ilm olishi asosan Zamaxshar va Qiyot shaharlarida o’tgan. Xorazmiy Abu Bakr ar-
Ibn Kasir al-Farg’oniydan ilmi nujum, geografiya, riyoziyot va boshqa fanlarni
shakllanishida sharq faylasuflari Yoqub ibn Ishoq, al-Kindiy, Forobiy va
“Kitob at-tarix” (“Tarix kitobi”), “Kitob al-amal bir usturlabat” (“Usturlob –
I.YU.Krachkovskiy “o’sha davr bilimlarining barcha sohalarini o’z ichiga oluvchi
izohli termino-logik lug’at bo’lib, o’z mohiyatiga ko’ra juda katta tarbiyaviy
G.Sarbon mazkur asarni o’rta asrlardagi fanlarni va mada-niyatni o’rganish uchun
Xorazmiy o’zining “Al-jabr val muqobala” nomli asari bilan matematika faniga
asos soldi. SHu bilan birga u “Astrono-miya jadvallai”, “Quyosh soatlari
to’g’risida” kabi risolalar ham yozgan. Xorazmiyning ta’lim borasidagi fikrlari har
bir fan-ning qonun-qoidalarini va ularni o’qitish yo’llarini asoslagani bilan
muhimdir. Bu haqda olimning o’zi shunday deb yozgan: “Men arifmetikaning
sodda va murakkab masalalarini o’z ichiga olgan “Al-jabr val muqobala” kitobini
yozdim. Chunki vasiyatnoma yozish, huquq ishlari, savdo-sotiq, ariq qazish,
geometrik hisoblashlar uchun juda zarur deb hisobladim”.
Xorazmiyning yirik asari “Kitob al-Muxtasar”. Bu asar uch bo’limdan iboratdir.
1-bo’lim – algebra masalalariga bag’ishlanadi.
2-bo’lim – geometriya o’rganishga doir masalalar va algebra-ning ba’zi bir
tadbirlari bayon etilgan.
3-bo’limi – meros bo’lish hisoblashlariga bag’ishlangan.
Bu kitob asosan, 1 va 2-darajali tenglamalarni “Al-jabr va al-muqobala” metodi
bilan echishga bag’ishlanadi. Bu ikkala usul-dan foydalanib, 1-darajali
tenglamalarning echishi ko’rsatilgan va bunga quyidagicha ta’rif berilgan:
tenglamalarni echish uchun ishlatiladigan amallar “al-jabr” va “al-muqobala” deb
aytiladi.
Al-Xorazmiyning umuman fan va madaniyat tarixida juda katta ahamiyat kasb
etgan asari arifmetikadir. Bu kitob orqali o’nli sanoq tartibi O’rta SHarq
mamlakatlariga, Evropaga tarqala boshlagan. Bu sanoq tartibi o’sha davrda hukm
surayotgan harfli sanoq tartiblar, rim sanoq tartibiga nisbatan juda mukammal-
lashgan bo’lib, turmush ehtiyojlari uchun tez orada qabul qilina boshlagan qulay
sanoq tartibi edi.
Xorazmiy o’zining arifmetikasida hindlarning to’qqiz raqami 1,2,3,4,5,6,7,8,9 va
nol’ yordami, ya’ni o’nli pozision tartib bilan istalgan 0 son va qisqacha
ifodalanishini bayon etish maqsa-dida yozgan edi. SHu bilan birga sonlarni
ko’paytirish, qo’shish va ayirish hamda bo’lishni oson yo’llari qayd qilinadi.
Xorazmiyning arifmetikasi matematika va sanoq tartibi tarixida yangi bir davr
ochdi. Xorazmiy IX asrning 20-yillarida “Zij” (“Astronomik jadvallar”)ni tuzib
chiqdi. Bu asar matni arab tiliga tarjima qilinib, fan olamida foydalanilmoqda.
Asar SHarq va G’arbda astronomiya fanidan asosiy asar bo’lib xizmat qildi.
Xorazmiy “Torolyabiya” (“Asturlob”) va “Quyosh soati” haqida ham asarlar
yozgan edi. Xorazmiy o’rta osiyolik olimlar Muhammad Kosir, Farg’oniy, Ahmad
Marvodiy kabilar hamkorligida Meridian yoyini hisoblashda ilmiy izlanishlar olib
borganlar.
Ularning ta’limotiga ko’ra, meridianning bir gradusli yoyi uzunligini qayta-qayta
o’lchash vositasida 111815 m ekanligi topilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: