Bog'liq NAMUNA Referat Mavzu Dunyo shaharsozlik madaniyatining rivojlanishi
Fransiyaning klassitsizm davridagi shaharsozligi XV-XVII asrlardagi Fransiyaning shaharsozligi mamlakatda yagona davlat-qirol hokimiyati o‘matilishi va uning o 'ta ko‘chayishi-absolyutlashuvi sharoitda rivoj topdi. XIV asr boshi — XV asr o'rtasida sodir bo‘lgan yuz yillik urush
natijasida fransuz (farang) yerlari inglizlar hukmronligidan ozod bo‘ldi. XV asr ohariga kelib Fransiyaning siyosiy birlashuvi yakunlandi. Qirol hokimiyati iqtisod, madaniyat, qurilish sohalarida to ‘la urnatildi. Qurilishda qirollar asosiy
e ’tiborlari ko'shk (zamok) larga va shahar saroyi (otel)lariga qaratishgan edi. Ularning me’morligida oldindan qaror to p gan gotika uslubidan farqli uslubiy jihatlar paydo b o ‘ldi. Bunda Italiya Uygonish madaniyatining ta ’siri katta edi.
Fransuzlar XVI asrning 1-yarmida Italiyada olib bo-rishgan urushlar davomida Uygonish madaniyati bilan yaqindan tanishdilar. Fransuz qirollari o ‘z saroylariga italyan ziyolilarini jalb qilishga harakat qilardilar. Jumladan, Fransisk 1 o ‘z
saroyiga Leonardo da Vinchini taklif etgan edi. 0 ‘z navbatida fransuzlar Italiyaga safarga borib, antik va joriy Uyg‘onish san’atlarini o'rganishgan. Bunga me ’mor Pyer Lesko va haykaltarosh Jan Gujon misol boMa oladilar. XVI asrning 2-yarmida s an ’atda yangi uslub jihatlari ancha sezilarli darajaga yetdi. Yangi uslub ruhiyatidagi risolalarda (Delorm va Dyusersoning m e ’morlik bo'yicha, Perrening
shaharsozlik bo'yicha) yangi nazariy tamoyillar ishlab chiqildi. Pere o‘z kitobida asosiy diqqatini shaharlarning mudofaa qurilmalariga qaratdi. Uning nazariy karashlari amalda ham o ‘z aksini topdi. (Sharlevil va Anrishmon shaharlari). Umuman olganda, shaharsozlikda muhandislik masalariga alohida e ’tibor berilgan. Shuning uchun ham Parijga avvalo ko'priksozlikda dong taratgan Shimoliy Italiyalik me ’morlar ishga taklif qilinar edi. Katta miqyosdagi ishlar saroy majmualarini qurish bilan bog‘liq bo'lgan. Fransisk 1 Site orolidagi nurab ketgan saroydan o‘z qarorgohini ko‘chirish jarayonida Luvr kal’asining bir
qismini saroy qiyofasiga keltirtiradi. Buni me ’mor P.Lesko amalga oshirdi. Bir ozdan so‘ng Luvrning g‘arb tomonida, Karl V qurdirgan shahar qo‘rg‘on devoridan tashqarida dala saroyi Tyuilri qurildi. Ayni vaqtda oldida istirohat bog‘i
(park) tashkil etildi. XVI asrning oxiriga kelib Luvr bilan Tyuilri saroylarini birlashtiruvchi yo‘lak qismi (gallereya) ham bitkazildi. Bu ishlar natijasida uzoq masofoga c h o ‘zilgan ulkan Luvr-Tyuilri majmuasi vujudga keldi. Fransiya shaharsozligi tarixida tantanaviy maydonlar alohida o ‘rinni egallaydi. Ular aniq geometrik shaklda b o ‘lib atrofi 3—4 qavatli bir xil ko‘rinishdagi binolar bilan qurshab olingan bo‘ladi. 0 ‘rtasiga otliq qirol haykali o ‘rnatiladi. Dastlabkilari Vogezlar va Dofin maydonlari bo‘lib, ular XVI asr oxiri — XVII asr boshida qurilgan.