2. VIII-XIII asrlarda O’rta Osiyoda shakllangan, zamonaviy kasbiy ta’lim
tizimining fundamental asoslari. Ular barcha avlod olimlari, mutafakkirlari,
pedagoglari, ishlab chiqarish va xalq hunarmandchilik ustalari tajribasi va
rivojlanishini aks etadi. O’rta Osiyo mutafakkir olimlari kasbiy ta’lim
haqida. Movorounnahr madaniyati rivojlanishi davrida, X-XII va XIV-XVI
asrlarda kasbiy ta’lim. Turkistonda VIII-XIII asrlarda jamiyat ta’lim asosi
bo’lgan barcha yangi g’oyalar, madaniyat va fanga ochiq va jo’shqing bo’lgan
davrda kasbiy ta’lim tajribasi.
V asr oxiriga kelib Rim imperiyasi qulaydi. SHundan so’ng mamlakatda siyosiy-
iqtisodiy tushkunlik Yuz beradi. O’rta asrda Evropada ijti-moiy, madaniy
taraqqiyot, din ta’siri nihoyatda kuchaydi. Din ilm-fan va ma’naviyat taraqqiyotida
yangi bir ijobiy ta’sir bo’ldi. Ayniqsa, VII-XIII asrlarda SHarqda aniq fanlarning
taraqqiyotida katta Yutuqlarga erishildi. Madaniyat va ma’rifat markazlaridan biri
O’rta Osiyoda yashagan xalqlar juda qadim zamonlardan beri Xitoy, Hindiston
bilan savdo, siyosiy va madaniy aloqa qilib turar edilar.
Osiyoda fan va madaniyat juda og’ir tarixiy sharoitda – xalq ommasining mahalliy
va chet el zolimlariga qarshi olib borgan kurashlari sharoitida taraqqiy etdi.
XII asr oxiri, XIII asrning birinchi yarmida arablar juda katta territoriyaning -
Hindistonning SHimoliy G’arbidan tortib, Afrikaning shimoliy qirg’oqlarigacha
bo’lgan erlarni bosib oldilar va katta davlat – xalifalik tuzdilar. Bu xalifa-likning
poytaxti Bog’dod shahri edi. Arablar hukmronligining birinchi davrlarida bosib
olingan erlardagi xalqlarning madaniy meroslarini va fan arboblarini yo’qotish
siyosati Yurgizildi. O’rta Osiyo xalqlarining fan va madaniyatini arab
ko’rsatmalari asosida rivojlantirildi.
IX asr oxirlariga kelib, sinfiy kurashlar ma’lum xalqlar-ning ozodlik harakatlar
tufayli O’rta Osiyoda mahalliy feodal aristokratlaridan chiqqan Somoniylar (874-
999 yy.) hukmronligi o’rnatildi. Somoniylar davlatining poytaxti – Buxoro edi.
O’rta Osiyo shaharlarida hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniy aloqa-lar,
insonlarning ma’naviyati hamda salomatligi olimlarni ijodiy izlanishlarga
yo’naltirdi.
Savdo va tashqi aloqalarni mustahkamlash uchun karvonlar-ning kechalari
cho’llarda kezishlari va ularni adashmay Yurishlarida sharq, g’arb, shimol va janub
tomonlarini bilish, Yulduzlardan aniqlash, qutb Yulduzidan yo’lni aniqlash kabi
ehtiyojlar tug’ildi. Natijada astronomiya, matematika, tibbiyot hamda ijtimoiy fan-
lar rivojlana boshladi. Bu fanlarni markazlashtirish maqsadida Ma’mun
hukmronligi davrida Bog’dod shahrida “Dorul-Hukamo” (“Donishmandlar uyi”)
tashkil etildi. Uning huzurida kutubxona va observatoriya tashkil etildi. Bu
“Donishmandlar uyi”ga bir qancha mamlakatlardan iste’dodli olimlar chaqirildi.
Bu ilm maskanlarida Ma’mun buyrug’iga binoan Xorazmdan Muhammad ibn
Muso Xorazmiy ham taklif qilindi. O’rta asrlarda fan va madaniyat taraqqiyotida
al-Xorazmiy, al-Forobiy, al-Beruniy, Ibn Sino, Ahmad bin Muhammad Farg’oniy,
Umar Hayom va boshqalar faol qatnashdilar.
IX-XII asrlarda O’rta Osiyoda arab istilosidan so’ng juda ham ko’r shahar va
qishloqlar vayrona holda bo’lib, xalqlarni islom dinini o’rganishga va unga amal
qilishga da’vat etilar edi. Beruniyning “Osorul boqiya...” asarida arab istilosidan
so’nggi manzara shunday ta’riflangan, “Qutayba Xorazm yozuvini, rivoyat-larini
yaxshi bilgan, xorazmliklardagi mavjud ilmlarni o’rgatuv-chi kishilarni qiyratgan
va ularga turli yo’sinda azob bergay”. Qutayba Xorazm hattotlarini yo’qotdi,
ruhoniylarni qirdi, ular-ning kitoblarini va o’rama xatlarini o’tda kuydirdi.
1
Bunday
qabih ishlar xalq madaniyatiga bir zanjir bo’lib qolmadi. Asta-sekin O’rta Osiyoda
madaniy hayot vaziyati vujudga keldi. Ayniqsa, Xuroson va Movarounnahrdagi
madaniy hayotdagi quyidagi o’zgarish-lar ro’y berdi.
Arab tili faqat musulmon aqidalariga mos bo’lib qolmay, balki fors, xorazm,
so’g’d aslzodalari doirasida ham qo’llana boshlandi. Olimlar arab grafikasini
o’zlashtirib fors-tojik tilllarida yoza boshladilar. Ilm-fanni o’rganishga alohida
e’tibor berildi. Buxoro amiri saroyida kutubxonaning tashkil etilishi madaniy
hayotni Yuksalishiga yordam berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |