Uyg’onish davri mukammal shaharlar g’oyalari
Yevropa mamlakatlarida, xususan, Fransiyada o ‘rta asr uslubiyati-gotika davom etayotgan XV asrning boshlaridan e'tiboran boshqa Yevropa mamlakatida-ltaliya me ’morligida yangi uslubiyat qaror topa boshladi. Inson ruhiyatiga asoslangan
o'rta asr uslubiyatidan farqli o‘laroq yangi uslubiyat insonning ruhiy va jismoniy jihatlarining birligiga, ya ’ni o ‘tgan antik davrdagi g‘oyalarga asoslangan edi. Uzoq o ‘tmishda qolib ketgan uslubiyat XV—XVII asrlardagi yangi, gumanistik
g‘oyaIarni ifoda etishga qo‘l keldi. Shunga ko‘ra, yangi uslubiyat Uyg‘onish (o‘rta asrchilik uyqusidan uyg'onish) nomini olgan. Uyg'onish madaniyati antik madaniyatni o ‘ziga namuna qilib oldi, uni har taraflama o ‘rgandi, unga taqlid qildi. Uyg'onish davrida ko'proq me’morchilik rivoj topdi, qator yutuqlarga ega bo‘lindi. Shaharsozlikdagi yutuq, asosan nazariya bilan cheklandi. Italiyada keyingi barokko uslubiyati qaror topganda yutuqlar, aksincha, ko‘proq shaharsozlikka tegishli b o ‘ldi. Italiyada vujudga kelgan Uyg‘onish va barokko
uslublari boshqa Yevropa mamlakatlariga ham yoyildi. Davlat miqiyosdagi g‘oyalar asosida Fransiyada vujudga kelgan klassitsizm uslubi oldingi ikki uslublar yutug‘ini o ‘ziga singdirib olgan boMsada, yirik saroy majmualarida, shaharlarning
eng ahamiyatli qismlari bo‘lmish maydonlarda, ulkan xiyobonlarda namoyon bo‘ldi. Klassitsizm shaharsozligi tamoyillari, asosan Fransiyada shakllanib boshqa Yevropa mamlakatlarida ham, xususan, Rusiyaning XVIII va XIX asrlar shaharsozligiga o ‘z t a ’sirini ko‘rsatdi.
Italiya, Fransiya shaharsozligi
Italiya Uyg‘onish davridagi shaharsozlik bo'yicha izlanishlar, yangi g'oyalar ≪ideal shahar≫ (g'oyaviy shahar) loyihalarida o‘z aksini topgan. Bu qurishga moMjallanmagan konkret shahar emas, balki shahar konsepsiyasidir. Binolar
shahar asosan rejalanib boMingandan key in qurilishi kerak deb hisoblanar edi. Shaharga turli: iqtisodiy, gigienik, mudofaa va estetik nuqtai nazarlardan yondoshishgan. ≪[deal shahar≫larda antropoformizm, ya’ni inson jussasi
bilan qiyoslash mavjud boigan. Masalan, Martini ≪ideal shahar≫ning tarxida odam gavdasining surati joylashtirilgan. Boshda — qal’a, ko‘krakda-baziIikda chizilgan. Kataneo ≪ideal shahar≫ining qal’asida quloch yoygan odam tasvir etilgan. Bular antropoformizmning deduktiv ko'rinishi: katta odam shaklidan shahaming kichik elementlariga o'tiladi. Boshqa, induktiv ko'rinishida: odamning real o ‘lchamlaridan shahar hajmlariga o ‘tish namoyon boMadi. Antik davr nazariyotchisi Vitruviy ≪Arxitektura xususida 10 kitob≫ nomli asar yaratgan. Uni gumanist Brachchiolini Sant Gallen abbatligidan topgan. Uyg‘onish arxitektorlarining fikricha, Vitruviyning eng asosiy hissasi Yunon va Rim
shaharsozliklarni birlashtirishga harakat qilganidan iborat. Shaharsozlik nazariyasining ikki davri bor.
1-davr XV asr 2-yarmi — XVI asr boshiga to ‘g‘ri keladi. Unda shaharlarning optimal, tabiiy harnda sanitariyagigienik shartlari to‘g‘risida izlanishlar boMgan (Alberti, Filarete, Leonardo da Vinchi).
2-davr XVI asr 2-yarmiga to ‘g ‘ri kelib, unda shahaming mudofaa qurilmalari, savdo va boshqarish binolari to ‘g‘risida izlanishlar olib borilgan (Kataneo, Vazari, Skomatstsi). Badiiy jihatlar esa ikkala davrda ham ko‘rilgan edi.
Albertining ≪Arxitektura to ‘g‘risida 10 kitob≫ asaridagi to ‘rt kitob shaharsozlikka taaluqlidir.
Mutafakkir Leonardo da Vinchi hayoti davomida Milandagi Lodoviko Sfortsa saroyida Vitruviy va Filarete asarlarini oLrgandi. Fortifikatsiya va gidrotexnika muammolari ustida ishladi. Milan va Florensiya shaharlari loyihalarini yaratdi.
Florensiya kelajak shahari loyihasi ustida ishladi. Milanning eskiz rejasida suv taqsimotini yaxshilash hamda 5 ming oilani Lombardiyaning boshqa shaharlariga ko‘chirishni taklif qildi. Uyg'onish davri Venetsiya shaharining qiyofasida o ‘z
aksini topdi. Qadimda shahar yumshoq tuproqli b o ‘lgan. Yerdan suv chiqavergach kanallar qurildi. Shahardagi qirg‘oqlar mustahkamlandi Ikki asosiy orol Rialto va Olivalo Katta kanal bilan ajraladi. Jami shaharda 118 orol, 134
kanal, 30 ko‘prik bo‘lgan. Olivaloning sharqida arsenal joylashgan. Deyarlik har bir kvartalda monastir yoki cherkov, bir yoki bir qancha maydoncha (kampo)lar b o ‘lib, odatda, ularning o ‘rtasida quduq bor edi. Piyodalar yurishi uchun
ko‘chalar kam b o ‘lgan. Asosiy ko‘cha Mercheriya deb nomlanib, u Avliyo Mark maydonini savdo markazi bilan bog‘lagan edi. Zodagonlar saroylari, asosan Katta kanal b o ‘yida edi. Shaharda bir necha monastir, soborlar va 90 dan ortiq
cherkov bor edi. XIII asrdan boshlab ko‘plab maktab (skuola)lar paydo bo‘ldi.
Venetsiyaning asosiy markazi Avliyo Mark maydonidir.
Uning Uyg‘onishgacha bo‘lgan 3 davri mavjud:
1. X—XI asrlar; shahar Vizantiyadan mustaqillikka erishganda Avliyo Fyodor bazilikasi oldida Avliyo Mark bazilikasi, keyinroq Dojlar saroyi, qo‘ng‘iroqxona quriladi.
2. XII asr o ‘rtasi; ikki bazilika o'rnida Avliyo Mark sobori Pyatsetta maydonida ikki granit ustun, q o ‘ng‘iroqxona tepasi quriladi.
3. XIII asr; yangi Dojlar saroyi quriladi.
Keyingi davr Uyg‘onishga tegishlidir. U hozirgi qiyofasini belgilagan edi. Undagi qurilishlar hajman juda kata hamda me’moriv jihatdan oldingi davrlarga qaraganda muhimroq bo'lgan. Rim shahari Uyg‘onish davrida antik zamondagi mavqeini
yo‘qotib Italiyaning boshqa shaharlari qatoriga tushib qolgan edi. Rim-Papa viloyatining markazigina bo ‘lib, Venetsiya, Florensiya, Genuya, Milan kabi shaharlardan kichikroq shahar edi. Aholisi bir necha o ‘n ming kishi bo'lgan.
Vaholanki, milod boshida aholi deyarlik million kishi edi. ≪Abadiy shahar≫ni, ya’ni Rimni grafik tarzda ideal modelini ishlab chiqishga harakatlar qilindi. Ularda shahaming mar kazi sifatida Kapitoliy maydoni ko‘rsatilar edi. Avliyo Pyotr sobori qurilishi ustidagi ishlar shahamingxayotida katta voqea bo'ldi. Pirovard natijada sobor Mikelanjello loyihasi bo ‘yicha qurildi. Mikelanjello boshqa markaz —Kapitoliy maydonini ham barpo etdi. Shaharni arxitekturaviy
jihatdan uyushtirishda Domeniko Fontana tomo n idan qurilgan favvora, obelisk kabi inshootlar muhim ahamiyatga ega b o ‘lgan. Bu davrda Rimda a Tibrning ikki tomonidagi Ripetta, Korso, Babuino ko‘chalari to'g'rilandi. Ko‘cha to ‘g‘rilashda uy egalari qarshilik ko'rsatsa, ma ’muriy choralar ko‘rilgan. Xatto qamoq jazosi ham qo'llanilgan. Rimning bo‘m -b o ‘sh bo‘lib yotgan sharqiy erlarga xonadonlarni ko‘chib borilishi rag'batlantirilgan. Papa Sikst V (1585—1590 y.) davrida Rim aholisi 100 mingga etdi. Shahaming janubiy va sharqiy qismlarini yana o ‘zlashtirish uchun D. Fontana taklif etildi. U yangi, Akva
Feliche akvedukini qurdi. Avvalgilari tuzatildi. Nafaqat ichish uchun suv, balki xavza va favvoralar uchun ham suv etarli bo‘ldi. Rimning shimolidagi Pyatstsa del Popolo maydonidan uch radial ko‘chalar tarqalgan edi. U yerda Fontana
qo‘ydirgan obeliskalar ham bor. Ular Katta sirk vayronalaridan olinib muhim shaharsozlik nuqtalarga qo'yilgan edi. Fontana ko‘chalarga faqat kammutkatsiya sifatida qaramay, ularning muhim badiiy — fazoviy jihatlarini ham ko‘ra bilgan
shaharsoz edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |