Buyuk olimga bunday baho berish bejiz emas, albatta, u fanni hamma sohalarini
o’rganishga alohida e’tibor berdi. Tarixshunos olimlarning taxminicha, Forobiy
dunyo tillaridan 70 tasini bilgan. Til inson kamolotini aqliy etukligining asosi
bo’lgan-ligi sababli, u fanlarni tartiblashda tilni eng birinchi fanlar qatoriga qo’ydi.
U har bir inson ahliga murojaat qilib, ayniqsa ota-ona va ustoz-murabbiylarga
qarata shunday degan edi: “qanday qilib ta’lim berish yoki ta’lim olish, qanday
qilib o’z fikrini ifodalash, bayon qilish, so’rash va javob berish masalasiga kelgani-
mizda, fanlar ichidagi eng birinchi fan – til haqidagi fandir... ikkinchi fan
grammatika... uchinchi fan mantiq, to’rtinchi fan poetikadir, deb tasdiqlayman”.
Forobiyning til va uni o’rganish-dagi g’oyalarni amalga oshirish mustaqil
O’zbekistonni butun dunyo bilan hamjihat bo’lgan davrida ayniqsa zarurdir.
Forobiy ijodiyoti jarayonida juda ko’p asarlar yaratdi. Uni ijodini o’rganish bilan
mashg’ul bo’lgan tadqiqotchilar uning 130 ta asar yozganligini ta’kidlaydilar
.
Ularning 17 tasi turli olimlarning falsafiy asarlariga yozilgan sharh, 60 tasi alohida
kitob, 5 tasi bir qancha maqolalarni o’z ichiga olgan majmualar hisoblanadi.
Uni “Aflotun qonunlarining mohiyati”, “Siyosat va madaniyat”, “Nufuzli shahar
aholisining ahloqiy qarashlari”, “Ilmlar majmuasi” kabi yirik asarlari mavjud.
Forobiyning har bir asaridagi asosiy g’oya inson kamoloti uni Yuksak
ahloqiyligidir. Uning fikricha aqliy bilimni peshlash, ahloqiy barkamollikni
tarbiyalaydi: inson Yuksak kamolotga erishuv yo’lida harakat qilganidek, aqliy
bilimga ham harakat qilsa, hech shubhasiz, o’zi intilayotgan so’nggi darajadagi
baxt saodatga erishadi. Baxt saodat insonga osonlikcha berilmaydi. Baxt va
mazmunli hayot uchun, dastlab, yoshligidan boshlab ilm-hikmatni o’rganmog’i
lozim. Buning uchun salomatligini, odob-ahloqli bo’lishi, so’zining uddasidan
chiqishi, yomon ishlardan o’zini saqlashi, har qanday xiyonat, makr-hiyladan uzoq
Yurishini ta’kidlaydi.
Forobiyning fikricha baxt bu ezgulikdir. Insoniy ezgulik-lar xayrli narsalarga,
go’zallik, bilimdonlik, shu bilan birga yaxshilik bilan bog’liq bo’lgan hamma
fazilatlarni kiritgan edi. Forobiy inson kamoloti uchun hamjihat jamoat, ahloqiy
munosabatlari sog’lom bo’lgan oila zarur deb hisoblaydi. Uning fikricha, “Har bir
inson o’z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashashi, oliy darajadagi etuklikka
erishmog’i uchun ko’p narsalarga muhtoj bo’ladi. U bir o’zi bunday narsalarni
qo’lga kirita olmaydi va ularga ega bo’lishi uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj
sezadi”.
Aflotun har bir jamoada guruh xoini yoki oilada ota-onani mensimaydigan
kimsalarni jazolash kerak degan edi. Forobiy bu g’oyalarni rivojlantirib, bunday
noqobil insonlarni jinoyatchi deb tushundi. Hokimiyat vakillari bunday odamlarni
jinoyatiga qarab – tayoq bilan urib yoki jarima solishlari kerak degan edi.
Forobiyning ijtimoiy-falsafiy konsepsiyasiga ko’ra, olam yagona mavjudotdan
iborat. Olloh hamma narsaning ibtidosi, barcha vujudlar undan emanasiya asosida
kelib chiqadi, buning so’nggi pog’onasi materiyadir.
Forobiy o’zining falsafiy qarashlarida insonga bilim va tarbiya berishini asoslagan.
U inson – aqlli mavjudot deyilganda, uning aqlli bo’lishga layoqatliligi, lekin
yomon xatti-harakatlarga ham qobilligi tushunilishini ham uqtirgan. Insonlarga
doimo bilim va tarbiya berishni zarur deb hisoblagan. Forobiy o’zining ideal
jamoasida odamlarni turli belgilariga qarab guruhlarga bo’lgan. Kishilarning diniy
maqsadiga emas, balki tabiiy xususiyatlariga, avvalo aqliy iqtidorlariga hamda
ilmlarini o’rganish va hayotiy tajriba to’plash jarayonida orttirgan bilim va
ko’nikmalariga katta ahamiyat bergan.
Forobiy falsafasida insonparvarlik g’oyalari alohida o’rin olgan. Uning fikricha,
har qanday feodal zulm, urushlar bartaraf bo’lgan taqdirda hamma millatlar tinch,
ozod, xushchaqchaq, baxtiyor hayot kechirishlari mumkin. Kishilar o’rtasida
samimiy do’stlik, hamkorlik ularning kundalik hayotini mazmundor bo’lishiga
yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: