deb
tushungan va olijanob insonning burchi islom qonun-qoidalariga rioya
etishdangina iborat emas, balki yaxshilik qilishdan ham iboratligini uqtirgan.
“Yaxshilik qilish, - degan edi Beruniy, - umuman hammaga va xususan o’z
qarindoshlariga zaiflik chog’ida – yaxshi istak bilan, iloji bo’lganda esa amaliy ish
bilan yaxshilik tilashdir”.
Beruniyning ijtimoiy-falsafiy qarashlarida kishilarga beg’araz xizmat qilib, yordam
ko’rsatish, odamlar o’rtasida kelish-movchiliklarni vujudga keltiradigan pul va
molu dunyo nafsini tiyish haqidagi g’oyalar alohida o’rin olgan.
Beruniy ilm-fanning muxlisi va buyuk homiysi sifatida mamlakatning
obodonchiligi ilm-fanning gullashiga bog’liq, odamlarning baxti esa uning
ma’rifatida deb bilgan. Ma’rifat dushmanlariga, yomon urf-odatlarga,
adolatsizlikka qarshi bo’lgan.
Ibn Sinoning falsafiy qarashlarining takomillashuviga qadimgi grek
olimlarining falsa-fiy ta’limotlari ijobiy ta’sir etgan. SHarqshunoslarning
fikricha, Ibn Sino Arastuning butun asarlarini arab tiliga tarjima qilib, chuqur
o’rganib, hatto uning ta’limotiga qarama-qarshi fikrlarni bayon etib, ularni
asoslagan. Arastu ta’limoti-ning ba’zi jihatlarini tanqid ham qilgan.
Al-Kindi, Zakariyo, ar-Roziy, Forobiy, Beruniy kabi muta-fakkirlarning tabiiy-
ilmiy va falsafiy qarashlari Ibn Sinoning dunyoqarashida muayyan rol’
o’ynagan.
Olimning falsafaga bag’ishlangan eng yirik va muhim asari “Kitobush-shifo”dir.
Uni o’z davrining falsafiy qomusi desa bo’ladi. Bu asar inson ruhiyatini
tarbiyalashga qaratilgan bo’lib, u 4 qismdan iborat: 1) mantiq; 2) tabiiy fanlar;
3) matematika; 4) metafizika yoki ilohiyot.
Uning “mantiq” qismi 9 ta bobdan iborat:
1. Mantiqqa muqaddima.
Do'stlaringiz bilan baham: |