1. Milliy g’oyani shakllanishi, yoshlarni umumbashariy va milliy qadriyatlar
ruhida tarbiyalash, xalq pedagogikasi tajribasiga tayanish.
O’zbekiston ijtimoiy hayotida, jumladan xalq ta’limi tizimida so’nggi o’n
yilliklarda katta o’zgarishlar yuz berdi. Respublikada maktabgacha tarbiya
muassasalari va maktablar tarmog’i rivojlandi, o’qituvchilar hamda ilmiy-
pedagogik xodimlar tayyorlash jarayoni takomillashdi.
Ammo ko’p yillar davomida sobiq sovet respublikalarida va o’lkalarida
yagona pedagogik tizim hukmronlik qilib, ta’lim jarayoni Markazdan yuborilgan
darslik va tavsiyalar, o’quv rejalari, dasturlar asosida tashkil etildi.
Ona tili, vatan tarixi, geografiyasi, milliy urf-odat va
an’analar e’tibordan
chetda qolib, bolalar ota-bobolar o’tmishidan bexabar o’qitildi. Respublikamizning
istiqlolga erishuvi natijasida o’zbek pedagogikasi tarixida uzoq davr ta’qiqlangan,
e’tibordan chetda kolgan madaniy merosga qiziqish kuchaydi. Ulardagi ilg’or fikrlar
ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etila boshlandi YAngi mazmunli darsliklar, uslubiy
qo’llanmalar yaratishda milliy-madaniy, tarixiy adabiyotlardan, o’lka materiallaridan
keng foydalanilmoqda. Zero, kechmishga boqib kelgusi kunni rejalashtirish
ibratlidir, o’tgan kun tajribasi ishonchli manbadir.
Respublikamiz mustaqilligi e’lon qilingan 1991 yil 31 avgust O’zbekiston
yilnomasiga oltin xarflar bilan yozildi. O’zbekistonda sobiq Ittifoqdagi respublikalar
orasida birinchi bo’lib Prezidentlik boshqaruvi amalda joriy etildi.
1992 yil 8 dekabr kuni O’n ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Oliy Kengashining
o’n birinchi sessiyasida o’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi
xalqimizning asriy orzu-armonlarini ro’yobga chiqardi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 2 iyuldagi qaroriga asosan
«Ta’lim to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining Qonuni kuchga kirdi.
Mazkur dasturulamalda respublikada ta’limning jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy,
ma’naviy-madaniy rivojlantirishning ustuvor sohasi ekanligi e’tirof etilgan,
shuningdek, bu sohada davlat siyosatining asosiy tamoyillari, ta’lim tizimi va
boshqaruvi tartibi, ta’lim-tarbiya xodimlarining xaq-huquqlari, vazifalari,
mas’uliyatlari, maqsadlari belgilab berilgan.
O’zbekiston Respublikasining 1992 yilda tasdiqlangan umumiy o’rta ta’lim
maktabi to’g’risidagi muvaqqat Nizomi hamda «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni ta’lim
tizimini jiddiy yangilanishi, isloh qilinishiga asos bo’ldi. Oldingi qabul qilingan
Qonunlardan (1930, 1949, 1958, 1973, 1984 y.) farqli o’laroq, xalq ta’limi tizimi
tuzilishining quyidagi yangi tamo-yillari joriy etildi:
- ta’lim.-tarbiyaning insonparvarligi hamda xalqchilligi;
- ta’lim tizimining uzluksizligi va izchilligi;
- davlat ta’lim tizimining ilmiyligi va dunyoviyligi;
- ta’limda umuminsoniy va milliy-madaniy qadriyatlarning ustuvorligi;
- davlat ta’lim standartlari doirasida har bir kishiga millati, dinidan qat’i nazar
ta’lim olishi uchun imkoniyat yaratilganligi;
- tayanch (to’qqiz sinf darajasida) ta’limning majburiyligi;- ta’lim
standartlarini tanlashda yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv bo’lishiga
asoslanganligi;
- ta’lim muassasalarida chet tillarni jiddiy o’rganish, din tarixi, xalqimiz
tarixi, madaniyati va jahon madaniyati tarixi sohasida bilim olish uchun sharoitlar
yaratilganligi;
- ta’lim muassasalarining turli siyosiy partiyalar va ijtimoiy-siyosiy
harakatlarning ta’siridan xoliligi;
- amaldagi qonunlar doirasida mulkchilikning barcha shaklidagi ta’lim
muassasalarining teng huquqligi;
- bilimdonlik va iste’dodni rag’batlantirish;
- tarbiyalanuvchilar va ta’lim oluvchilarni hurmatlash;
- pedagog shaxsini, uning ijtimoiy mavqeini hurmatlash va b.
Ta’limning istiqbollari respublikamiz Konstitutsiyasida ham o’z ifodasini
topgan. Konstitutsiyada respublika har bir fuqarosining bepul umumiy ta’lim olish
xuquqi, ta’limning davlat nazoratida ekanligi kafolatlangan.
O’zbeqistonda shaxsning asosiy huquqlaridan biri bo’lgan ta’lim, kasb
o’rganish davlat tomonidan kafolatlangan.
Hozirda ta’limni quyidagi yo’nalishlarda isloh qilish vazifalari belgilab olindi:
- umuminsoniy qadriyatlar va milliy madaniyat asoslarini e’tiborda tutgan
holda ta’lim-tarbiya mazmunini milliy mafkura, mustaqil Vatan tuyg’usi asosida
o’zgartirish va takomillashtirish;
- ta’lim samaradorligini tinmay oshira borib, jahon andozalari darajasiga
olib chiqish;
- variativ o’quv rejalari, dasturlar, darsliklar yaratish;
- bilimdonlik va iste’dodlarni qo’llab-kuvvatlash;
- ilg’or tajribalarga, ijodkor ustozlar tajribasiga suyanish;
- sinov ishlari olib borish, ta’lim-tarbiyada ilm-fan, texnika yutuqlariga
suyanish;
- ta’lim-tarbiyada bosh islohotchi bo’lgan o’qituvchi, tarbiyachilarning yangi
avlodini tayyorlashga kirishish;
- ta’lim muassasalarining moddiy-texnik asosini mustahkamlash, ta’limni
kompyuterlashtirish, o’quv jarayoniga yangi pedagogik texnologiyani olib kirish;
- ta’lim tizimini, boshqaruv faoliyatiii takomillashtirish;
- isloh g’oyalarini iloji boricha viloyat, tuman, maktab pedagogik jamoalariga
tezroq etkazish, singdirish, amalga oshirish;
- islohni bosqichma-bosqich, mavjud, o’zini oqlagan uslublardan voz
kechmagan holda amalga oshirib borish.
O’zbekiston mustaqil bo’lgandan buyon respublikada ta’lim tizimi 1992 yilda
qabul qilingan «Ta’lim to’g’risida»gi qonun quyidagi strategiyaga muvofiq ishlab
chiqildi:
-ta’limning uzluksiz bo’lishi;
- ta’limni kompleks ravishda uyushtirish;
- ta’limni demokratiyalashtirish va insonparvar-lashtirish;
- ta’lim tizimini fan sohalari bilan integra-tsiyalashtirish;
-umumiy o’rta ta’lim negizida yoshlarni maxsus bilim yurtlarida
o’qishga, mutaxassislikka tayyorlash. Respublikada amalga oshirilgan uzluksiz
ta’lim tizimi barcha ta’lim bosqichlari — maktabgacha tarbiya va boshlang’ich,
tayanch bosqichlari, o’rta va hunar maktablari, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlari,
maktabgacha tarbiya muassasalari, malaka oshirish institutlari o’rtasida uzviylik
bo’lishida, ta’limni ilm-fan yutuqlari bilan bog’liq holda tashkil etishda muhim omil
bo’ldi. Bolalarni oilada bog’chaga, bog’chadan maktabga o’qishga tayyorlash,
umumiy o’rta ta’lim negizida o’quvchilarni maxsus bilim yurtlarida mutaxassislikka
tayyorlashda jiddiy yutuqlarga erishildi. Uzluksiz ta’lim tizimi barcha ta’lim
bosqichlarining
istiqbolli
bo’lishiga,
ta’limni
demokratiyalashtirish
va
insonparvarlashti-rishga, ta’limni mehnat tarbiyasi bilan bog’liq holda olib
borishga, o’quv fanlarni integratsiyalashtirishga yordam berdi.
Tarbiyaga kompleks yondashish bilan aqliy, mehnat, axloqiy, nafosat va
jismoniy tarbiyalaya o’rtasidagi uzviylik mustahkamlandi, o’quvchilar hayotni kengroq
tasavvur eta boshladilar. Kompleks printsipi tarbiyaning, o’quvchilar faoliyatining
mazmunli bo’lishini, ta’lim vazifalarini ham kompleks ravishda amalga oshirishni
ta’minladi. Bu printsip maktab, oila, ja-moatchilik o’rtasidagi aloqani
mustahkamlash, bu aloqaning pedagogik jihatini kasb etishida, yoshlarni anglash,
mustaqil fikrlash faoliyati va axloq-odobli bo’lib o’sishida ijobiy ahamiyatga ega
bo’ldi.
Tarbiyada kompleks printsipni qo’llash o’quv yurtlari, ta’lim muassasalaridagi
barcha tarbiyaviy ishlar hamda, tarbiya jarayonida vazifa, maqsad, mazmun, usul,
shakl, vosita, natijalarning o’zaro aloqada bo’lishini ta’minladi.
Ta’lim va tarbiya mazmuni, shakl va usullari bu sohada erishilgan ilg’or
tajribalar asosida ishlab chiqildi, bunda ta’limning jahon standarti darajasida
bo’lishi nazarda tutildi.
Davlat standarti va kontseptsiyalar asosida yaratilgan dastur va darsliklarda,
ayniqsa, ijtimoiy fanlarga doir barcha dastur va darsliklarda milliy va umuminsoniy
qadriyatlar o’z aksini topdi.
Ma’lumki, istiqlol mafkurasining asoslarini yaratish, avvalo, ta’lim-tarbiya
zamini bo’lgan oila va maktabgacha tarbiya muassasalaridan boshlanadi. Ularda
tarbiyalanayotgan va maktabda o’qiyotgan bolalar Vatan, jamiyat, xalq haqida
muayyan tasavvurga ega bo’lishlari, ularning qalbida Vatan tuyg’usi, ulug’
allomalarimiz va ular qoldirgan ma’naviy meroslar bilan faxrlanish hissi
shakllanishi, rivoj topishi kerak.
V — IX sinflarda ma’naviy qadriyatlarni shakllantirishga samarali ta’sir
ko’rsatuvchi san’at turi bo’lgan adabiyotni o’qitishda SOG’LOM e’tiqodli, milliy va
umumbashariy qadriyatlarini anglaydigan, axloqan barkamol shaxsni shakllantirish
asosiy maqsad qilib qo’yildi. O’quvchilarda adabiyotga havas, mehr uyg’otish, badiiy
asarlarni o’qib, uni tahlil qila oladigan, o’z fikrini og’zaki va yozma ravishda to’g’ri,
erkin ifodalay oladigan qilib tarbiyalash orqali amalga oshirilmoqda.
Keyingi
yillarda
respublikamizda
ochilgan
litsey,
gimnaziyalarda
va
ayrim
umumiy
maktablarda
tashkil
etilgan pedagogikadan ixtisoslashtirilgan kurslarda Vatan tarixi va madaniyatini,
o’rganish va tadqiq etish asosiy vazifa qilib qo’yildi. Shunga ko’ra, hozirgi kunda
pedagogikadan milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida darslik, qo’llanmalar
yaratishga kirishildi. Bu ishda o’quvchi va talabalar hamda bo’lg’usi
o’qituvchilarning umumiy madaniyati va ma’na-viyatini, pedagogik bilim va
pedagogik madaniyatini, pedagogik tafakkurini o’stirish asosiy maqsad qilib qo’yildi.
Bu maqsad pedagogik fikrlashga doir bilim va diniy-axloqiy, tarbiyaviy g’oyalar
umumbashariy va milliy-madaniy qadriyatlarni puxta o’rganish bilan amalga
oshirilmoqda.
O’zbek tiliga davlat maqomi berilishi bilan ona tilini chuqur o’rganish —
maktab va boshqa o’quv yurtlari ta’limining asosi qilib qo’yildi. Ona tilida
beriladigan bilimlarni o’zlashtirish jarayonida o’quvchilarning mantiqiy tafakkurini
o’stirish; ularda ona tilidan ko’nikma va malakalarini shakllantirish, ularni o’zbek
adabiy tilining yozma va og’zaki shaklini puxta o’zlashtirgan madaniyatli va
savodli qilib etishtirish nazarda tutildi.
Ta’limda test usuli qo’llandi, iqtidorli bolalarni aniqlashga, o’qitishga alohida
ahamiyat berilmoqda.. Mingdan ortiq iqtidorli bolalar Amerika, Angliya, Shvetsiya va
Turkiyada ta’lim olib, mustaqil respublikamiz xalq xo’jaligi uchun zarur bo’lgan
bilim va kasblarni egallamoqdalar.
Ma’lumki, pedagogika tarixi ham boshqa xalqlar, mamlakatlar pedagogika
tarixi bilan aloqada rivojlandi va rivojlanmoqda. Shu sababdan hozir Markaziy
Osiyo pedagogika tarixini tadqiq etishda Xorijiy Sharq va Evropa mamlakatlari
ta’lim tizimi ham o’rganilmoqda. Bu sohada respublika fan va texnika
qo’mitasining «Milliy ruh», «Qadriyat» nomidagi va O’zbekiston Respublikasi oliy
o’quv yurtlari uchun ilg’or pedagogik qo’llanmalar va o’quv darsliklarini ishlab
chiqish bo’yicha uyushtirgan tanlovlari bu sohada muhim ahamiyat kasb etdi.
T. N. Qori-Niyoziy nomidagi pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti
olimlarining ana shu tanlov asosida respublikada taniqli faylasuf, tarixchi va
adabiyotshunos, pedagog va islomshunos olimlar va shu soha tadqiqotchilari bilan
hamkorlikda «O’rta Osiyoda pedagogik fikr taraqqiyotidan lavhalar» nomli
qo’llanma va «Pedagogika tarixi» darsligini yaratdilar. Endilikda o’quvchi va
talabalar Rusiya va G’arbiy Evropa pedagogika tarixidan iborat bo’lgan
«Pedagogika tarixi»ni emas, balki Markaziy Osiyo ulug’ mutafakkirlarining
pedagogik qarashlari va nazariyalari tadqiq etilgan yangi darslik bo’yicha yangicha
pedagogik bilimni egallaydilar.
O’zbekiston respublika vazirlar mahkamasi huzurida Oliy attestatsiya
komissiyasining tashkil etilishi — mustaqillikning muhim timsolidir. Bu Oliy
attestatsiya komissiyasi o’z zimmasiga yuklangan ulkan vazifalarni, ya’ni «yuqori
malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlar tayyorlash yangi tizimini
shakllantirish, ularni respublika ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy
taraqqiyotining ustivor muammolarini hal qilishga yo’naltirish, ilmiy tadqiqotlar va
ishlanmalarni davlat yo’li bilan ekspertiza qilishni ta’minlash bilan etuk ilmiy-
pedagogik kadrlar etishtirishga samarali ta’sir ko’rsatmoqda.
Oliy pedagogika o’quv yurtlarida ilmiy daraja beruvchi ixtisoslashtirilgan
kengash tashkil etilishi bilan respublikamizda pedagogika tarixi va nazariyasi,
fanlarni o’qitish usullari bo’yicha doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalarini o’zbek
tilida, turli millat vakillarining o’z ona tillarida himoya qilishga keng imkoniyat
yaratildi, bu kengashlar milliy pedagog olimlar safining o’sishida muhim omil
bo’lmoqda. Bu tadbir respublikada sifatli, ilmiy-pedagogik asarlar, o’quv-metodik
qo’llanmalarning yaratilishiga, maktabgacha tarbiya muassasalarida, umumiy o’rta
maktablarda, o’rta va maxsus oliy o’quv yurtlarida ta’lim-tarbiyaning yuksak
saviyada bo’lishiga, ta’lim tizimi mazmunining takomillashuviga samarali ta’sir
ko’rsatmoqda.
Rivojlangan mamlakatlarning tajribasi shuni ko’rsatadiki, qaerda ta’lim va
tarbiyaga e’tibor katta bo’lsa, o’sha erda taraqqiyot, yuksalish bor. Shuning uchun
respublikamizning istiqboli uzluksiz ta’limni qay darajada amalga oshirilishiga
bog’liq. Uzluksiz ta’lim barcha fuqarolarni tinimsiz o’qishini, izlanishini, shaxsni
yuqori malakali bo’lishini talab etadi.
Uzluksiz ta’lim tizimining hayotga tatbiq etilishi respublikada xalq ta’limi
faoliyatini tubdan o’zgartiradi xamda respublikaning yuktimoiy-iqtisodiy rivojiga
muhim hissa qo’shadi. Uzluksiz pedagogik ta’lim tizimida pedagogik xodimlar
tayyorlash pog’onali ravishda amalga oshiriladi.
Hozir Uzbekiston Respublikasida hammasi bo’lib 8963 ta umumiy ta’lim
maktablari ishlab turibdi. Mazkur maktablarda 429500 dan ortiq o’qituvchi 4 mln
766600 dan ortiq o’quvchilarga ta’lim-tarbiya bermoqdalar
.
O’zbekiston
Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi ta’limdagi yangicha mazmunni rivojlantirishni
astoydil rag’batlantirmoqda, yangi pedagogik texnologiyani barpo qilmoq uchun
tinimsiz izlanishlar olib bormoqda. Respublikaning barcha viloyatlarida tajriba-sinov
maydonchalari barpo etilgan. Hozirda bunday maydonlarning soni 100 dan oshib
ketdi. Ularda yangi-yangi pedagogik g’oyalar amaliyotga tatbiq etilmoqda.
Umumiy ta’lim maktablari respublikamiz xalq ta’limi tizimida muhim va
salmoqli o’rinni egallagan o’quv maskanidir. Mazkur maskan zimmasidagi
vazifalarni hal etishda, uni hozirgi kunning talablari darajasida, ilmiy asosda to’g’ri
boshqarish ishlarini amalga oshirishda, oliy ma’lumotli peda-goglarni tayyorlashda,
uzluksiz ta’lim tizimining etakchi bo’g’ini hisoblangan oliy o’quv yurtlari muhim
ahamiyat kasb etadi. Respublikada oliy ta’lim universitetlarda, institutlarda va boshqa
oliy ta’limga daxldor muassasalarda amalga oshiriladi.
Oliy o’quv yurtlariga qabul O’zbekiston Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
tomonidan tasdiqlangan qoidalarga muvofiq, pedagogika oliy o’quv yurtlariga qabul
esa O’zbekiston Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan Qoida bo’yicha
amalga oshiriladi. 1993 yildan respublikaning barcha oliy o’quv yurtlariga test
sinovlari orqali abiturientlar qabul qilinmoqda.
Ular oliy o’quv yurtlarida ikki bosqichli taxlil asosida «bakalavr» va
«magistr» darajalarini egallashlari mumkin.
1992-1993 o’quv yilida respublika oliy o’quv yurtlariga 44 ming abiturient
kabul etilgan bo’lsa, 60 mingdan ortiq mutaxassis xalq xo’jaligiga tayyorlab
berildi.
Uzluksiz pedagogika ta’limning ajralmas qismlaridan biri - ilmiy, ilmiy-
pedagogik xodimlarni tayyorlash, aspiranturada va doktoranturada o’qitish -
ta’limning yuqori (oliy o’kuv yurtidan so’ng) bosqichlari hisoblanadi.
Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan uzluksiz
pedagogik ta’limning ustuvor yo’nalishlari «Ta’lim to’g’risida»gi Qonunda
belgilangan qoidalar asosida hayotga tatbiq etildi va amaliyotga keng joriy qilindi.
O’tkazilgan isloxotlar, samarali tajribalar respublikada ta’limning davlat
standartlarini ishlab chiqish va tatbiq etish davr talabi ekanligi, bu ishni
kechiktirmay amalga oshirish zarurligini taqozo etadi. CHunki ta’lim standartlari
shaxs ma’lumotliligining davlat me’yorlarini ta’minlaydi. Ta’lim standartlari
vositasida talabdagi ma’lumotlilik darajasi muvozanati saqlanadi, rivojlantiriladi,
jamiyat taraqqiyoti istiqbollariga muvofiqligi ta’minlanadi.
Davlat ta’lim standartlari o’quv jarayonini qat’iy chegaralangan qolipga
solib qo’ymaydi, balki, aksincha pedagogiq ijodkorlikka, ta’lim mazmunining
yagona negizi atrofida turli-tuman tabaqalashtirilgan dasturlar, o’quv qo’llanmalari,
o’qitish uslubiyatlariga katta yo’l ochadi.
Respublikamizda ta’lim tizimi hozirgi vaqtda tiklanish, takomillashuv,
mustaqillik sharoitida shakllanish jarayonini boshdan kechirmoqda. Bunda madaniy-
ma’rifiy merosimizdan, xorijiy davlatlar ilg’or ish tajribalaridan samarali
foydalanish davom ettirilib, ta’lim sifatini oshirish, uni bosqichma-bosqich
jahondagi rivojlangan davlatlar darajasiga etkazish; o’quvchilar qobiliyat,
ehtiyojlarini hisobga olgan holda tabaqalashtirilgan ta’limni rivojlantirish;
yoshlarni istiklol g’oyalari asosida tarbiyalash; ta’lim muassasalarini yangi maqsad
hamda vazifalarni amalga oshirishga qodir pedagog xodimlar bilan ta’minlash kabi
dolzarb masalalarni hal etish ko’zda tutiladi.
Respublikamizda lotin yozuvi asosidagi alifboning joriy etilishi ta’limi
muassasalari zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Har qanday mamlakat va xalq
taqdiri, uning kelajagi, taraqqiyotining asosi elat va millatlarning tili, yozuvi va
ta’lim-tarbiya maskani bo’lgan maktab bilan bog’liqdir. Shu sababli o’zbek milliy
maktabini yaratish va uning asosida hozirgi kunda xalq ta’limi tizimida to’planib
kolgan muammolarni ijobiy hal etish bugungi kunning kechiktirib bo’lmaydigan
vazifasidir.
Umuman, mustaqillik tufayli «... biz umumbashariy qadriyatlarning eng birinchi
asosi bo’lgan xalq insonparvarligi chashmalaridan qadamma-qadam bahramand
bo’lmoqdamiz» (I. A. Karimov). Shu bahramandlik tufayli yosh avlodda
mehnatsevarlik, insonparvarlik, vatanparvarlik, iymon-e’tiqodlik, halollik, axloqiy
poklik, odillik, bilimlilik, onglilik, do’stlik, bay-nalmilallik kabi insoniy fazilatlar
shakllanib, rivoj topmoqda, o’z ona tili, milliy urf-odatlari, diyorimizning tabiat
boyliklari bilan faxrlanish tuyg’usi kamol topmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |